Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006


Mexanika va Molekulyar fizika-1034


Download 336.44 Kb.
bet29/52
Sana06.04.2023
Hajmi336.44 Kb.
#1329918
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05

Mexanika va Molekulyar fizika-1034

    1. Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg.

      1. 17 min B) 39 min C) 28 min D) 54 min




    1. Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg.

A) 100 kN, 5 kN B) 350 kN, 17,5 kN
C) 98 kN, 97 kN D) 20 kN, 1 kN



    1. Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.

A) 0,04 B) 0,2 C) 0,1 D) 0,4



    1. Idishdagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadrtik tezligi 2400 m/s, konsentratsiyasi esa 4,1∙1018 cm-3 bo‘lsa, uning idish devoriga ko‘rsatadigan bosimini toping. M=18 g/mol, NA=6·1023 mol-1.

      1. 26 kPa B) 26 MPa

C) 0,026 Pa D) 0,26 MPa



    1. Massasi m bo‘lgan avtobus 𝜐 tezlik bilan qiyaligi α bo‘lgan tepalikka chiqyapti (α-qiya tekislik bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak). Dvigatelning quvvati N ga teng. Ishqalanish koeffitsiyentini aniqlang.


A)
𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼

B)
𝑁−𝑚𝑔𝜐𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑚𝑔𝜐𝑐𝑜𝑠𝛼

C)
𝑁−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼

D)
𝑁𝜐−𝑚𝑔𝑠𝑖𝑛𝛼
𝑚𝑔𝑐𝑜𝑠𝛼

    1. Yer sirtida joylashgan kapillyar naychada suv 24 mm balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? σ=73·10 mN/m, ρ=1000 kg/m3.

      1. 102 mm B) 54 mm C) 144 mm D) 35 mm




    1. Ballondagi argon gazi ishlatilishi davomida gazning massasi 20% ga, bosim esa 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning harorati dastlabki haroratiga nisbatan necha marta kamaygan?

      1. 2 marta B) 1,6 marta

C) 2,5 marta D) 1,25 marta



    1. Agar Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2 bo‘lsa, massasi Yerning massasidan 4 marta ko‘p, radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta bo‘lgan sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishini toping.

A) 40 m/s2 B) 10 m/s2
C) 20 m/s2 D) 5 m/s2

    1. 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan?

      1. 17 kPa B) 18 kPa C) 16 kPa D) 15 kPa




    1. Uzunligi 4 m va massasi 500 kg bo‘lgan bir jinsli metall sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 300 bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping. g=10 N/kg.

      1. 2 kJ B) 1 kJ C) 0,5 kJ D) 5 kJ




    1. h balandlikdan tashlangan koptok yerdan sapchib, yana 3h balandlikka ko‘tarilishi uchun, uni qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlash kerak? g-erkin tushish tezlanishi.


      1. Download 336.44 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling