Variant Mamlakat milliy boyligining tushunchasi
Download 30.52 Kb.
|
4-6
Variant-4. Mamlakat milliy boyligining tushunchasi Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi bo’lsa , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo'ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o'z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar , yaratilgan san'at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi . Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o'lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko'ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o'lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi . Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo'ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi . U kishilarning ko'plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi . milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin : 1. Moddiy buyumlashgan boylik . 2. Nomoddiy boylik . 3. Tabiiy boylik . Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi . Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo'lib , tarkibiy tuzilishi bo'yicha qo'yidagilarni o'z ichiga oladi : - ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo'ladi , hamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi milliy mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi : - noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi . - aylanma kapital ( fondlar ) . Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo'lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil Nomoddiy boylikr ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi . Bunday boyliklarga ta'lim , sog'liqni saqlash , fan , madaniyat , san'at , sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy ¸dgorliklar , arxitektura obidalari , no b adabi , t va san'at asarlari alohida o'rin tutadi . Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi , jamiyat a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi , sog'liqni saqlash , ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi . Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishining asosi hisoblanadi . Agar fan - texnika taraqqi , ti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat , san'at , fan kabi nomoddiy sohalar ham o'sib va takomillashib boradi . Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo'lib , o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi . Download 30.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling