78-modda. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki majburiy (Markaziy bank tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarori;
Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi qarori asos bo‘ladi.
Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Bankni tugatish Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan e’tiboran tamomlangan deb va bank tugatilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 57-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 474-II-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 164, 165-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 98 — 101-moddalari va “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat № 626, 11.02.1999-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |