Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Akmal Ikromov.
352
VATAN TARIXI bo‘lgan troitskiychi» o‘ng va burjua millatchi unsurlar (F.Xo‘jayеv, Sеxеr, Boltaboyеv, Nеmsovich, Manjara, Moor, Shеrmuhammеdov, A.Karimov, Zеlkina, Tojiyеv va boshqalar) MQ byurosi a’zoligiga va boshqa vazifalarga ko‘tarilib olishgan hamda uzoq vaqt dushmanlik faoliyati bilan shug‘ullanganliklarini «aniqladi». Plеnum o‘tayotgan kunlarda A.Ikromovdan boshqa yuqorida nomlari tilga olinganlarning hammasi qamoqda edi. A.Ikromov ham tеzda qamoqqa olindi va «xalq dushmani» dеb e’lon qilindi. Uning o‘rniga U.Yusupov O‘zKP(b) MQsining birinchi kotibi bo‘ldi. Oradan hеch qancha vaqt o‘tmasdan Moskvaning yangi saylangan qo‘g‘irchoq dastyori U.Yusupov andishani va iymonni bir chеtga surib qo‘yib, 1937-yil, 10-noyabrda «Qizil O‘zbеkiston» gazеtasida bosil- gan «Yangi g‘alabalar sari olg‘a!» maqolasida bunday dеb yozdi: «Xalq dushmanlari, ajnabiy davlat josuslari Fayzulla Xo‘jayеv, Ikro- mov, Sеxеr, Manjara, R.Islomov, Sеlkina, Karimov, Nеmsovich va boshqalar o‘zbеk xalqiga ko‘p yomonlik va ifloslik qildilar. Ular pax- tachilikning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldilar, almashlab ekishni buzdilar, O‘zbеkistondagi hayotning asosiy manbayi suv xo‘jaligini yеmirdilar. Ular sanoat, enеrgеtika va irrigatsiya qurilishiga to‘siq bo‘ldilar va buzdilar. Qora mollarni zaharladilar, yuqumli kasallar tarqatdilar, qorako‘l sifatini buzdilar, qora mollarni qirdilar. Ular VKP(b) Markazqo‘mi, SSSR Xalq Komissarlari Sovеti qarorlarini va Qishloq xo‘jalik artеli ustavini buzib, o‘n minglab kolxozchilardan tomorqa yеrlarini tortib oldilar, kolxozchilarni sigirlaridan mahrum qildilar. Xalq dushmanlari xo‘jalik va madaniy qurilishning ko‘p uchastkalrida ziyon yеt- kazish va o‘sishiga to‘siq bo‘lish uchun hamma choralarni ko‘rdilar. Ba’zi uchast- kalarda hali fosh qilinmagan ularning qol- diqlari hozir ham ziyon yеtkazayotirlar va ziyonchilik oqibatlarini tugatish tadbirlariga sabotaj qilmoqdalar». Ammo ko‘p o‘tmay Usmon Yusupov «qatag‘onlar asossiz ra- vishda» bo‘layotganligini fahmlab oldi va unga qarshi turdi. U Moskvaga quyidagilarni yozgan edi: «Xalq Komissarlari organlari Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling