Vaqt va hajm (sig’im) o’lchov birliklarini o’rgatish metodikasi
misollarnitanlashdan iboratki
Download 154.5 Kb.
|
dars ishlanma
misollarnitanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo’lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig’I davomiyligi qancha bo’lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig’I davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o’z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asrbilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko’rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi engyirigidir. “Vaqt o’lchovlari” mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularnisistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish vauni o’zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat 1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut 1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund Fevral oyi 28 yoki 29 sutka. Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o’lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag’ishlanadi. 4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut. Boshlang’ich sinflarda vaqt o’lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmundabo’ladi: Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra uning oxirini topishga oid masalalar. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagio’tgan vaqtga ko’ra topishga doir masalalar. Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o’zaro teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o’rgatiladi. Navbatdagi darsda bolalar* hajm (sig‘im ) o‘lchovi birli gi — Litr bilan tanishadilar. Bunda litrni har xil namunalarining bo‘lishi, ya‘ni bir litrli banka, krushka, shuningdek idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar) bulishi juda ahamiyatga ega:) O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada «darsn suxbatdan boshlash» tavsiya qilinadi, — bu suxbagda «bolalardan oldin, kim ulardan sut yoki lampa moy (kerosin) sotib olganini, unda sotuvchi sut yoki kerosinni nima bilan o‘lchashini» surab olish tavsiya etiladi.shundan keyin litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajminga (sig‘imini ) o‘l chashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni xar xil shakl - da o‘tqazish mumkin. SHulardan ba‘zilarini ke ltiramiz: 1) «Magazin» uyini. o‘quvchilardan biri sotuvchi qilib ta - yinlanadi. CHelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha o‘quv - chi bidonlar va bankalar olishadi — ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1 l, 2 l, 3 l «sut» quyib beradi. qolgan xamma o‘quvchilar sotuvchi «sutni» to‘g‘ri quyib berayotganini kuzatib borishadi. 2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishi - ni o‘lchash taklif qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sig‘ishi ha qida qanday fikrda ekanliklarini so‘rash kerak. Ular o‘zlari o‘ylagan sonni yozib q0‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining qanchalik turli o‘ylaganliklarini tekshirib ko‘radilar. 3) Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelak - lardagi suvlar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suv - ni birinchi chelakdan ikkinchisiga quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish mumkin, ikkinchi chelakka yana 2 l suv iquyish mumkin). O‘qituvchi bulardan ba‘zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z ma shqlaridan foydalanishi mumkin, ammo bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imni ko‘zda chamalab aniqlashri muhimdir.
1. Boshlang’ich sinflarga qaysi vaqt o’lchovlari o’rgatiladi? 2. Vaqt o’lchovlarini o’rganish nechanchi sinfdan boshlanadi? 3. Birinchi bo’lib qaysi birliklar o’rgatiladi? 4. Vaqt o’lchovlarini o’rganish uchun qanday ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi? 5. Sutka nima asosida o’rganiladi? 6. Soat va minut qanday o’rgatiladi? 7. Asr va sekund o’lchov birliklari qanday o’rgatiladi? 8. Vaqt o’lchov birliklari ustida qaysi amallar bajariladi? 9. Vaqt o’lchovlariga oid masalalar qanday mazmunda bo’ladi? Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling