Variant 3 Egamnazarov Nuriddin Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar


Download 21.33 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1103095
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Variant


VARIANT 3


Egamnazarov Nuriddin
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.
Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obʼyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va ishlab chiqarish. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. Iqtisodiy qonunlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shart-sharoitlar yoʻqolgach, iqtisodiy qonunlar ham oʻz kuchini yoʻqotadi. Iqtisodiy qonunlarning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv shartsharoitlariga, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻliq.Iqtisodiy qonunlar obʼyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar 3 guruhga ajratiladi:Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va boshqalar. Xususiy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, qiymat qonuni - tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus iqtisodiy qonunlar- alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni.

  1. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, Iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki iqtisodiy qonunlar kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. Iqtisodiy qonunlar ni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi iqtisodiy qonunlar ni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi ob'ektivdir. Shu bilan birga, iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farqli o'laroq, jamiyat a'zolarining ob'ektiv mehnat va ishlab chiqarish faoliyati orqaligina harakat qiladi va o'zini namoyon qiladi. "Odamlar o'z tarixini yaratadilar, lekin ular o'zlari tanlamagan, lekin to'g'ridan-to'g'ri mavjud bo'lgan, ularga berilgan va o'tmishdan o'tib ketgan sharoitlarda o'zlari xohlagancha yaratmaydilar"

Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling