Variant-19 Iqtisodiy tahlilning predmeti, ob’ekti, maqsadi; Tahlil turlari: Iqtisodiy tahlil (ichki va tashqi); boshqaruv tahlili. Javoblar


Download 18.83 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1789089
  1   2
Bog'liq
Xamidov Javlon


VARIANT-19
Iqtisodiy tahlilning predmeti, ob’ekti, maqsadi;
Tahlil turlari: Iqtisodiy tahlil (ichki va tashqi); boshqaruv tahlili.
Javoblar

Tahlil obyekti. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar sodir bolgan va bolayotgan makon iqtisodiy tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani tahlilning predmeti qayerda sodir bolsa, osha subyekt tahlilning obyekti bolib hisoblanadi, yani fermer, shirkat va boshqa xojaliklar tahlil obyektidir.


Tahlilning predmeti deganda korxonalarning xojalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar tasiri ostida sodir bolgan va bolayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tushuniladi.

Tahlilning maqsadi. Xojalik yurituvchi subyekt faoliyatini barcha tomonlarini chuqur organish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solish boyicha chora tadbirlar ishlab chiqish tahlilning maqsadi bolib hisoblanadi.


Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.

Mavzu: Iqtisodiy tahlil subyektlari (haqiqiy va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar) va ularning qiziqishlari.



Iqtisodiy tahlil subyektlari (haqiqiy va potensial investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar) va ularning qiziqishlari
Moliyaviy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. Ularni shartli ravishda ichki va tashqi subyektlarga bo‗lish mumkin. Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi subyektlarga haqiqiy va bo‗lg‗usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga kiradi.
Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi:
Mulk egalari (qatnashchilar va ta‘sischilar) va investorlarning e‘tibori ko‗proq xo‗jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan oladigan dividendlar summasini mavjudligiga, jalb qilingan investitsiyalar yuzasidan xavf-xatarlarning yo‗qligiga qaratiladi.
Kreditorlar – o‗zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‗z vaqtida to‗lanadimi yoki yo‗q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar;
Mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida-o‗zlariga tegishli summa o‗z vaqtida to‗lanadimi yoki yo‗q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar;
Xaridorlar – ayniqsa‚ (ular uzoq muddatli bitimga ega bo‗lsalar yoki mazkur xo‗jalik yurituvchi subyektga bog‗liq bo‗lsalar) xo‗jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar;
Xodimlar – xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ular ham xo‗jalik yurituvchi subyektning o‗z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo‗yicha ishlash imkoniyatlarini ta‘minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotni olishdan manfaatdorlar;
Davlat boshqaruvi organlari-resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ularga ham xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma‘lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;
Jamoatchilikda ham, chunki xo‗jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‗pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta‘minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‗llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‗shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‗nalishlari va xo‗jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‗nggi yutuqlar to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlab, ularga yordam beradi.
Tashqi tahlil subyektlari qatoriga shuningdek, reyting kompaniyalarini ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar alohida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning boshqa xo‗jalik subyektlarga nisbatan iqtisodiy o‗rnini aniqlashga imkon beruvchi axborotlarni tahlil etish va ularni doimiy kuzatuvini olib borish bilan shug‗ullanadilar.
Moliyaviy tahlil subyektlari xo‗jalik subyektlarining moliyaviy holatini kompleks (to‗liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib boriladigan tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan hollarda analitiklarning va buyurtmachilarning maqsad, manfaatlaridan kelib chiqqan holda zaruriy bo‗lgan obyektlar bo‗yicha xulosalar chiqarishga etadigan tahlillar o‗tkaziladi.
Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko‗proq faqat ichki moliyaviy tahlilga hos jihatdir. Tashqi tahlil subyektlari odatda o‗zini qiziqtirgan masala yuzasidan axborotlarning jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar



Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling