Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006
Mexanika va Molekulyar fizika-1016
Download 336.44 Kb.
|
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School
Mexanika va Molekulyar fizika-1016Impulsi 20 kg∙m/s bo‘lgan 10 kg massali jismning tezligini toping. A) 20 m/s B) 200 m/s C) 2 m/s D) 10 m/s Gorizontga burchak ostida 25 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligini aniqlang (m/s). g=10 N/kg. A) 15 B) 20 C) 25 D) 10 Massasi m bo‘lgan avtobus 𝜐 tezlik bilan qiyaligi α bo‘lgan tepalikka chiqyapti (α-qiya tekislik bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak). Dvigatelning quvvati N ga teng. Ishqalanish koeffitsiyentini aniqlang. A) 𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼 B) 𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼 C) 𝑁−𝑚𝑔𝜐𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼 D) 𝑁𝜐−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼 𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan? 15 kPa B) 17 kPa C) 18 kPa D) 16 kPa Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi? 68% ga ortadi B) 44% ga ortadi C) 20% ga ortadi D) 28% ga ortadi Uzunligi 4 m va massasi 500 kg bo‘lgan bir jinsli metall sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 300 bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping. g=10 N/kg. 0,5 kJ B) 2 kJ C) 1 kJ D) 5 kJ Mototsiklchi birinchi ikki soatda 90 km yo‘l bosdi. Qolgan uch soatda esa 50 km/h tezlik bilan harakat qildi. Mototsiklchining butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi qanday? 70 km/h B) 35 km/h C) 57 km/h D) 48 km/h Yer sirtida joylashgan kapillyar naychada suv 24 mm balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? σ=73·10 mN/m, ρ=1000 kg/m3. 35 mm B) 144 mm C) 54 mm D) 102 mm Massasi 4 kg, zichligi 1,6 g/cm3 bo`lgan jism suvda pastga 4 m/s tezlik bilan cho‘kmoqda. Suvning jism harakatiga qarshilik kuchini toping. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg. A) 16 N B) 12 N C) 25 N D) 15 N Uzunligi 1 m bo‘lgan ipga osilgan yuk vertikaldan 600 burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatidan qanday tezlikda o‘tadi? g=10 N/kg. A) 10,2 m/s B) 3,16 m/s C) 5 m/s D) 1,15 m/s 8 kg massa va 80 0C haroratga ega bo‘lgan suvga 20 0C haroratdagi suvdan qancha qo‘shilganda, aralashmaning harorati 30 0C bo‘ladi? 24 kg B) 48 kg C) 16 kg D) 40 kg Idishdagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadrtik tezligi 2400 m/s, konsentratsiyasi esa 4,1∙1018 cm-3 bo‘lsa, uning idish devoriga ko‘rsatadigan bosimini toping. M=18 g/mol, NA=6·1023 mol-1. A) 0,26 MPa B) 0,026 Pa C) 26 kPa D) 26 MPa Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg. A) 60 m B) 20 m C) 16 m D) 64 m Gazning harorati 27 0C bo‘lganda, u 30 litr hajmni egallagan. Bosimni o‘zgartirmasdan, hajmni 5 litrga orttirish uchun gazning haroratini qanchaga ko‘tarish kerak? A) 32 K B) 50 K C) 300 K D) 30 K 20 0C temperaturada 5 m3 havoda 50 g suv bug‘i bo‘lsa, havoning nisbiy namligi qancha? 20 0C temperaturada to‘yingan suv bug‘ining zichligi 17,3 g/m3. A) 62% B) 70% C) 58% D) 65% Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg. 100 kN, 5 kN B) 20 kN, 1 kN C) 98 kN, 97 kN D) 350 kN, 17,5 kN Uzunligi 80 cm, bikrligi 2 kN/m bo‘lgan elastik prujinaga 4 kg massali yuk osilgan. Prujinaning nisbiy uzayishini toping. g=10 N/kg. A) 0,0625 B) 0,025 C) 0,05 D) 0,02 80 m balandlikdan 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan jism gorizontal otildi. Jismning umumiy ko‘chishini toping. g=10 N/kg. A) 80 m B) 60 m C) 70 m D) 100 m 10 m/s necha km/h ga teng? 36 km/h B) 2,77 km/h C) 54 km/h D) 72 km/h h balandlikdan tashlangan koptok yerdan sapchib, yana 3h balandlikka ko‘tarilishi uchun, uni qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlash kerak? g-erkin tushish tezlanishi. A) 2√𝑔ℎ √𝑔ℎ 2𝑔ℎ D) √2𝑔ℎ Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi? A) 4 m/s2 B) 10 m/s2 C) 8 m/s2 D) 6 m/s2 Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan? 2,5 kJ B) 5 kJ C) 0,5 kJ D) 10 kJ 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 140 m B) 60 m C) 80 m D) 144 m Jism 150 N o‘zgarmas kuch ta’sirida harakatlanmoqda. Agar jism koordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi x=100+5t+0,5t2 (m) tenglama ko‘rinishida ifodalansa, jism massasini aniqlang (kg). A) 15 B) 30 C) 150 D) 75 Qo‘rg‘oshin o‘q 200 m/s tezlik bilan uchib kelib, qumga tiqilib qoldi. Agar o‘qning energiyasi to‘laligicha issiqlik energiyasiga aylansa, o‘q necha gradusga qiziydi? c=130 J/(kg·K). A) 1200 B) 1100 C) 1540 D) 1300 Ichidagi gazning bosimi 400 kPa bo‘lgan 3 litr hajmli idish havosi butunlay so‘rib olingan 5 litr hajmli idish bilan tutashtirilganda harorat o‘zgarmay qolsa, sistemada qanday bosim qaror topadi (kPa)? A) 350 B) 150 C) 250 D) 50 Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg. 28 min B) 54 min C) 39 min D) 17 min Ideal issiqlik mashinasida qizdirgichning temperaturasi sovutkichning temperaturasidan 4 marta katta bo‘lsa, uning FIK i qanday? A) 70% B) 75% C) 60% D) 50% Sun’iy yo‘ldosh orbitasining radiusi 4 marta kamaysa, uning doiraviy orbita bo‘ylab aylanish davri qanday o‘zgaradi? 4 marta kamayadi B) 8 marta kamayadi C) 4 marta ortadi D) 2 marta kamayadi Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. A) 0,4 B) 0,1 C) 0,2 D) 0,04 Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International SchoolDownload 336.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling