Valiylik maqomi zokirova madinabonu
Download 13.52 Kb. Pdf ko'rish
|
valiylik maqomi
• Valiyning lug’aviy ma’nosi – Avliyo-yaqin bo’lmoq. • Valiylikning istilohiy ma’nosi – Allohga ma’qul keladigan amallar bilan yaqinlashish. • “Allohn ing valiylari deganda Alloh haqida ilmga ega bo’lgan, Uning buyruqlaridan chiqmagan holda Allohning o’zigagina xolis ibodat qiluvchi tushuniladi” • “Ogoh bo’lingizki, Albatta, Allohning valiylari (do’stlari) ga xavf yo’qdir va ular tashvish ham chekmaslar. Ular imon keltirgan va taqvoli bo’lganlardir. (YUNUS -62-63) “Karomat” so’zi arab tilidagi “Karuma” “Yakruma” fe’lidan olingan Masdar bo’lib, Sharaf, obro’, in’om, oliyhimmatlik, yuqorilik, kabi ma’nolarni anglatadi. Karomat shu ma’noda 2 xil bo’ladi: 1. Asliy 2. Kasbiy Asliy karomatga “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va ) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo’ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O’zimiz yaratgan ko’p jonzotlardan Afzal qilib qo’ydik” (ISRO SURASI 70-OYAT) Ushbu karomat mo’min bo’lsin, kofir bo’lsin, bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Ikkinchi, kasbiy karomatga “Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog’ingiz taqvodorrog’ingizdir” (HUJUROT – 13- OYAT) Oyatdan ko’rinib turibdiki, bu karomat taqvodor mo’minda hosil bo’ladi. Islomda karomat istilohi – g’ayritabiiy faoliyat bo’lib, Alloh o’sha ishlarni taqvodor mo’min (valiy) ning sharafi uchun uning o’zi tomonidan sodir etadi. Karomatning ne’mat, ya’ni marhamati bilan adashtirib yuborish kerak emas. Karomatning ayon bo’lishidagi hikmat- karomat sodir bo’lganidan so’ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo’lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo’qolishidir. Karomat sodir bo’lmayotganda Alloh tomonidan valiylarga kuch va qudrat ato etish, yoki farishtalar yordami orqali amalga oshiradi. “Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so’zlarida o’zgartirish yo’qdir. Ana shu buyuk yutuqdir. (YUNUS SURASI – 64-OYAT) Valiylarga beriladigan karomat o’zlarining davrlariga xos bo’lgan g’ayritabiiy ish bo’lib, bu faoliyat davrlar o’tishi bilan kelajakda oddiy hol bo’lishi mumkin. Bundan tashqari karomat har qanday valiyga berilishi shart qilib qo’yilmagan. Aksar valiylarga karomat berilmasligi ham mumkin va bu o’sha shaxs valiy emas degani bo’lib qolmaydi. Sababi, yuqoridagi Qur’on oyatlarida taqvodorlik tavsifi keltirilgan ko’plab musulmonlarga karomatlar in’om etilmagan. G’ayritabiiy ishlar bir necha zotlarga ato qilinib, Payg’ambarlarga beriladigan faoliyat Qur’onda oyat (alomat) va Burhon (dalil) iboralari bilan nomlanib, mo’jiza so’zini ishlatish urfga kirgan. Valiylarga berilgan ishlar karomat. Sehrgar va folbinlarga beriladigan turli shaytoniy amal hisoblanadi. Bu g’ayritabiiy ishlarning ichida eng sharaflisi va qudratlisi payg’ambarlarga beriladigan mo’jiza bo’lib, ular narsalarning asliga o’zgartirish kirita oladigan kuchga egalar. Karomat esa narsalarning asliga o’zgartirish kirita olmaydi, sehrgar va folbinlarning ishi bo’lsa faqatgina xayollanishga sabab bo’ladi. Payg’ambarlarga berilgan mo’jizalar va avliyolarga ato etilgan karomatlar haq va rostdir. Ammo axborlarda rivoya etilgan Iblis, Fir’avn, Dajjol kabi Allohning dushmanlariga berilgan va beriladigan g’ayritabiiy imkoniyatlar mo’jiza ham emas, karomat ham deyilmaydi, balki ularning hojatlarini ravo etish deb sanaladi. Download 13.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling