3.Marketingni ob'ektiv qonunlari va
tamoyillari haqida?
Marketing ob'ektlariga moddiy tovar, xizmatlar,
g’oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi.
Marketing
ob'ektlarini,
odatda,
"tovarlar"
tushunchasiga birlashtiradilar.
Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga,
ishlab chiqarishga va davlat ijtimoiy maqsadlari
uchun
mo’ljallangan
tovarlarga
bo’linadi.
Xizmatlar
(uy-ro’zg’or,
ishlab
chiqarish,
moliyaviy,
transport
va
aloqa,
ijtimoiy,
intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi
rivojlanayotgan
sektori.
Ularning
sifati
o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va
ularni standartlash qiyin.
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari,
loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular,
ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va
ularning ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar
marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy
ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir.
Tashkilot marketingning ob'ekti sifatida tashkiliy
struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar,
imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi
mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat
nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida
aytish
kerak.
Tashkilotning
imiji,
odatda,
firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat
ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing ob'ektlari sifatida uyjoy,
dam olish joylari, xo’jalik qurilishlari, investitsiya
ob'ekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq
ma'noda hududlar marketingi haqida gapirganda
ko’chmanchilar,
turistlar,
biznesmenlar
kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy
va boshqa resurslarni
jalb etishni tushunish
mumkin.
Shaxs
haqida
gapirganda, avvalo,
mehnat
resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek,
madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot,
sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar
bozorini nazarda tutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |