variayant Savollar Banklarda nazoratni tashkil qilish Ssuda hisob varaqlarini ochish tartibi Javobllar
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqBank bug hisobi
7-variayant Savollar 1) Banklarda nazoratni tashkil qilish 2) Ssuda hisob varaqlarini ochish tartibi Javobllar 1) 1995 yil 21 dekabrda “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun Markaziy bankning muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat or-gani sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Qo-nunning muhim ahamiyatga molik jihatlaridan biri shundaki, Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqil hisoblanadi. Bundan tashqari, qonun modda-larida davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Mar-kaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasligi aniq qilib ko'rsatib qo'yildi. Shuningdek, 2006 yildagi bank tizimi qonunchiligidagi o'zgarishlarga1 ko'ra Markaziy Bank-ka mikrokredit tashkilotlariga litsenziyalar berish va ular usti-dan nazoratni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Hozirgi kunda Markaziy bank kredit tashkilotlari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari ustidan nazorat olib boradi va ular faoliyatini tartibga soladi. Demak, Markaziy bankning nazorat qilish sfera-si kengaydi va uni quyidagicha tasvirlaymiz. 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 44-moddasida «Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq bank-lar faoliyatini nazorat qilib boradi», - deb belgilab qo'yildi. 1997 yil mart oyidan boshlab jahon andozalariga to'liq mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini bera-digan tijorat banklarining hisobvaraqlarini yangi rejasi amalga joriy qilinishi bilan banklar faoliyatini nazorat qilishda za-monaviy hisobotlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonda tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda va nazorat qilishda xalqaro bank nazorati ama-liyotiga asoslangan nazorat tizimi shakllanib borayotganligining isboti edi.Bank sohasini isloh qilishning ustuvor jihati oqilona bank nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. Shu jihatdan, respub-likamizda taъsirchan bank nazorati tizimi iqtisodiyotning moliya-viy barqarorligini taъminlaydigan asosiy o'zak ekanligini hi-sobga olgan holda Markaziy bank tomonidan banklarni nazorat qilish faoliyati «oldindan ogohlantirish tizimi» asosida tashkil etilgan. Yuqorida taъkidlab o'tilganidek, harakatdagi qonunlarga aso-san tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish Markaziy bank-ka yuklatilgan. Bank nazoratining asosiy maqsadi va vazifalari respublikamizda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish tarkibini yaratadi. U quyidagi chizmada yaqqol ko'rinadi. Chizmadan ko'rinadiki, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish Markaziy bankda tashkil qilingan uch departament tomoni-dan olib boriladi. Tijorat banklariga litsenziya berish va ular-ning faoliyatini tartibgasolish departamenti masofadan turib, distantsion nazoratni amalga oshirsa, tijorat banklarini nazorat qilish departamenti banklar faoliyatini joyida tekshirish bilan shug'ullanadi. Tijorat banklari ustav fondini tashkil etishni na-zorat etish departamenti esa tijorat banklari ustav fondini tashkil etishda bank kapitali adekvatligini nazorat qiladi. Ti-jorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti nobank moliya tashkilotlari(kredit uyushma-lari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari)ga ham litsenziya beradi. Bundan tashqari, Respublikamizda 1995 yil 9 noyabrdagi Vazir-lar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 427-qarorida aholi omonatlarini himoya qilish ko'zda tutildi va 1998 yilda “Omonat- himoya” sug'urta fondi tashkil etildi. Ammo, fondga aъzo bo'lish ixtiyoriy bo'lganligi unga ayrim banklar aъzo bo'lmasligiga olib keldi. Bu omonatlarni sug'urtalash tizimining zaif tomoni ediO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tad-birlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq 2002 yil aprel` oyida O'zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisining “Fuqarolarning banklarda-gi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan respublikamizda aholi omonatlarini kafolatlash tizimi tashkil etildi. Qonun ijrosini taъminlash maqsadida O'zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 sentyabr-dagi 326- sonli qarori bilan Fuqarolarning banklardagi omonat-larini kafolatlash Fondi tashkil etildi.Ushbu Fondda barcha tijorat banklari va xorijiy banklar-ning sho'ъba banklari tomonidan jalb etilgan omonatlar sug'urta-lanadi. Bunda banklar Fond bilan yozma bitim tuzishlari kerak bo'ladi va majburiy badal to'lovlarini amalga oshirib borishadi. Majburiy badallar ikki xil bo'ladi: – bir yo'la to'lanadigan; – kalendar` tartibda to'lanadigan. Bir yo'la to'lanadigan badalni banklar Fondga aъzo bo'lib kir-gan paytda to'laydi va u bank ustav kapitalining 0,1 % miqdorida bo'ladi. Kalendar` tartibda to'lanadigan badalni banklar yilning har choragida to'lab borishadi. Kalendar` tartibda to'lanadigan badal bankdagi omonatlarning yil choragidagi o'rtacha miqdorining 0,5 % miqdorida bo'ladi. Bu ikkala badallarning umumiy summasi omo-natlarning qoldig'ining 5 % ga etganda kalendar` tartibda to'lana-digan badallar to'lash to'xtatiladi. Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi O'zbekiston Respub-likasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda, ti-jorat banklari o'z majburiyatlarini bajara olmay qolganda Fond aholi omonatlarining, yuqoridagi qonunchilikka muvofiq, agar omonatchining omonati minimal ish haqining 100 barobarigacha bo'lsa omonat 100 % miqdorida to'lanadi. Agar omonatchining omo-nati minimal ish haqining 100 barobaridan 250 barobarigacha bo'l-sa omonatning 90 % miqdori Fond tomonidan to'lanadi. Umuman olganda, barcha davlatlarning omonatlarni sug'urtalash tizimida omonatlarni to'lash bo'yicha limitlar bor. Masalan, AQShda omo-natlarning 100 ming AQSh dollari, Kanadada omonatlarning 60 ming Kanada dollari, Yaponiyada omonatlarning 10 mln. ienasi su-g'urtalansa, Evropa Ittifoqida omonatlarning 20 ming evroga teng bo'lgan qismini sug'urtalash tavsiya etilsa, Buyuk Britaniyada esa omonatlarning 70% ini to'lashni nazarda tutadi.Yuqoridan keltirib o'tilgan qonunning qabul qilinishi va Fondni tashkil etishdan asosiy maqsad aholining banklarga bo'lgan ishonchini yanada oshirishdan iborat.Fond tomonidan qisqa muddat ichida respublikada faoliyat ko'rsatayotgan barcha tijorat banklari, shu jumladan, xorijiy banklar va qo'shma banklar bilan yozma bitimlar tuzilib, ushbu banklardagi fuqarolarning omonatlari belgilangan tartibda va miqdorda qaytarilishi kafolatlanadi. Demak, Fond o'z oldiga qo'yilgan maqsadni bajarish uchun ti-jorat banklaridan maъlum darajada hisobotlar talab qilishga majbur bo'ladi. Bugungi kunda Fond ushbu hisobotlarni Markaziy bankning Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular fao-liyatini tartibga solish departamenti orqali olmoqda. Ushbu holatni AQSh bank nazorati tizimi bilan solishtira-digan bo'lsak, AQShda faoliyat ko'rsatayotgan “Depozitlarni Su-g'urtalash Federal Korporatsiyasi” (DSFK) aholi omonatlarini kafolatlash maqsadida AQShning Markaziy banki hisoblanmish Federal Rezerv Tizimi bilan birgalikda tijorat banklarini nazorat qilib turadi, yaъni nazorat tizimi birgina Markaziy bankda shakllanmasdan, balki boshqa organlarda ham shakllangan. Bu esa o'z navbatida, kelajakda respublikamiz bank nazorati tizi-mi ham birgina Markaziy bank tomonidan amalga oshirilmasdan, yuqorida keltirilgan Fondda ham shakllanishini ko'zda tutadi. Bundan kelib chiqib, shunday xulosa hosil qilish mumkinki, respublikamiz bank nazorati tizimi xalqaro maydonda vujudga kelgan bank nazorati tizimi bilan uyg'unlasha bormoqda. Bu esa o'z navbatida bank nazorati tizimi iqtisodiyotimizda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling