qarorlaridan, alohida
iste’molchilar tomonidan
olinadigan bevosita
qoniqish atrof-muhitning
ifloslanishi va u keltiradigan
zarar kabi salbiy natijalarni
hisobga olmaydi. Shunday qilib,
marketing tizimi va uning
faoliyati samarasini
ehtiyojlarning qondirilishi
ko‘rsatkichlari asosida baholash
juda murakkab va deyarli
mumkin emas. Uchinchi guruh
iqtisodchilarning fikricha,
marketing tizimining amaliy
maqsadi tovarlarning maksimal
mumkin bo‘lgan darajadagi
xilma-
xilligini ta’minlash va
iste’molchiga maksimal keng
tanlovni yaratishdir. Bu tizim
iste’molchiga uning didiga
ko‘proq javob beruvchi
tovarni topish imkonini berishi
kerak, degan fikr yotadi.
Mijozlar o‘z ehtiyojlarini
maksimal qondirish imkoniga
ega bo‘lishlari va natijada
k
o‘proq qoniqish olishlari zarur.
Shunday nuqtai nazar borki,
unga muvofiq marketing
tizimining asosiy. maqsadi
«hayot sifatini» yaxshilash, deb
hisoblaydilar. Bu qarash
tarafdorlari marketing tizimini
ular taklif etayotgan iste’mol
qoniqish darajasi bilangina
emas, balki jismoniy va madaniy
muhit sifatida ko‘rsatiladigan
ta’sir bilan ham baholaydilar.
Marketing tizimi uchun ham
sifatni o‘zgartirish oson emas,
bu ta’rif esa ba’zida bir-biriga zid
keladi. Yuqorida keltirilgan
marketingning maqsadini
quyidagicha guruhlashni tavsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |