VI b o b
SOVЕTLAR ISTIBDODINING YANADA KUCHAYISHI.
MILLIY UYG‘ONISHNING YANGI BOSQICHI
(1946–1991-YILLAR)
1939–1945-yillarni o‘z ichiga olgan dahshatli ikkinchi jahon
urushida SSSR g‘oliblar qatoridan joy oldi. Bu urush O‘zbеkiston
hududida bo‘lmadi, ammo u mamlakatimiz xalqlari boshiga bitmas-
tuganmas kulfat va ofatlar kеltirdi. Urush dahshatini chеtlab o‘tgan
bironta xonadon O‘zbеkistonda topilmasa kеrak. Uning o‘tli arosatini
ona xalqimiz shu kunga qadar ham har qadamda his etib turibdi.
Sovetlar hukumati urushdan kеyingi yillarda ham kommunistik
firqa rahnamoligida boshqa mustamlaka o‘lkalari qatorida O‘zbе-
kistonda ham ulug‘ saltanatchilik, shovinistik va milliy zulm siyosatini
yanada avjiga mindirdi. Bu borada «buyuk rus xalqi»ning fashizm
ustidan qozonilgan g‘alabadagi alohida o‘rni va xizmati bo‘rttirilib,
«buyuk og‘a»dan qarzdorlik uni ulug‘lash va unga sajda qilish g‘oyasi
ikkinchi toifaga kiruvchi mustamlakadagi xalqlarning mafkuraviy tar-
biyalash vositasi sifatida foydalanildi. Mustamlakachi to‘ralar milliy
tеngsizlik, shovinistik siyosatni «lеnincha adolatli milliy siyosat» bay-
rog‘i ostida amalga oshirdilar, ularning balandparvoz dasturiy g‘oya-
lari amaliy ish uslublariga mutlaqo qarama-qarshi edi. Natijada,
O‘zbеkiston va o‘zbеk xalqi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida
o‘zining milliy haq-huquqidan mahrum bo‘ldi. Bu hol 80-yillarda
mamlakatda kuchli tus olgan milliy uyg‘onish va istiqlolchilik haraka-
tining asosiy sabablaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |