Variant- 13 Boshqaruvli so’z birikmasi. Abusaid Ko’chimovning hayoti va ijodi. Tursunboy Adashboyevning “Telefondagi suhbat”, “Baqalar” she`ri tahlili O‘z uyida qoyil bo‘lish mag‘lub bo‘lishdan-da yomon bo‘ladi
Download 61.5 Kb.
|
13-Variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BIRIKMASIDA SOZLARNING O’ZARO BIRIKISH USULLARI
Variant- 13 1. Boshqaruvli so’z birikmasi. 2. Abusaid Ko’chimovning hayoti va ijodi. 3. Tursunboy Adashboyevning “Telefondagi suhbat”, “Baqalar” she`ri tahlili 4. O‘z uyida qoyil bo‘lish mag‘lub bo‘lishdan-da yomon bo‘ladi. Berilgan gapni sintaktik tahlil qiling va kesim tarkibidagi bog’lamani aniqlang. 5. Boshqaruvli so’z birikmasiga doir 10 ta test topshirig’i tuzish 1. SO‘Z BIRIKMASIDA SO'ZLARNING O’ZARO BIRIKISH USULLARI So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro 3 xil birikuv usullari bor:
Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qo‘shimchasi orqali birikuvi moslashuv deyiladi: sizning ukangiz, xonaningyorug‘i. Ba’zan egalik yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qo ‘llanilishi mumkin: yoz yom g'iri (yozning yom g'iri), c h o ‘l havosi, qor jilvasi; bizning uy, sizning о ‘g'il. Moslashuvda asosan otli birikmalar hosil bo‘ladi. Tobe so‘z hokim so‘zga tushum, jo ‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari yoki ko'm akchilar bilan birikuvi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda otli va fe’lli birikmalar hosil bo ‘ladi: olma termoq, gul uzmoq, yoshlarga g'amxo‘rlik, uydan chiqmoq, g‘alaba uchun kurashmoq, maktab tomon ketmoq. Kelishikli va ko'm akchili boshqaruv farqlanadi. Kelishikli boshqaruvda tobe so‘z hokim so'zga tushum va o‘rin kelishiklari vositasida birikadi: do‘stini uchratmoq, bog‘dan chiqmoq, chelakka solmoq, qarmoqda tutish. Ko‘makchili boshqaruvda tobe so‘z hokim so‘zga ko‘makchilar vositasida birikadi: tinchlik uchun kurash, qarmoq bilan tutish, aybiga yarasha jazolanm oq, uy sari yurmoq.
Abusaid Koʻchimovning birinchi sheʼr va maqolalari matbuotda eʼlon qilinganida u oʻrta maktab oʻquvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening Oʻzbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland togʻlar” (Saylanma, 2002), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006), “Muhabbat bogʻlari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (toʻrt tomlikning 1-jildi, 2011) sheʼriy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), toʻrt qismli “Baland togʻlar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini koʻrdi. U tabiatni eʼzozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO mukofotiga sazovor boʻldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi. Abusaid Koʻchimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi sheʼriy toʻplamlarida bolalar va oʻsmirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan boʻlsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida koʻproq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi. A. Koʻchimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator sheʼr va hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 3. Kichkintoylarga qisqa va loʻnda sheʼrlar yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning “Sumalak” sarlavhali sheʼri shu jihatdan eʼtiborli:
Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bogʻliq boʻlgan “Tugma” deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir: Roʻzvon xola qoʻshniga Chiqqanida elakka. Kamzulining tugmasi, Tushib qoldi yoʻlakka. Chumolilar toʻplanib, Majlis qurar shoshilib: – Bir, ikki, uch koʻtardik, Tegirmonning toshini… Tursunboy Adashboyevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yoʻgʻrilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham oʻgirilgan. Masalan, “necHH Xobopohok”, “MenLHHH; a”, “no^apoK”, “Olti oyoqli xoʻtikcha”, “Olatogʻ ohanglari” singari bir talay kitoblari rus, latish, qozoq va oʻzbek bolalar sheʼriyati antologiyalaridan munosib oʻrin olgan. 1989–90 yillarda uning “Arslonbob afsonasi”, “Sichqonning orzusi”, “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” toʻplamlari nashr etildi. Ijodkor qator uchrashuvlarda, gazeta va mahallalardagi suhbatlarda berilgan savollarga qaytargan javoblarida sheʼr yozishning sir-sinoatlarini oʻziga xos yoʻnalishda ochib berganligini kuzatamiz: – Nima uchun bolalarga sheʼr yozasiz? – Ezib yomgʻir yogʻganidan keyin, yetilgan yerni, zavqshavq bilan haydagan qoʻshchining mehnatini sira kuzatganmisiz? Kichkintoylarga sheʼrlar mashq qilar ekanman, ana shu dehqonga oʻxshab ter toʻkishga harakat qilaman. Demak, har kim qoʻlidan kelgan yumushni uddalashi kerak. Qisqasi, bolalarga sheʼr yozishdan oʻzga ish qoʻlimdan kelmaydi. – Sizda sheʼrning tugʻilishi qanday kechadi? – Asosan, hayotni, bolalarning soʻngsiz olamiga aloqador ikir-chikir voqea va hodisalarni sinchiklab kuzatishdan tugʻiladi. Masalan, oddiy bir tugmani chumolini yoʻliga qoʻyib, xattiharakatini kuzatsangiz, taxminan quyidagicha mashq qogʻozda aks etishi mumkin:
– Sheʼrlaringizda manzara yaratish mahoratini kimdan oʻrgangansiz? – Har bir misra ustida ishlash va manzara yaratish sanʼatini ustoz Qudrat Hikmatdan oʻrganganman. Qudrat akaning lampochka haqidagi misralariga eʼtibor bering:
Qattiqqoʻl ustoz nazaridan oʻtgan, endilikda muallifning eng yaxshi mashqlari qatoridan oʻrin olgan “Nasibaning olmasi” sarlavhali sheʼri shu jihatdan ibratlidir: Nasibaning olmasi Tushib ketdi ariqqa. Tutqich bermay oʻynaydi Xuddi oʻxshab baliqqa. Sodiqjon koʻrib qolib, Olmani ushlab berdi, Rahmat aytib Nasiba Yarmini tishlab berdi… Iqtidorli shoirning oʻqimishli sheʼrlari jamlangan “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” toʻplamidagi asarlarni oʻqir ekanmiz, ijodkor quvnoq, yengil kulgi bilan sugʻorilgan misralar orqali kichkintoylar dunyosini mahorat bilan ochib berishdek oʻz uslubiga sodiq ekanligini koʻramiz. Chunonchi, “Ahil doʻstlar” sheʼrida Suhrob bilan Jahongir ismli ikki doʻst bitta bogʻchaga qatnab, hatto muzqaymoqni ham teng boʻlib yeydigan ikki oshna-ogʻayniga toʻp sovgʻa qilingach, koʻngilxiralik boʻlmasligi uchun ular koptokni ham ikki boʻlakka yorib oʻynaydilar: Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling