Vaqti: 45 minut Darsning maqsadi
Download 19.96 Kb.
|
1-soatlik dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mаqsаdi
- Dаrsning tarkibiy qismlari
- I. Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash, o’quvchilarni guruhlarga ajratish. II.O’tilgan mavzuni takrorlash.
- IV. Yangi mаvzuni mustаhkаmlаsh. Skanword,savol-javob o’tkazish. V. O’quvchilarni baholash.
Sana: 07.11.2023 Fan: Informatika va hisoblash texnikasi Sinf: 9– “A” Mavzu: Kiritish qurilmalari va ularning qo’llanilishi. Vaqti: 45 minut Darsning maqsadi: Kiritish qurilmalari va ularning qo’llanilishi haqida tushuncha berish. Tа’limiy mаqsаdi: O`quvchilаrga kiritish qurilmalari va ularning qo’llanilishi haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy mаqsаdi:O’quvchilarni kompyuterda ishdagi tartib qoidalarni o’rgatish Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning mavzuga oid bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish. Darsning turi:Aralash Darsning jihozlanishi: Darslik, tarqatma materiallar, Darsda foydalaniladigan metodlar: SKANWORD , Aqliy hujum, baliq skeleti, savol-javob Dаrsning tarkibiy qismlari: 1.Tashkiliy qism: 3 dаqiqа 2.O’tilgan mavzuni takrorlash: 7 dаqiqа 3.Yangi mаvzuni tushuntirish: 15 daqiqa 4.Yangi mаvzuni mustаhkаmlаsh: 15 dаqiqа 5.O`quvchilаr bilimini bаhоlаsh: 3 daqiqa 6.Uygа vаzifа berish: 2 dаqiqа I. Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash, o’quvchilarni guruhlarga ajratish. II.O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilar daftarlari tekshiraman , skanword beraman. III. Yangi mavzuni tushuntirish: Mavzu: Kiritish qurilmalari va ularning qo’llanilishi. Ma’lumotni qoʻlda kiritish qurilmalari – insonlarning oʻzi tomonidan kompyuterga maʼlumot kiritish uchun qoʻllaniladigan qurilmalar; • Maʼlumotni bevosita kiritish qurilmalari – inson qoʻli bilan kiritishi kerak boʻlmagan maʼlumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishiga imkon beruvchi qurilmalar. Masalan, optik belgilarni oʻqish qurilmasi yoki shtrix-kod rider kabi qurilmalarni keltirish mumkin. KALIT SOʻZLAR Kiritish qurilmasi: maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ularni kompyuterga yetkazib beradi.Qoʻlda kiritish qurilmalarining turlari: • raqamli klaviatura va musiqiy klaviaturalar; • sichqoncha, sensorli panel yoki trekerbol kabi manipulyatorlar; • joystik yoki rul; • sensorli ekran; • skaner; • sensor; • pult; • raqamli kameralar, jumladan, veb-kamera, video kamera; • mikrofon; • graf i k planshet. Klaviatura Klaviaturada ishlash Klaviatura kompyuter tizimiga oʻzgarmas qiymatlarni, koʻp hollarda belgilarni kiritish uchun ishlatiladigan qurilmadir. Klaviaturaning koʻplab turlari mavjud. Bu bobda QWERTY klaviaturalari, konseptual klaviaturalar va raqamli klaviaturalar haqida bilib olasiz. 2.02-rasm. Qwerty klaviaturasi. QWERTY klaviaturasi hamon eng ommabop klaviatura turi boʻlib, undan harf l ar, raqamlar va tinish belgilarini kompyuterga kiritish uchun foydalaniladi. Uning nomi klaviaturaning yuqori qatoridagi harf l ar joylashuvidan kelib chiqqan: Q W E R T Y (2.02-rasmga qarang). Klaviatura email yozishdan tortib, kitob yozishgacha boʻlgan vazifalarni bajarish uchun qoʻllaniladi.ravishda foydalanuvchiga har bir tugmaning vazifasini oʻzgartirish imkonini beradi. Zaruratga ko‘ra tugmalar vazifalari oʻzgartiriladi. Konseptual klaviatura – yuzasiga bosiluvchi panel joylashtirilgan tekis varaqqa oʻxshaydi. Klaviaturaga ustida turli belgilar boʻlgan, baʼzida “overley” deb nomlanuvchi varaq joylashtiriladi. Kompyuter biror tugma bosilganda qaysi belgini ko‘rsatishi kerakligi belgilangan dastur ishlab chiqiladi, natijada ushbu belgi hosil qilinadi. Agar dastur oʻzgartirilsa, xuddi shu panel boshqa belgilarni ham ko‘rsatishi mumkin. Konseptual klaviaturadan odatiy belgilarning o‘zi yetarli bo‘lmaganda yoki odatiy klaviaturani ishlatolmaganda foydalaniladi. Bunday klaviaturalarda belgilarning soni cheklangan boʻlishi mumkin. Ushbu jarayon esa ko‘plab belgilarni kiritish uchun to‘sqinlik qilgani sababli uni kamchilik sifatida ta’kidlash mumkin. Fastfud restoranlarida konseptual klaviatura uchun overley varaqlarini koʻrgan boʻlsangiz kerak. Varaq bosiluvchi panelning oʻzgarmas kataklari ustiga joylashtiriladi. Har bir bosiluvchi panel kompyuterga ulangan boʻlib, foydalanuvchi istagan maʼlumotlar uchun uni dasturlagan bo‘ladi. Yuqoridagi misolda panel menyudagi taom yoki ichimlik hamda uning narxlari uchun dasturlangan.Koʻp QWERTY klaviaturalarning oʻng tomonida 0 dan 9 gacha boʻlgan raqamlar uchun toʻgʻri toʻrtburchak shaklida joylashtirilgan tugmalar guruhi mavjud. Bu raqamli klaviatura deyiladi. Raqamli klaviatura xaridorlar biror narsa uchun karta yordamida toʻlov qilganida PIN raqamlarini kiritishda ham ishlatiladi. Raqamli klaviaturalar kichik, ishlatishga oson va biror so‘zlashuv tiliga bogʻliq emas. Manipulyatorlar Sichqoncha Sichqoncha ekrandagi kursorni harakatga keltiradigan va tugmalarini bosish orqali tanlov qilishga imkon beruvchi qurilma ekanligini bilsangiz kerak. Oddiy sichqonchaning tagida kichik sharcha boʻladi. Sichqoncha stol ustida yurgizilganida, sharcha tekis yuzada harakatlanadi. Sharchaning harakati aniqlanadi va kompyuterga yuboriladi. Kompyuter sichqoncha qanday harakat qilganini aniqlaydi va unga mos ravishda kursorni harakatlantiradi. Sichqonchadan foydalanishning afzalliklari: • maʼlumot kiritishning tezkor usulini taqdim etadi; • foydalanish uchun tushunarli, chunki uning yordamida koʻrsatish va tanlashning o‘zi yetarli bo‘ladi. IV. Yangi mаvzuni mustаhkаmlаsh. Skanword,savol-javob o’tkazish. V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar DTS talabiga muvofiq baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. Download 19.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling