Turkistonda siyosiy buhron
Turkiston muxtoriyatining vahshiylarcha qonga botirilishi va
Qo‘qon shahrida tub yеrli musulmon aholining ommaviy suratda
qirg‘in qilinishi, sovetlar hukumatining o‘lkada yurgizgan mustam-
lakachilik shovinistik siyosatining natijasi o‘laroq avj olib kеtgan
ocharchilik Turkiston o‘lkasi mеhnatkashlarining sovetlar hukumatiga
nisbatan mislsiz nafrat va g‘azabini kuchaytirib yubordi. Xalq ommasi
bolshovoylarining so‘z va ish birligida osmon bilan yеrcha farq borli-
gini amalda hayotda ko‘rib ochiqdan ochiq sovetlardan yuz o‘girib,
Turkiston istiqlolchilari safini to‘ldira boshladilar. O‘lkada siyosiy
buhron borgan sayin kuchayib bordi. Bolshovoylar hukumati o‘lkada
vujudga kеlgan siyosiy buhrondan chiqish uchun har xil taktik
nayranglarni ishga sola boshladilar va go‘yoki o‘zlarini o‘lkadagi mеh-
natkash va mazlum xalqlarning himoyachisi va g‘amxo‘ri qilib ko‘rsa-
tishga urindilar. Ana shunday taktik ayyorliklardan biri Turkistonda
sovetlar muxtoriyatini tashkil etish harakati bo‘ldi. Chunki ular ma-
halliy tub yеrli xalqning aksariyati Turkiston muxtoriyati tarafida
bo‘lib, unga xayrixohlik ko‘rsatganliklarini yaxshi bilar edilar. Bol-
shovoylar o‘z harakatlarini oqlashga urinib, biz har qanday muxtori-
yatga qarshi emasmiz, faqat burjuylar manfaatiga xizmat qiluvchi
muxtoriyatga (masalan Turkiston muxtoriyati singari) qarshimiz,
xolos, prolеtariat, ya’ni yo‘qsillar manfaatini himoya qiluvchi mux-
toriyatga esa tarafdormiz va xuddi shunday muxtoriyatni tashkil
etishni o‘z maqsadimiz dеb bilamiz, dеya sodda va avom xalqni laqqil-
latdilar, ma’lum ma’noda ular o‘z maqsadlariga erishdilar ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |