Vasiylik va Homiylik
Download 53.99 Kb.
|
7 янги
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda davlat reyestri deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. Davlat reyestri ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha shakllantiriladi va yuritiladi. 2. Quyidagilar davlat reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi: yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bazasini yaratish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari oilalariga tarbiyaga berishga ko‘maklashish; bolalarni o‘z oilalariga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlar olishi uchun sharoitlar yaratish; muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka joylashtirishga ko‘maklashish; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar mol-mulkining saqlanishini ta’minlash. 3. Davlat reyestrini shakllantirish va yuritishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur: vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulklari hamda vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlari o‘rtasida almashish imkoniyatini yaratish; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona axborot almashish muhitini yaratish; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki hamda ularga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘liq bo‘lishini ta’minlash; ma’lumotlarni qalbakilashtirish, yo‘qotish, buzish va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling