Vasiylik va Homiylik
Vasiylar va homiylar faoliyatini nazorat qilish
Download 53.99 Kb.
|
7 янги
6. Vasiylar va homiylar faoliyatini nazorat qilish
92. Vasiylik va homiylik organi vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi yuzasidan yiliga kamida ikki marta nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko‘rsatadi. 93. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. 94. Vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilgan hollarda, ularni o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi. Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilganligi to‘g‘risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko‘rishi shart. 95. Vasiy yoki homiy o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlardan g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart. 96. Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsdan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplanishini vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik yoki homiylik tugatilganda esa vasiylikdagi yoki homiylikdagi muomalaga layoqatli shaxs talab qilishga haqli. 97. Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (mol-mulkni yaroqsiz holga keltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-mulkni belgilangan maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining qiymati pasayishiga sabab bo‘lgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirish va boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma tuzishi hamda vasiyga yoki homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi shart. 98. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. 99. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilganligi to‘g‘risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko‘rishi shart. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling