variant (Umumiy ball) Test (3 ball (har bir testga 0,6 ball)) Savol (3 ball) test


SAVOL Byudjetning ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiradi, ularning tarkibiy tuzilishi va ahamiyati qanday ?


Download 18.71 Kb.
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi18.71 Kb.
#1706521
1   2
Bog'liq
DB 4

SAVOL
Byudjetning ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiradi, ularning tarkibiy tuzilishi va ahamiyati qanday ?
Davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning salmog’i yuqori bo’lib, bu turkum xarajatlar jami byudjet xarajatlarining o’rtacha 52-55 foizini tashkil qiladi. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning qariyb 40 foizini ta‟lim tizimiga sarflanadigan xarajatlar tashkil qilmoqda. Bu xarajatlar davlat tomonidan kafolatlangan ta‘lim xizmatlarini ko’rsatuvchi maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta‘lim, kasbiy ta‘lim, oliy ta‘lim va uzluksiz ta‘lim tizimining boshqa muassasalarini saqlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Sog„liqni saqlash xarajatlari ham davlatning ijtimoiy sohani bu tarmog’iga bo’lgan e‘tiborining ortib borishiga monand ravishda yildan yilga ko’paymoqda va ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning o’rtacha 23-24 foizini tashkil qilmoqda. Ijtimoiy xarajatlarning tarkibida 10-12 foizni tashkil qilib turgan “Ijtimoiy himoya” xarajat guruhi ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo’lgan oilalarga nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsion to’lovlarni nazarda tutadi. Lekin bugungi kun voqeligi faqat ayrim fuqaro guruhlariga nafaqalar berishni nazarda tutuvchi passiv 112 ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o’rinlarini ochish hisobidan aholi bandligini yanada oshirish, aholining muhtoj qatlamlari bandligini oshirishni rag’batlantirishga qaratilgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishida o’z aksini topgan. Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat guruhlari kiradi:  iqtisodiyotga xarajatlar;  markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo’naltirilgan xarajatlari so’nggi yillarda jami xarajatlarning 8-10 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan bog’liq xarajatlar esa o’rta hisobda 10-11 foizni tashkil etgan. Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to’lash va ularni saqlab turish, hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek, geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta‘minlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, jumladan: respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investitsiya loyihalari, davlat maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga oshirish; sug’oriladigan yerlarni tiklash va yangilarini o’zlashtirish, suv xo’jaligi qurilishi hamda kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining muhandislik infratuzilmasi, birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish massivlarini rivojlantirish; ta‘lim, sog’liqni saqlash, madaniyat obyektlari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini rivojlantirish; davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari kiradi
Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling