Vаkil. Infuzoriya-tufеlkа-Paramaecium caudatum


Download 288.5 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2023
Hajmi288.5 Kb.
#1088178
1   2   3
Infuzoriya-tufelkaning tuzilishi va ko’payishi sxemasini аl’bоmgа chizib оling hamda bilimingizni nаzоrаt qilish uchun quyidаgi test topshiriqlariga jаvоb bеring. C=50.
1. Tufelkada qanday organoidlar bor? A-ikkita qisqaruvchi vakuola, B-bir necha hazm qilish vakuolasi, V-qizil dog‘-ko‘zcha, G-xromatoforalar, D-katta va kichik yadro, E-pufaksimon yirik yadro.
2. Tufelkaning oziqlanishi va oziqning hazm bo‘lishi jarayonini tartib bilan ko‘rsating: A-oziq halqum tubida to‘planadi, B-hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari chiqarish teshigidan chiqariladi, V-oziqning hazm bo‘lgan qismi sitoplazmaga so‘riladi, G-kipriklar oziqni og‘iz oldi chuqurchasiga haydaydi, D-oziq og‘iz orqali halqumga o‘tadi, E- oziq hazm vakuolasi orqali sitoplazmani aylanib yuradi, J- oziqqa sitoplazmadan shira ajralib, hazm qilish vakuoli shakllanadi.
3. Tufelkaning ko‘payishida sodir bo‘ladigan jarayonlar tartibini ko‘rsating: A-katta yadro bo‘linadi, B- kichik yadro bo‘linadi, V-tanasi o‘rtasidan ingichkalashadi, G-yangi yadrolar hosil bo‘ladi, D-tanasi o‘rtasidan bo‘linadi.
4. Tufelkaning boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilish belgilarini ko‘rsating: A-kipriklar yordamida harakatlanadi, B-hazm qilish sistemasi murakkab tuzilgan, V-yadrosi ikki xil, G-oziq hujayra ichida hazm bo‘ladi, D-yirik bo‘ladi, E-qisqaruvchi vakuolasi ikkita.
5. Tufelka qanday tuzilgan? A-tanasi yassi, B-tanasi cho‘ziq, V-tanasi har xil uzunlikdagi kipriklar bilan qoplangan, G-kipriklar bir xil, D-pellikula qobig‘i ostida tayoqchasimon otiluvchi trixotsistolar joylashgan, E-yon tomonida og‘izoldi chuqurchasi bor, J- og‘izoldi chuqurchasi oldingi tomonida, Z-yadrosi ikki juft, I-katta yadro loviyasimon, L-og‘izoldi chuqurchasi tubida og‘iz teshigi bor, M-kichik yadrosi ipsimon.
6. Tufelka nima bilan oziqlanadi? A-bakteriyalar, B-bir hujayrali suv o‘tlari, V-organik qoldiqlar, G-zamburug‘ giflari, D-bir hujayrali hayvonlar, E-mayda plakton ko‘p hujayrali hayvonlar.
7. Tufelkaning nafas olishi qanday sodir bo‘ladi? A-kislorodsiz muhitda yashaydi, B-suvda erigan kislorod bilan nafas oladi, V-ortiqcha moddalar almashinuv mahsulotlari maxsus teshikchadan chiqariladi, G-moddalar almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuolalar orqali chiqariladi.
8. Tufelkaning jinsiy ko‘payishini tartib bilan ko‘rsating: A-katta yadro erib ketadi, B-tufelkalar harakatchan yadrosini o‘zaro almashinishadi, V-ikki tufelka o‘zaro yaqinlashadi, G-kichik yadro ketma-ket ikki marta bo‘linadi, D-qolgan bitta yadro ikkiga bo‘linadi, E-to‘rtta yadrodan uchtasi emiriladi, J-harakatchan yadro harakatsiz yadro bilan qo‘shiladi, Z-tufelkalar o‘rtasida sitoplazmatik ko‘prik hosil bo‘ladi, I-harakatsiz yadro hosil bo‘ladi, K-katta va kichik yadro hosil bo‘ladi, L-yangi yadro bo‘linadi.
9. Tufelka organoidlari va ular tuzilishini juftlab ko‘rsating: A-katta yadro, B-kichik yadro, V-hazm vakuolalari, G-qisqaruvchi vakuolalar, D-kipriklar: 1-yig‘uvchi naylar va to‘plovchi pufakchadan iborat, 2-loviyasimon, 3-mayda dumaloq, 4-pufakchalar shaklida, 5-tanasi keyingi uchida uzunroq.
10. Tufelka organoidlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A- katta va kichik yadrolar, B- hazm vakuolalari, V-qisqaruvchi vakuolalar, G-og‘iz oldi chuqurchasi, D-pellikuladagi teshikcha: 1-ayirish, 2-oziq moddalarni to‘plab, sitoplazmaga o‘tkazish. 3-ko‘payish, 4-oziqni og‘izga o‘tkazish, 5-oziq qoldiqlarini chiqarish.
Download 288.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling