Vaqt biz uchun aslida kimsan do'st yoki dushman?


Download 17.5 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi17.5 Kb.
#151051
Bog'liq
Vaqt biz uchun-WPS Office


Vaqt biz uchun aslida kimsan do'st yoki dushman?

Vaqt men juda ko'p sen haqingda o'ylayman. Sen haqingda qancha chuqur o'ylasam, sen meni hayotimdagi eng noyob ne'mat ekanliginga qayta va qayta amin bo'laman. Vaqt senda o'lchov birligi bor, seni biz daqiqa, soat, kun, yil yoki asr sifatida bilamiz. Vaqt bazida seni tez o'tkazish uchun turli o'yinlarni o'ynayman. Lekin nimagadir qandaydir bilim o'rganish uchun seni topa olmayman. Chunki qandaydir kerakli ishim chiqib qoladi. Men seni telefon orqali yaqinlarim bilan suhbatlashish uchun bemalol ishlataolaman. Lekin yaqinlarim bilan ko'rishib ularni nasihatlarini eshitish uchun sen kamlik qilasan. Ular uchun seni topa olmayman. Vaqt sen tufayli men turli kino qahramonlarini hayotini uz o'rnimga qo'yib ko'rib u filmlarni tomosha qilaman. Lekin hayotimiz rivoji uchun borini bergan buyuk insonlarning filmini ko'rishga kelsak, sen yana qayergadir g'oyib bo'lasan. Sen hech qachon menga yoqtirgan musiqamni uchun halaqit bermaysan. Lekin biror bir foydali kitobni qo'lga olishim bilan muhimroq ishim esimga to'shib qoladi. Sen menga musoboqada ishtirok etadigon buyuklarga muhlislik qilish uchun yordam berasan. Lekin nima uchun meni uzim ular darajasiga yetishga menga kumak beraolmaysan ? Vaqt sen menga hech qachon tugamayman deb har kuni aldaysan. Men senga ishonib yaqinlarim bilan ko'rishishni, suhbatlashishni doim ertaga qoldiraman. Keyin bo'lsa yaqinlarimni mendan ajratib olasan. Yani ularga nisbatan ajratilgan limiting tugagani haqida aytasan. Men doim ular uchun seni kam ishlatganimga qattiq afsuslanaman. Vaqt men nimanidir kutayotganimda har bir daqiqamni yillarga tenglashtirasan, qiynoq bilan o'tkazasan. Lekin baxtli bo'lgan kunlarimni esa soniyadek tez o'tkazib yo'borasan. Sen haqingda qancha fikr yo'rita boshlasam, meni senga bergim kelgan bir savol qiynaydi. Vaqt men uchun aslida kimsan ? dust yoki dushman ?. Oynaga boqib yuzimda paydo bo'lgan ajinlarni ko'rib seni dushmanim deb o'ylayman. Keyinchalik esa sen orqali yeqqan tajribamni ishga solib sen meni dustim ekansan deb hursand bo'lib ketaman. Lekin dust meni o'lib bilan bo'lgan uchrashuvga qadam-ma qadam yaqinlashtirmaydiku, demak sen meni dushmanimsan. Ahir o'lib bilan uchrashganimdan keyin yaqinlarim bilan ko'risha olamanku, baribir dustim ekansanda. Vaqt senga shu savolni qayta beraman. Men uchun kimsan ? dust yoki dushman ?



Lekin bu savolga vaqt javob bera olmadi.

Keyin yaxshiroq fikr yuritsam sen umuman hech narsani hal qila olmasligingni tushundim. Chunki sen minglab vaqtini bekorga sarflaganlarni yoki foydali ishlarga hissa qo'shgan qahramonlarni, tarixga uz ismini yozgan buyuklarni va xalqqa ozor bergan yovuzlarni barchasini guvohi bo'lgansan.Bu bilan bir narsaga amin bo'ldim.Vaqt sen boshqalarga dust yoki dushman bo'lishni hal qilmaysan. Aksincha biz seni uzimizga dust yoki dushman bo'lishingni hal qilamiz. Agarda seni doim yaxshilikka, foydali ishlarga, ota-onamizni va yaratganni roziligi yo'lida ishlatsak, sen bizga dust bo'lasan. Agarda seni yomonlikka, bu dunyoga, oxiratga foydasi tegmaydigon ishlarga sarflasak sen bizni eng katta dushmanimiz bo'lasan.
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling