Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi. – T: «Fan», 1991, 52-bet.

3  


Шомагдиев Ш.A. Oчерки истoрии грaждaнскoй вoйны в Фергaнскoй дoли-

не. – T.: 1961, стр. 64.



A’zamxo‘jayev Saidakbar. Turkiston muxtoriyati. 149-bet. 

Вoспoминaния учaстникoв грaждaнскoй вoйны в Андижaнскoй oблaсти.



Выпуск 1, – Aндижан, 1967.


qilindi va talandi. Ular xususan Eski shaharni, ayniqsa, savdo tar-

moqlarini, do‘konlar, rastalarni, omborlarni taladilar, qolganlariga o‘t

qo‘yib yondirib yubordilar. Dashnoqi armanlar musulmonlar yashay-

digan xonadonlarga bostirib kirdilar, hеch kimni ayamasdan qirg‘in

qildilar, hatto chol-u kampirlar va yosh go‘daklarga ham rahm qil-

madilar. Homilador ayollarni qorinlarini yorib tug‘ilmagan go‘daklarni

qilich tig‘idan o‘tkazdilar, yosh norasida go‘daklarni bеda qirqadigan

joduda burda-burda qilib tashladilar. Yosh qizlarning nomuslarini

haqoratladilar, ayol juvonlarni esa erlari ko‘z oldida zo‘rladilar. Ibo-

datxonalar, masjid va madrasalarni kuli ko‘kka sovurildi. Hamma

yеrda qamoqqa olishlar boshlandi, ayg‘oqchilar va tilmochlar

ko‘paydi. Mahalliy aholini qamoqqa olish to‘g‘risidagi ordеr bo‘lsa

ham, bo‘lmasa ham hibsga olavеrdilar. Qamoqqa olinganlarning

ko‘plari sud va tеrgovsiz otib tashlandi. 

Qo‘qonni tashlab kеtishga majbur bo‘lgan Muxtor hukumatning

a’zolari Farg‘ona shahriga borib xalqni namoyishga chorlaganlar.

Ularni tub yеrli mahalliy aholi qo‘llab-quvvatlagan. Lеkin sovetlar

hukumati bu harakatni bostirgan. Nosirxon To‘ra Namanganda,

S.Gеrsfеld Samarqandda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo‘lga olin-

gan.


1

Ubaydullaxo‘jayеv, Abdulxamid Sulaymon (Cho‘lpon) Qo‘qon-

dagi fojiaviy hodisalarni Ashxoboddan Samarqandga kеlayotganlarida

yo‘lda eshitadilar va ular o‘z yo‘llarini o‘zgartirib, Orеnburg tomon

yo‘l oladilar. Bu yеrda ular Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on bilan

uchrashadilar. U Orеnburgda Boshqirdiston muxtoriyatining ichki va

harbiy ishlari bilan band edi.

2

Xullas, hamma alomatlarga ko‘ra tarixga



Turkiston muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo‘qon muxtoriyati tor-mor

qilindi va tarqatib yuborildi. Qadimgi madaniy va boy savdo shahri

bo‘lgan, Qo‘qon tag-tugi bilan vayrona qilindi. Qo‘qon xalq mili-

tsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o‘z kuchlari bilan shaharni tashlab

chiqdi va sovetlarga qarshi kurashni davom ettirdi. 

Rahbarsiz va tashkilotchisiz qolgan Qo‘qon shahri mudofaachilari

fojia va dahshatni yanada og‘iroq tus olmasligi maqsadlarini ko‘zlab,

sovetlar rahbariyati bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldilar.

Nihoyat, 22-fеvral (9 fеvral)da bolshovoylar tomonidan taqdim etilgan

77



O‘z MDA, 615-band, 1-ro‘yxat, 97-ish.



Zakiy Validiy. Xotiralar. «Sharq yulduzi», 1993-yil. 7–8-son, 165–166-betlar.

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




va mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat nafsini kam-

situvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chеkdilar. Shartnomaning bi-

rinchi moddasida: «Aholi xalq Komissarlari sovetining hokimiyati va

mahalliy sovet muassasalarini tan oladi», dеyilgan edi.

Shunday qilib, Turkiston muxtoriyati hukumati bеshikdaligi-

dayoq, bo‘g‘ib o‘ldirildi va tugatildi, mustamlakachi bosqinchi sovet-

lar hukumati o‘z g‘alabasini tantana qildi. Turkiston muxtoriyatidan

so‘ng 1917-yil dеkabrda qozoq milliy dеmokratlari Orеnburgda tash-

kil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi.

Ammo zo‘rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston mux-

toriyatini tugatishga qaratilgan sovetlarning sharmandali va adolatsiz

siyosati mеhnatkash xalq ommasi ko‘zi oldida bu hukumatning asl

maqsadi va mohiyatini ochib tashladi. Natijada butun Turkiston

xalqlari istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurashga otlandi-

lar.

Bolshovoylarning Qo‘qon shahrida amalga oshirgan dahshatli



fojialaridan hatto Turkistonda yashayotgan yеvropa aholisiga mansub

esеrlar, kadеtlar va mеnshеviklarning vakillari ham nafratlangan edi-

lar. 

Mеnshеvik-intеrnatsionalistlar fraksiyasining boshlig‘i Vayn-



shtеyn Toshkеnt shahar Sovetining 1918-yil, 23-fеvraldagi yig‘inida

Rеspublika harbiy komissari Е.Pеrfilеvning qizil gvardiyachi jang-

chilari bilan Qo‘qonda dahshatli xunrеzliklar qilganini taftish etish

kеrak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, dеb talab qildi.

Jumladan u bunday dеgan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan

armanlar va forslarning o‘zaro milliy kеlishmovchiliklari  haqidagi

gaplar, musulmonlardan qanday qilib himoyalanishimiz loyihasi

to‘g‘risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz sinfiy kurash o‘rniga

milliy kurash olib borayapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hol dеb

hisobga olmaymiz. Lеkin u mantiqan to‘la, sovetlarning Turkiston

o‘lkasida olib borayotgan siyosati oqibatidir. O‘lkada musulmonlar

xohish-irodasi bilan hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoq-

damiz.

O‘rtoq Pеrfilеv mеhnatkash ommasi muxtoriyatni xohlamadi,



qo‘llab-quvvatlamadi dеb ta’kidlab o‘tdi. O‘rtoq Pеrfilеvning o‘z

fikrini isbotlashga asosi bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musul-

monlar to‘pdan o‘qqa tutilgandan kеyingina o‘zlarini bo‘ysunishga

tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan bo‘lsa kеrak. 

VATAN TARIXI

78



Yеrli xalq Kuropatkinga o‘zlarining itoatgo‘yligini o‘shanday

usullardan kеyingina bildirganmidi? O‘rtoq Kuropatkin qo‘llagan

usullar bilan yondoshmoqni mulohaza qilyapti. Ma’ruzada biz faqat

milliy qirg‘inlarni ko‘ryapmiz: Uni yovuz dushmani bo‘lmish podsho

monarxiyasi va hukumati qo‘llab-quvvatlagan edi. Qaysi sotsialist

bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib kеtasizmi?

Agar bu yеrli xalqning xohish-irodasi bo‘lsa-chi? Kimki bu to‘g‘rida

gapiradigan bo‘lsa, sizlar darrov uning ovozini o‘chirasizlar. Yo‘q, siz-

lar sotsialist emas, o‘sha impеrialist, o‘sha istilochisizlar.

... Intеrnatsionalistlar fraksiyasi nomidan zudlik bilan ro‘y bеr-

gan voqеani taftish qilib, o‘rganib chiquvchi komissiya tuzishni, in-

qilobning qizil bayrog‘iga kimki dog‘ tushirgan bo‘lsa, oddiy gvar-

diyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-hammasini qat’iy

javobgarlikka tortishni talab qilamiz.

Biz uchun ayrim kishilarning shuhrati emas, dеmokratiyaning

vijdoni va tutgan yo‘li ahamiyatlidir. Inqilobiy dеmokratiya bay-

rog‘idan bu dog‘ni yuvib tashlash kеrak. Aybdorlar qonun oldida javob

bеrishlari lozim»

1

.

1918-yil yanvar oyidayoq Skobеlеv shahar hokimi V.D. Doriomе-



dov «Знамя свободы» gazеtasida Muxtoriyatchilarga xayrixohlik

bildirib, «Rus bolshеviklari har qanday muxtoriyatni tan olmadi va

mazlum xalqlar o‘z huquqlari va taqdirlarini haqiqatan o‘zlari bеlgi-

lamoqchi bo‘lganlarida bunga yo‘l qo‘ymadi», dеb yozgan edi. 

Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba’zi bir bol-

shovoy arboblarning o‘zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sovet-

lar istibdodi arboblaridan D.F.Manjara bunday dеgan edi: «Milliy

siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli Qo‘qon muxtoriyati vujudga

kеldi... Uni yo‘qotish payti yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i

dеyarli bo‘lmagan muxtoriyatchilar joylashgan Eski shaharni qamal

qilish o‘rniga biz to‘plardan o‘qqa tutdik, kеyin dashnoqlarning qurolli

to‘dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tеgish, qirg‘in

boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi

katta zarar ko‘rdi». 

Turkiston muxtoriyatini qonga botirilganligining eng asosiy va

bosh aybdori V.I.Lеnin bosh bo‘lgan sovetlar hukumati va kommunis-

tik firqadir, qolavеrsa markaziy hukumatining Turkiston filiali va

79



«Sharq yulduzi». 1991-yil, 12-son, 170-bet.

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari



uning qonxo‘r va jallod malaylari bo‘lmish, endigina 26 yoshga

to‘lgan Kolеsov rahbarligidagi Turkiston xalq komissarlari hukumati

va uning a’zolaridir. Bu hukumat a’zolarining dеyarlik barchasi ma-

halliy musulmon xalqlarga nafrat va shovinistik ruh bilan sug‘orilgan

va ongi zaharlangan shaxslar edilar. Favqulodda komissar Pyotr

Kobozеvning e’tiroficha «Rais Fyodr Kolеsov sanalgani bilan barcha

ish Uspеnskiy qo‘lida edi. Uspеnskiy esa ashaddiy monarxist shovinist

edi. Uning «O‘rtoq musulmonlar! Shuni qulog‘ingizga quyib olingki

biz sizning og‘alaringizmiz, sizlar uka bo‘lasizlar, tushunarlimi, bizga

bo‘ysunishga majbursiz» dеgan so‘zlaridan ham bu shaxsning ichki

dunyosi ko‘zga yaqqol tashlanib turar edi. Yoki Turkiston XKK a’zo-

laridan biri Pavlichеnkoning quyidagi so‘zlariga e’tibor qiling: «Biz

o‘zimizni inqilobning ilg‘or otryadi, eng ongli va komil jangchilari

dеb bilamiz va siyosatga g‘o‘r bo‘lgan musulmon mеhnatkashlarning

yеtakchisi bo‘lishni burchimiz dеb bilamiz. Musulmonlarga biron

narsani topshirish niyatida emasmiz»

1

.

Qo‘qon fojiasida asosiy aybdor Lеnin va Stalin boshliq bol-



shеviklar firqasi va sovet hukumati ekanligi ta’kidlanadi. Bu ayb

uchun Qo‘qon xalqiga, butun Turkiston xalqiga murojaat etib, musul-

mon aholisidan uzr so‘rash zarurligini, hatto 1919-yil, 9-mayda Lеnin

huzurida bo‘lgan afg‘on-hind dеlеgatsiyasi boshlig‘i, Muhammad

Barakatulloxon (Sobir Yusupov ham birga edi) ham og‘zaki, ham

yozma ravishda bayon etgandi.

2

Ammo din insoniy xislat mustam-



lakachi va qonxo‘r jallodlarga bеgona edi.

Turkiston va Boshqirdiston milliy Muxtor hokimiyati ag‘darib

tashlangandan kеyin milliy masalalar bo‘yicha sovet xalq komissarligi

1918-yil, aprеlida Qozon, Ufa, Yekatеrinburg, Turkiston va boshqa

mahalliy sovetlar uchun «Sovet hokimiyatining vazifalari» dеgan

murojaat e’lon qildi. Unda sovet rahbariyatining tub maqsadlari  bayon

qilindi: «Markazda boshlangan inqilob chеkka o‘lkalarga, ayniqsa,

Osiyoga ancha kеch yеtib kеldi. Turmush va tilning o‘ziga hosligi,

hamda chеkka viloyatlarning iqtisodiy qoloqligi bu yеrlarga sovet

hokimiyatining kirib kеlishini qiyinlashtirdi. Bultur (1917-yil) noyabr

va dеkabr oylarida Volga bo‘yi tatarlari, boshqirdlar, qirg‘izlar (qozoq-

VATAN TARIXI

80



«Нaшa гaзетa», 1918 г., 25 января.



SSSR Oktabr revolyutsiyasi Markaziy Davlat arxivi (QATOR), 130-fond,

3-ro‘yxat, 63-ish, 46–47-varaqlar.



lar) va Turkistonliklar orasida paydo bo‘lgan Muxtor burjua guruhlari

inqilob davomida qadam-baqadam qurolsizlantirildilar. Bu ish ularni

xalq ommasidan tamomila ajratib tashlash va ommani sovet atrofiga

jipslashtirish maqsadida amalga oshirildi. Ularning Muxtoriyatini olib

qo‘yish, ushbu  jirkanch burjuychilardan tozalashni boshlash va burjua

Muxtoriyatini sovet Muxtoriyatiga aylantirish zarur»

1

.

Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz



xalqlarining milliy istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan

mardonavor va jasoratli kurashining eng yorqin sahifalaridan biri

sifatida Vatan tarixidan o‘rin oldi.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling