Vatan madhi reja: I. Kirish
Download 27.46 Kb.
|
Vatan madhi
Vatan tuyg`usi – bu o`z xalqini sevish,u bilan faxrlanish,uni hurmat qilish va qadriga yetish deganidir.Vatan tuyg`usi – bu shu aziz yurtni o`zining halol peshona teri bilan obod etgan ajdodlarimizni doimo eslamoq demakdir.Vatan tuyg`usi-bu o`z aqli,idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan xissa qo`shgan vatandosh buyuk allomalarimiz,mutafakkirlarimiz,xadis va tasavvuf ilmining sultonlarini unutmaslik demakdir.Vatan tuyg`usi-bu ona Vatanimiz ozodligi yo`lida shaxid bo`lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir.Vatan tuyg`usi-bu aziz va go`zal yurtimizda yuksak e`tiqod bilan yashash va unga xamisha chin farzand bo`lish demakdir.Ana shunday tuyg`u,hislarga ega bo`lgan inson o`z Vatanini sevmasligi,undan yiroqda bo`lganida uni qo`msamasligi mumkin emas.Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g`oyaning o`rni beqiyos.Zotan,bugun eng qudratlideyae`tirofetiladiganAQSH,Angliya,Germaniya,Xitoy,Rossiya,Turkiya,Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g`oya ustiga qurilgan.Shu asnoda,Prezidentimiz bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik,avvalo,oiladan,maktabdan,qolaversa,biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi.Vatanni xalqsiz tasavvur qilish qiyin.Vatanimizni mustaqillikka erishuvida eng muhimi,eng asosiysi-xalqimizo`ziningsabrumatonatini,donishmandligubag`rikenglikni,mehnatsevarlik fazilati va bunyodkorlik qudratini,begilangan maqsad sari avvalo o`z kuchi va salohiyatiga tayangan holda qatiyat bilan borishga qodir ekanini butun dunyoga namoyon etdi.Vatanparvarlikni yoshlarga singdirishda ma`naviyat,axloq-odob,ma`rifat kabi o`lmas qadriyatlarga suyanmoq kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e`zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun Sharq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug`lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotining eng muhim shartlari deb bilgan. Biz ana shu g`oyalarni, qadriyatlarni chuqur anglasak, eng muhimi amaliy harakatimizda namoyon qilolsakkina Vatanga sodiq farzand bo`lishimiz mumkin.Vatan esa ona singari aziz va tanhodir. U bizning ilk va so`nggi aytar so`zimizdir.
Download 27.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling