2.Segmentning
ochiqligi.
Segmentning
ochiqligi deganda korxona mahsulotini sotish
uchun qancha miqdorda sotish kanallariga ega
bo’lishligi, ularning quvvati, tashish va saqlash
bo’yicha
aniq
ma'lumotlarning
mavjudligi
tushuniladi.
3.Segmentning
muhimligi.
Segmentning
muhimligi deganda u yoki bu iste'molchilar
guruhining bozor segmentida qanday
o’rin
egallab turganligi tushuniladi. Korxona ana shu
segmentning o’rniga qarab o’z faoliyatini tashkil
etadi.
4.Segmentning
foydaliligi.
Segmentning
foydaliligi deganda korxonaning ma'lum bir
segmentda ishlashi uning qanday rentabellik
darajasini ta'minlashi tushuniladi. Korxona u yoki
bu bozor segmentining foydaliligini baholashda
foyda
me'yori, qo’yilgan kapital hajmida
daromadning hissasi, aktsiya dividentlarining
miqdori va boshqa iqtisodiy
ko’rsatkichlardan
foydalanadi.
5.Segmentning samaradorligi. Segmentning
samaradorligi korxonaning mazkur tanlangan
bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur
segmentda ishlovchi xodimlarning mahsulotni
siljitishga
qanchalik
tayyor
ekanligi
kabi
ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
Umuman
olganda,
bozorni
segmentlash
korxonaning muayyan bozorda samarali faoliyat
ko’rsatishining
muhim
omillaridan
biri
hisoblanadi.
3.Tovarning hayotiy dav
гi
bosqichlari?
Tovarning
hayotiy
davri
-
tovarning bozorda paydo
bo’lgan davridan
boshlab, to uning sotilmay qolishigacha
bo’lgan vaqt oralig’idir. Tovarning hayotiy
davri kontseptsiyasi har qanday tovar
qanchalik darajada mukammal bo’lmasin, bu
tovar bozordan ertami-kech undan ham
mukammalroq
tovar
tomonidan
siqib
chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda
tovar hayotiy davrining diapazoni ancha
keng bo’lib, u bir kunlik tovardan bozorda o’z
o’rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi
tovargacha
bo’lishi mumkin.
Tovarning
hayotiy
davri
kontseptsiyasi ilk bor amerikalik marketolog
T.Levitt tomonidan 1965 yilda tariflangan
edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan
iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm kabi
hayotiy davrini o’taydi. Ma'lumki, tirik
organizm rivojlanish, keyin
tug’ilish, so’ngra
etuklik, qarilik bosqichlarini
o’tib, o’lim bilan
o’z yashash davrini tugatadi. Shunga
o’xshash qiyoslasak, tovar hayotiy davri
jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish,
o’sish, etuklik va chiqish kabi bosqichlarni
o’taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |