O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA OID HUQUQIY ASOSLARNINGYARATILISHI
“O‘zbekiston Respubikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi QonungaasosanO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991- yil6- sentabrdagi FarmonibilanMudofaa ishlari vazirligi tashkil qilinib, uning shtati va vakolatlari belgilandi. O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 1991- yil 10- sentabrdagi Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 25- oktabrdagi qaroriga binoan Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va Nizomi tasdiqlandi. Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, Fuqarolar mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqaridagi xizmatning maxsus boshqarmasi negizida tashkil qilindi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugining boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyibo‘linmalarituzildi.
O‘zbekiston RespublikasiPrezidentning 1992- yil 14- yanvardagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasihuquqiyasosdao‘z Qurolli Kuchlarini tashkil etganligie’lon qilindi. Navbatdagi vazifa – milliyQurolli Kuchlarimizning faoliyatiniyo‘lgasoladiganhuquqiy asoslarni yaratish, amalda qo‘llash, tarixiymaqsadvavazifalarga hamohang ravishda tashkillashtirish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |