Vasiylik va Homiylik


Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak


Download 53.99 Kb.
bet11/37
Sana05.01.2022
Hajmi53.99 Kb.
#219992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
7 янги

Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

a) vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turgan shaxs tomonidan nikohda qachondan beri turganligi (nikohda turgan shaxs uchun), er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar boʻlsa — ularning soni va yoshi, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari koʻrsatilgan ariza;

b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

v) yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan oila aʼzolari koʻrsatilgan holda olingan maʼlumotnoma;

g) nikohda turgan shaxslar uchun — nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning (nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning) nusxasi; 

ye) ish joyidan olingan tavsifnoma;

z) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning sogʻligʻi toʻgʻrisida davlat muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi, ruhiy va narkologiya muassasalaridan, sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseridan olingan maʼlumotnomalar;

i) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan maʼlumotnoma.



Voyaga yetmaganlarga ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning oʻz arizasiga koʻra vasiy yoki homiy tayinlashda, shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlashda vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolani vasiylik yoki homiylikka qoldirish muddatlari va asoslari koʻrsatilgan ota-onaning arizasi;

b) vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar boʻlsa — ularning soni va yoshi, vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari koʻrsatilgan arizasi;

v) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

g) nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan vasiylik yoki homiylikka olinganda — vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;

j) ish joyidan olingan tavsifnoma;

z) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning sogʻligʻi toʻgʻrisida davolash muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi.


Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling