Vatanga sodiqlik tushunchasi nimada koʻrinadi, u oʻzini qanday namoyon qiladi?


Download 20.32 Kb.
bet3/10
Sana08.01.2022
Hajmi20.32 Kb.
#243253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SINF RAHBARLIK MA'RUZASI

Sadoqat oʻzi nima?

Masalaga ilmiy yondashmasak, adashamiz. Sadoqat balandparvoz soʻz boʻlib qolaveradi. Sadoqat odamning Vatani, unga ishongan, uni sevgan kishilari oldidagi burchini anglashidan kelib chiquvchi fidoyiligi, javonmardligi. Uning maʼnosi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da doʻstlik, birdamlik, samimiylik, chin qalbdan berilganlik, sodiqlik, vafodorlik degan soʻzlarda ochib berilgan. Shoyad, bolam shunday boʻlsa, deb Sodiq, Siddiq, Sadoqat, Siddiqa, Muhammad Sodiq, degan ismlar qoʻyadi bolasiga oʻzbek. Sadoqat — kuchli xarakter belgisi. U odamdan oʻz burchini oqlash uchun toʻsiq va qiyinchiliklardan chekinmaslikni, toymaslikni, qaytmaslikni, ularni mardona, chidam bilan bartaraf qilishni, oʻzini qiynashni talab qiladi. Sadoqatli boʻlish uchun nima qilmaslik kerakligi Prezidentimiz Murojaatnomasida aniq-tiniq ochib berildi: “Oʻzimiz oʻzimizga xiyonat qilmasak, oʻzimiz oʻzimizni aldamasak, halol-pok boʻlib mehnat qilsak, men aminman, koʻzlagan barcha marralarimizga, albatta, yetamiz...”. Bu yoʻldan borayotgan mard yigit-qizga har xil chalgʻituvchi manfaat, yengillik, aldovlar ishva qilib, «Oʻzingizni qiynab nima qilasiz. Hamma shunday qiladiku. Oʻzingizni oʻylasangizchi?», deydi. Lekin sodiq yigit, siddiqa qiz bu aldovlarga uchmaydi. Qancha qiyin boʻlmasin, unga ishonib topshirilgan ishonchni oqlab, natijaga erishishda sobit boʻladi. Katta ishonch katta sadoqatni talab qiladi. Uni oqlash uchun odamdagi barcha yaxshi fazilatlar oyoqqa turadi, ishga tushadi. Sadoqat odamning yuzini yorugʻ qiladi, uning oʻziga ishonchi va hurmatini oshiradi.


Download 20.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling