Vaqt tushunchasini o‘rgatish metodikasi


Download 19.36 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi19.36 Kb.
#1182964
Bog'liq
вакт-улчов


Vaqt tushunchasini o‘rgatish metodikasi.
1. Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning
umumiy metodikasi.
Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir.
Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi
miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi.
Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat
tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni
o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika
mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va
voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun
foydalaniladi.
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning
o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular
baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar1.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq,
ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam”
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak
kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi
uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha
ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa,
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi
bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning
yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur
yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi
misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan
raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi
mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi
lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham
shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 va 481 sonlarini qo‘shing”,
yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari
o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni
aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni o‘rganish
jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin.
Vaqt o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarni hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirishi (chamalab ko‘rinish, o‘lcham va boshqa
xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tinishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lcham ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayrish (masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlarni yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni
boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki
nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish.
8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.
Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy
mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan
foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi
bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy
belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar
tufayli o‘zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga
mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini
shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon
beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Miqdor” tushunchasini o‘rgatishda Oliygohni
endi bitirgan yangi o‘qituvchidan quyidagi talablarga amal qilishi talab etiladi:
- maktabning qaysi sinflarida matematikakursi (fani) o‘quvchilar qanday miqdorlar va
ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlarini lozimligini;
- boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga
umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek;
- uzunlik,massa,hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda miqdorlar
haqida tasavvurni shakllantirishi uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola bilishi;
- maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;
- miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalanishi,o‘quvchilarda o‘lchash
bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda ko‘llay olishi lozim.
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan
tanishtirish metodikasi
1 asr 1 yil 1oy 1 kun 1 soat 1min
100 yil 12oy 30yoki 31 24 60 min 60 sek
Mavjud dastur bo‘yicha vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda
amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni
nazarda tutib, bu sohadagi tshlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.
2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rgatishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy
birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat,
minut.
Ma’lumki, vaqt o‘lchovlari, o‘lchovlarning metrik tizimidan farqli o‘laroq bevosita
o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu xol turli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish
kerakligini ko‘rsatadi.
1. Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o‘quvchilarning o‘zlari
o‘qituvchi raxbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Soatlarning namoyish modellari.
3. Maktab o‘quvchisining kundalik rejimli jadvallari.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi,
kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. O‘quvchilarga kalendardagi chislolar
sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak.
Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga
bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir
sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi.
3-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi
tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni
shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berish mumkin, masalan:
o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishni
tushuntiradi2. (bolalar bir minut vaqt o‘tish uchun 60 gacha sanashlari kerak.). Kalendar
bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda berilgan mashqlarni bajarish davomida
bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini
bilib oladilar. Quyida 3-sinf “Matematika” darsligidan 587-masalani echamiz. 587-
masala. Soat qaysi vaqtni ko‘rsatmoqda? Bir vaqtni har xil bayon eting:
Javoblar:
1. Soat 3 dan 5 minut o‘tdi yoki soat 3 u 5 minut:
2. Soat 6 dan 15 minut o‘tdi yoki saot 6 yu 15 minut, yoki 6 dan chorak soat o‘tdi;
3. Soat 5 u 30 minut yoki besh yarim
3. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari
2 Bikboyeva N.U. va boshqalar. ”Matematika” 2-sinf uchun darslik Toshkent:”O`qituvchi” -2003 yil
Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan
xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar
uzunroq–qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri
aniqlay oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib
berish, uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov
asboblaridan foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi
davridayoq o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
“Miqdor” so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular
kam ishlatadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu
taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash
mumkinligini har doim ko‘rsatib berishdan iborat.
“Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan
hossasi sifatida shakllantirish.
Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan
taqqoslashdan boshlanadi.
Amaliy ish. Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari
turlicha bo‘lgan tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir
xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan chamalab aniqlaydilar. O‘qituvchi esa tasmalarni ip
bo‘ylab surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini quyidagilarga qaratadi:
tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‘lsa, endi ularning oxiriga, ya’ni ikkinchi
uchiga qaraymiz va qaysi xolda “Uzunroq”, “Qisqaroq”, “Bir xil uzunlikda” deb ayta
olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy ish
o‘tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil uzunlikda,
uchinchi tasma esa uzunligi bo‘yicha ularga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni uzunliklari
bo‘yicha qanday taqqoslash mumkin?
Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir birining ustiga shunday
qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib tursin.
Keyin tasmalarni bir birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat yaratiladi. Buning
uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli
balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi. Qaysi tasma
uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani
birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu tasmalar teng.
Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq
ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami? Bunday xulosa
chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo‘lsa,
ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan katta bo‘lsa, u xolda birinchi
tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir3.
SHunga o‘xshash sh ish va xulosani uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi bo‘yicha
turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz. Keyingi darsda frontal amaliy ish o‘tkaziladi.
Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma solingan konvertlar oladilar.
Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.
Navbatdagi darslikda “Uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi,
balandligi so‘zlari kiritiladi.
O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘li
bilan chapdan o‘nga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘lchamini yana qanday ko‘rsatish
mumkin? (yuqoridan pastga). Demak doskaning o‘lchamlarini ikki yo‘nalishda
ko‘rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb
gapiriladi. O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘lingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini),
partaning enini ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana qanday
o‘lchamini ko‘rsatish mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan ushlab ko‘tarib
ko‘rsatadi. (qalinligini). Daftar va darsligigingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi
biri yupqa?
Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda bu o‘lchamlarni turli
yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik turlicha ataladi: bo‘y, eni,
balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bormi?
“Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va narsalarni bir so‘z bilan
taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli so‘z bilan aytamiz.
1. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.).
2. Qayrag‘och archadan baland.
3. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi).
4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi).
5. Dars irmoqlardan keng.
6. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo.
Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang
va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting.
Yakunlab o‘qituvchi bunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan
tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash
mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida
gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar
narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”,
uzunligi so‘zini aytadilar.
Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir
topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak4. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan ham
vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak.
4. Yuza va uning o‘lchov birliklari
Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini
kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza
Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling