variayant Savollar Banklarda nazoratni tashkil qilish Ssuda hisob varaqlarini ochish tartibi Javobllar


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1030526
  1   2
Bog'liq
Bank bug hisobi



7-variayant 
 
Savollar 
1) Banklarda nazoratni tashkil qilish 
2) Ssuda hisob varaqlarini ochish tartibi 
Javobllar 
1)
1995 yil 21 dekabrda “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi qonun qabul 
qilindi. Bu qonun Markaziy bankning muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat or-gani 
sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Qo-nunning muhim ahamiyatga molik jihatlaridan 
biri shundaki, Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqil hisoblanadi. 
Bundan tashqari, qonun modda-larida davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Mar-kaziy 
bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasligi aniq qilib ko'rsatib qo'yildi. Shuningdek, 
2006 yildagi bank tizimi qonunchiligidagi o'zgarishlarga1 ko'ra Markaziy Bank-ka mikrokredit 
tashkilotlariga litsenziyalar berish va ular usti-dan nazoratni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Hozirgi kunda 
Markaziy bank kredit tashkilotlari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari ustidan nazorat olib boradi va 
ular faoliyatini tartibga soladi. Demak, Markaziy bankning nazorat qilish sfera-si kengaydi va uni 
quyidagicha tasvirlaymiz. 
1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul 
qilindi. Ushbu qonunning 44-moddasida «Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq bank-lar faoliyatini 
nazorat qilib boradi», - deb belgilab qo'yildi. 
1997 yil mart oyidan boshlab jahon andozalariga to'liq mos keladigan va banklar faoliyatini 
oydinlashtirish imkonini bera-digan tijorat banklarining hisobvaraqlarini yangi rejasi amalga joriy qilinishi 
bilan banklar faoliyatini nazorat qilishda za-monaviy hisobotlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. 
Bu esa o'z navbatida O'zbekistonda tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda va nazorat qilishda 
xalqaro bank nazorati ama-liyotiga asoslangan nazorat tizimi shakllanib borayotganligining isboti 
edi.Bank sohasini isloh qilishning ustuvor jihati oqilona bank nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. Shu 
jihatdan, respub-likamizda taъsirchan bank nazorati tizimi iqtisodiyotning moliya-viy barqarorligini 
taъminlaydigan asosiy o'zak ekanligini hi-sobga olgan holda Markaziy bank tomonidan banklarni nazorat 
qilish faoliyati «oldindan ogohlantirish tizimi» asosida tashkil etilgan. 
Yuqorida taъkidlab o'tilganidek, harakatdagi qonunlarga aso-san tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish 
Markaziy bank-ka yuklatilgan. Bank nazoratining asosiy maqsadi va vazifalari respublikamizda tijorat 
banklari faoliyatini nazorat qilish tarkibini yaratadi. U quyidagi chizmada yaqqol ko'rinadi. 


Chizmadan ko'rinadiki, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish Markaziy bankda tashkil qilingan uch 
departament tomoni-dan olib boriladi. Tijorat banklariga litsenziya berish va ular-ning faoliyatini 
tartibgasolish departamenti masofadan turib, distantsion nazoratni amalga oshirsa, tijorat banklarini 
nazorat qilish departamenti banklar faoliyatini joyida tekshirish bilan shug'ullanadi. Tijorat banklari ustav 


fondini tashkil etishni na-zorat etish departamenti esa tijorat banklari ustav fondini tashkil etishda bank 
kapitali adekvatligini nazorat qiladi. Ti-jorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish 
departamenti nobank moliya tashkilotlari(kredit uyushma-lari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari)ga 
ham litsenziya beradi. 
Bundan tashqari, Respublikamizda 1995 yil 9 noyabrdagi Vazir-lar Mahkamasining “O'zbekiston 
Respublikasi bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi 427-qarorida aholi omonatlarini himoya qilish ko'zda tutildi va 1998 yilda “Omonat-
himoya” sug'urta fondi tashkil etildi. Ammo, fondga aъzo bo'lish ixtiyoriy bo'lganligi unga ayrim banklar 
aъzo bo'lmasligiga olib keldi. Bu omonatlarni sug'urtalash tizimining zaif tomoni ediO'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish 
chora-tad-birlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq 2002 yil aprel` oyida O'zbe-kiston Respublikasi Oliy 
Majlisining “Fuqarolarning banklarda-gi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida”gi qonuni qabul 
qilinishi bilan respublikamizda aholi omonatlarini kafolatlash tizimi tashkil etildi. Qonun ijrosini 
taъminlash maqsadida O'zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 sentyabr-dagi 326-
sonli qarori bilan Fuqarolarning banklardagi omonat-larini kafolatlash Fondi tashkil etildi.Ushbu Fondda 
barcha tijorat banklari va xorijiy banklar-ning sho'ъba banklari tomonidan jalb etilgan omonatlar 
sug'urta-lanadi. Bunda banklar Fond bilan yozma bitim tuzishlari kerak bo'ladi va majburiy badal 
to'lovlarini amalga oshirib borishadi. Majburiy badallar ikki xil bo'ladi: 
– bir yo'la to'lanadigan; 
– kalendar` tartibda to'lanadigan. 
Bir yo'la to'lanadigan badalni banklar Fondga aъzo bo'lib kir-gan paytda to'laydi va u bank ustav 
kapitalining 0,1 % miqdorida bo'ladi. 
Kalendar` tartibda to'lanadigan badalni banklar yilning har choragida to'lab borishadi. Kalendar` tartibda 
to'lanadigan badal bankdagi omonatlarning yil choragidagi o'rtacha miqdorining 0,5 % miqdorida bo'ladi. 
Bu ikkala badallarning umumiy summasi omo-natlarning qoldig'ining 5 % ga etganda kalendar` tartibda 
to'lana-digan badallar to'lash to'xtatiladi. Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini 
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi O'zbekiston Respub-likasi Markaziy banki tomonidan 
chaqirib olingan taqdirda, ti-jorat banklari o'z majburiyatlarini bajara olmay qolganda Fond aholi 
omonatlarining, yuqoridagi qonunchilikka muvofiq, agar omonatchining omonati minimal ish haqining 
100 barobarigacha bo'lsa omonat 100 % miqdorida to'lanadi. Agar omonatchining omo-nati minimal ish 
haqining 100 barobaridan 250 barobarigacha bo'l-sa omonatning 90 % miqdori Fond tomonidan 
to'lanadi. Umuman olganda, barcha davlatlarning omonatlarni sug'urtalash tizimida omonatlarni to'lash 
bo'yicha limitlar bor. Masalan, AQShda omo-natlarning 100 ming AQSh dollari, Kanadada omonatlarning 
60 ming Kanada dollari, Yaponiyada omonatlarning 10 mln. ienasi su-g'urtalansa, Evropa Ittifoqida 
omonatlarning 20 ming evroga teng bo'lgan qismini sug'urtalash tavsiya etilsa, Buyuk Britaniyada esa 
omonatlarning 70% ini to'lashni nazarda tutadi.Yuqoridan keltirib o'tilgan qonunning qabul qilinishi va 
Fondni tashkil etishdan asosiy maqsad aholining banklarga bo'lgan ishonchini yanada oshirishdan 
iborat.Fond tomonidan qisqa muddat ichida respublikada faoliyat ko'rsatayotgan barcha tijorat banklari, 
shu jumladan, xorijiy banklar va qo'shma banklar bilan yozma bitimlar tuzilib, ushbu banklardagi 
fuqarolarning omonatlari belgilangan tartibda va miqdorda qaytarilishi kafolatlanadi. 
Demak, Fond o'z oldiga qo'yilgan maqsadni bajarish uchun ti-jorat banklaridan maъlum darajada 
hisobotlar talab qilishga majbur bo'ladi. Bugungi kunda Fond ushbu hisobotlarni Markaziy bankning 
Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular fao-liyatini tartibga solish departamenti orqali olmoqda. 
Ushbu holatni AQSh bank nazorati tizimi bilan solishtira-digan bo'lsak, AQShda faoliyat ko'rsatayotgan 
“Depozitlarni Su-g'urtalash Federal Korporatsiyasi” (DSFK) aholi omonatlarini kafolatlash maqsadida 
AQShning Markaziy banki hisoblanmish Federal Rezerv Tizimi bilan birgalikda tijorat banklarini nazorat 


qilib turadi, yaъni nazorat tizimi birgina Markaziy bankda shakllanmasdan, balki boshqa organlarda ham 
shakllangan. Bu esa o'z navbatida, kelajakda respublikamiz bank nazorati tizi-mi ham birgina Markaziy 
bank tomonidan amalga oshirilmasdan, yuqorida keltirilgan Fondda ham shakllanishini ko'zda tutadi. 
Bundan kelib chiqib, shunday xulosa hosil qilish mumkinki, respublikamiz bank nazorati tizimi xalqaro 
maydonda vujudga kelgan bank nazorati tizimi bilan uyg'unlasha bormoqda. Bu esa o'z navbatida bank 
nazorati tizimi iqtisodiyotimizda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling