Vatan nima? Vatan bu qo‘l bilan ushlanadigan moddiy narsa emas.
Vatan tafakkur ostidagi ma’naviy kenglikni to‘ldirgan poyonsiz tushuncha.
Vatan –
ruhning umurtqasi, hisning vulqoni. Inson shu tushuncha bilan tug‘iladi.
Chunki u qondan qonga oqadi, genlardan genga ko‘chadi. Ota-ona avlodidan keladi bu gen. Bir kun olimlar inson tanasidagi millionlab genlarning eng kattasi va eng kuchlisi vatan hissini tashiydigan
gen ekanligini aniqlashsa, bu haqiqatning o‘zginasi bo‘ladi.
Chunki bu hisning tarkibida insonning qo‘nimi bor. Bu qo‘nim uning ruhiyati yoyilgan maskan.
Bu maskan sarhadlari ichida insonning qadri haqidagi qonuniyat bor.
Ana shu qonuniyat buzilsa, hislar dunyosida zilzila boshlanadi.