Variant Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari


Download 24.55 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi24.55 Kb.
#1065358
  1   2   3
Bog'liq
17-V


17-variant

  1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari.

Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari - bu banklaming passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablaglarini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bogliq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ulaming faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlami shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo malum darajada risk, ya’ni qarzdoming defolti (tolovga qobiliyatsizlik) bilan bogliq boladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra:
- kassa operatsiyalari;
- ssuda operatsiyalari (kreditlash);
- investitsiya va fond operatsiyalari;
- valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;
- bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bogliq operatsiyalardan iborat.
Banklar kassa operatsiyalariorqali mijozlarga naqd pullami berish va ulardan naqd pullami qabul qilish bilan bogliq ishlami amalga oshiradi.
Ssuda operatsiyalariorqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xojalik subyektlariga tegishli kerditlarni beradi.
Investitsiya operatsiyalaridabanklar hojalik yurituvchi subyektlar va davlatning qimmatli qog'ozlariga moliyaviy mablaglami joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun malum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllan- tirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi - sotdi qilinadigan qimmatli qog'ozlar va veksellar bilan operatsiyalami amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi - sotdisi bilan bogliq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiyvalyutalarga nisbatan kursini o'zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko'rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi tolov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlarberishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar malum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to'rtta guruhga ajratish mumkin.
1. Erkin zahiralar
2. Berilgan kreditlar va depozit ko'rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablaglar.
3. Investitsiyalar
4. Bankning o'ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo'naltirilgan mablaglari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bolgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Banklaming aktiv operatsiyalari daromadkeltirish darajasiga qarab:
- Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar va daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bolinadi.
Aktivlar Markaziy bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlami qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan banklaming aktivlari sifatiga kora:
- standart;
- substandart;
- qoniqarsiz;
- shubhali;
- umidsiz toifalarga tasniflanadi.
Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bolinadi:
- Yuqori likvidli aktivlar
- qisqa muddatli likvidli aktivlar
- qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar
- past likvidli aktivlar
Demak, banklaming aktiv operatsiyalari ulaming foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, malum darajadagi risklami vujudga kelishiga sabab boladi.


  1. Download 24.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling