Vaqting ketdi baxting ketdi


Download 14.13 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi14.13 Kb.
#1633130
Bog'liq
Vaqting ketdi


Vaqting ketdi – baxting ketdi.
Insoniyatning hamma vaqti ham ish, o`qish bilan band bo`lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo`lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo`sh vaqt ham bo`ladi. Ana shu bo`sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Bo`sh vaqt senga ko`p narsa beradi. Agar sen undan maqsadli foydalana bilsang, o`qituvching bergan materiallar bilan tanishasan, demak, biliming mustahkamlanadi, yo badiiy adabiyotlar o`qiysan, demak, aqlingga aql qo`shiladi, yoxud sport bilan shug`ullanib, kuchingga kuch qo`shiladi. Ammo, ayrim bolalar bo`sh vaqtlaridan to`g`ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik - bo`sh vaqtini behudaga o`tkazib, bir-birlari bilan gap sotib o`tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, yoxud ko`cha-ko`yda sanqib yurish bilan kun o`tkazuvchi bolalarni ko`rib afsuslanasan, kishi. Dono xalqimizning: “Vaqtning qadriga yet”, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” deyishi xuddi ana shu bo`sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko`zda tutib aytilgan hikmatlardan bo`lsa, ajab emas.
Download 14.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling