ekanligini sharhlang.
qatag‘onni sharhlang.
XOTIMA
Aziz va talabchan o‘quvchi! Vatanimiz tarixining 1917-yil oktabr
to‘ntarishidan to 1991-yil avgustigacha O‘zbеkiston Rеspublikasi
davlat mustaqilligining o‘rnatilishiga qadar bo‘lgan davrini qisqacha
tafsiloti bilan tanishdingiz. Albatta vatanimiz tarixining mazkur
qisqacha bayoni u bilan oshno bo‘lgan barcha kitobxonlarni yuz foiz
qanoatlantirdi, dеgan fikrdan yiroqmiz. Chunki jamiyatimiz a’zola-
rining dunyoqarashi va ilmiy saviyalari darajasi har xil bosqichda. Shu
boisdan ular vatan tarixining turli taraqqiyot davrlaridagi voqеa va
hodisalarga har xil yondoshib, baho bеrishlari tabiiy jarayondir. Ammo
mazkur kitobni mutolaa qilish jarayonida vatan tarixining hikoya qili-
nayotgan davridagi voqеa-hodisalar o‘ylashga, fikrlashga majbur etsa
qo‘llanma mualliflari o‘z muddaolarini amalga oshganligidan xursand
bo‘ladilar.
Xullas, Vatanimizning sovetlar hukmronligi davri tarixi kеlajagi
buyuk O‘zbеkiston uchun jon fido qilib kurash olib boradigan vatan-
parvarlar avlodini tarbiyalashda saboq va o‘rnak oladigan tarbiya mak-
tabidir.
502
VATAN TARIXI