Variant globallashuv


Download 30.12 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi30.12 Kb.
#1540203
1   2   3
Bog'liq
1-TOPSHIRIQ

Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. metodologiya metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi metodologiyaga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan metodologiyaga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin. metodologiyaga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim metodologiya deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk metodologiya vazifasini oʻtagan. metodologiya taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda metodologiya boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. metodologiya haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, metodologiya rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik metodologiya ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik metodologiya lar falsafada eng obroʻli falsafiy metodologiya lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish metodologiya lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.
Bugungi kunda sinergetika metodologiya si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.
Sotsializm (lotincha: socialis — „ijtimoiy“) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar.
Totalitarizm (lot. totalis — yaxlit, toʻliq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, toʻla (total) nazorati oʻrnatiladi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligiga soʻzsiz boʻysuniladi, muholafat va oʻzgacha fikrlovchilar qatagʻon qilinadi (20-asrning 20-yillari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, natsistlar Germaniyasidagi Totalitarizm turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va boshqalar); 2) etatizm, avtoritarizmni oqlovchi siyosiy tafakkur yoʻnalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.

Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling