Vaqtida inson irodasi bo`shashadi
Download 10.24 Kb.
|
Vaqtida inson irodasi bo`shashadi-fayllar.org
Vaqtida inson irodasi bo`shashadi IrodaArastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq - atvorini o`zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo`lgan omil hisoblanadi. Psixologiyada mavjud oqimlar ham irodani turli jihatlariga ko`ra tadqiq etadilar. Masalan, bixeviorizm - xulq - atvor shakli, motivatsiya psixologiyasi - shaxsning ichki ziddiyatlari, shaxs psixologiyasi - insonning muhim shaxsiy xususiyati sifatida o`rganadi. V. A. Ivannikov fikricha, iroda - inson xulq - atvoridagi reaktivlik va faollikning o`zaro ko`rinishidir. V.I.Selivanov esa, irodani ongli boshqarilishi maqsadga yo`naltirilgan harakatni amalga oshirish uchun ichki va tashqi qiyinchiliklarini engib ketish imkoniyati borligini bilish deb ta`riflaydi. Inson irodaviy faoliyati ongli, maqsadga yo`naltirilgan faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan vaqtida inson irodasi bo`shashadi. Irodaviy akt va uning tarkib. Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi. Odam u yoki bu harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. U o`z holatini o`zgartirishi lozimligini, qandaydir ehtiyojlarni qondirilishi zarurligini anglaydi. Bu nima sababdan odam muayyan maqsadga intilayotganini, uning belgilangan maqsadini amalga oshirishga nima majbur qilishini tushuntiruvchi harakat motivlaridir. Irodaviy harakat bosqichlari Maqsad va o`nga erishishga intilish Maqsadga erishishning bir necha imkoniyatlarini anglash Imkoniyatlarni mustahkamlovchi va rad etuvchi motivlarning paydo bo`lishi Motivlar kurashi Imkoniyatlardan birini tanlash, qaror qabul qilish qarorni ijro etish Odatda odamning oldida u yoki bu xildagi jalb qilish xususiyatiga ega bo`lgan turli motivlar (maqsadlar) paydo bo`ladi. Odamga bu maqsadlarni tanlashga, ularning ma`qulligini yoki noma`qulligini, uning hozirgi hayot uchun yoki keyinchalik ahamiyatini baholashga va hozirgi payt uchun eng kerakli yoki eng muhimini belgilab ajratib olishga to`g`ri keladi. Mana shu munosabat bilan irodaviy harakatning muhim bosqichi, ya`ni qo`yilgan maqsadga qanday erishishni, unga erishish yo`llari qanday bo`lishini, bu maqsadga qanday yo`llar olib borishini o`ylash bosqichi paydo bo`ladi. Ana shu jarayonlarning hammasi o`z mohiyati jihatidan iroda akti tarkibiga kirgan intellektual (aqliy) holatlar deyiladi. Irodaviy aktning haqiqiy boshlanishi uchun ma`lum bir qarorga kelish kerak. Ko`pincha qarorga kelishda motivlar kurashi paydo bo`ladi. Masalan, ixtisosni o`zgartirish niyatidagi yangi ixtisosdan va ichki qanoatlanish umididan voz kechish kerakmi yoki aksincha, imkoniyati tug`ilayotgan qimmatli istiqbol uchun o`zining boshqa ehtiyojlaridan voz kechish kerakmi, degan motivlar kurashi paydo bo`ladi. Masalan, sevgan qizi bilan kinoga borish va to`satdan qattiq og`rib qolgan yakin kishisiga yordam berish o`rtasidagi motivlar kurashi keskin farq qiladi. Motivlar kurashi natijasida qarorga kelish paydo bo`ladi. SHubhalanish va ikkilanishlarni chetga surib tashlab, qarorni amalga oshirish kerak bo`ladi. Qabul qilingan qaror to`g`ridan to`g`ri amalga oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni bajarish uchun yana ongli ravishda irodani ishga solib zo`r berish kerak. Irodaviy zo`r berishni ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatga o`tish bilan tarqalishi mumkin. Qabul qilingan qarorni zo`r berish bilan ijro etish irodaning muhim belgisini tashkil etadi. Zo`r berish juda muhim xususiyatlarning biri bo`lib, bu xususiyat orqali irodaviy harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan farqlanadi. Irodaviy zo`r berish motivlar kurashi va qarorga kelishdayoq seziladi. Bunday zo`r berish fikrlash jarayonini ishga solib, muhokama yurgizishda, keraksiz hissiyotlarni engishda o`z ifodasini topadi. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo`lida uchraydigan to`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir. O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Mustaqillik - irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish - harakatlarining tevarak - atrofdagilarining tazyiqi, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish to`tish kerakligi haqida tasavvurlariga asoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama -qarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki, bunda odam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlovchi g`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqt davomida hech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik - odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillik bilan moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi. Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi: 1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish. 2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish. 3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash. Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib borish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatni rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishi mumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning qo`shilishi -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosan o`smirlik va o`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilona tashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin. Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi. Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. 2. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlari Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bunday qilaman” deyishdan iboratdir. http://fayllar.org Download 10.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling