Variant-13 Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtiomoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish


Yalpi investitsiya va amoritizatsiya nisbati o'zgarishining iqtisodiyotga ta'siri


Download 0.58 Mb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1373380
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Variant-13

Yalpi investitsiya va amoritizatsiya nisbati o'zgarishining iqtisodiyotga ta'siri
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalarivah.k.);

  • qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

  • davlat byudjeti mablag’lari;

  • chet elliklar mablag’lari.

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

    1. investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

    2. foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motive foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori.
Kapital birligiga real foyda quyidagini tashkil etadi:
Foyda me’yori = daromad (R/ R) – xarajatlar (Rk/R)(r +δ)
Muvozanat sharoitida kapital ijarasidan olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli mahsulotiga teng bo’lganligi sababli biz foyda me’yori uchun ifodani quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin:
Foyda me’yori =MPK –(Rk/R)(r +δ)
Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar agar kapitalning chekli mahsuloti bir birlik kapitalga xarajatlardan katta bo’lsa foyda oladilar, aksincha bo’lsa, zarar ko’radilar. Aynan shu ko’rsatkich sof investitsiyalar miqdorini belgilab beradi.
∆K=In(MPK –(Rk/R)(r +δ))
bunda In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) funktsiya sof investitsiyalar miqdori investitsiyalarga rag’batlar mavjudligiga qanchalik ta’sirchanligini ko’rsatadi.
Endi biz investitsiya funktsiyasini keltirib chiqarishimiz mumkin. Korxonalar asosiy fondiga investitsiyalar uchun xarajatlarning umumiy miqdori sof investitsiyalar va chiqib ketgan kapitalni tiklashga investitsiyalar miqdorlari yig’indisiga teng. Investitsiya funktsiyasi quyidagicha yoziladi:


I=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) +δK.

Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti, kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi.


Model shuningdek investitsiyalar nima uchun foiz stavkasiga bog’liqligini ham ko’rsatadi. Foiz stavkasini o’sishi kapital birligiga xarajatlarni ko’paytiradi. Bu kapital egalari tomonidan olinadigan foyda qisqarishiga olib keladi va kapitalning katta qismini jamg’arishga rag’batni qisqartiradi. Xuddi shunga o’xshash, foiz stavkasini pasayishi kapital birligiga xarajatlarni qisqartiradi va investitsiyalarni rag’batlantiradi. Shu sababdan ham investitsiyalarning foiz stavkasiga bog’lifligini ifodalovchi egri chiziq pastga egilgan.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:

  1. mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

  2. tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;

  3. texnologik o’zgarishlar.

Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir- biridan farqlash zarur.


Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling