Vatanim bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik
Download 98.5 Kb.
|
18 noyabr Bayroq qabul qilingan(1)
“Vatanim bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram senariysi 1-boshlovchi: Assalom hurmatli, aziz mehmonlar, Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar. Assalom ilmga tashna chanqoqlar, Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar. 2-boshlovchi: Здравствуйте лучшее Слово на свете! Здравствуйте птицы! Здравствуйте дети! Здравствуйте папы! Здравствуйте мамы! Оно не сравнимо с другими словами. Здравствуйте наши учителя! 3-bola:Gud moning, gud moning, Gud moning tu yu. Gud moning, gud moning, Ay em gled tu si yu. 4-bola: Har sahar yangragan ulug‘ madhiyam, Har satri hikmatga to‘liq madhiyam. Eng go‘zal qo‘shig‘i ozod elimning, Muqaddas madhiyam, qutlug‘ madhiyam. Madhiya musiqa sadolari ostida yangraydi.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” deb belgilangan. bola: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: ”O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi” deyilgan. bola: O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayroqning o‘lchamlari aniq ko‘rsatilgan. Ya’ni, O’zbekiston Davlat bayrog‘ining butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 3 ta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. bola: Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng. O‘quvchi: Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40smga teng. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5smga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. bola: Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni anglatadi, hamda Respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. bola: Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. bola: Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ ham moviy rangda edi. bola: Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir. bola: Yashil rang - tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. bola: Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir! bola: Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir. bola: Yulduzlar barcha uchun ilohiy sanalgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. bola: Bizning 12 yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadlaridagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. bola: Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasviri o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim. bola: Ranglarim, ranglarim, Oppoqdir tonglarim. Osmon to‘q zangori. Yam-yashil bog‘larim. Yoqimli havo rang, Tanaga davo rang. Sevimli moviy ko‘k, Kamalak rang –barang. bola: Qip-qizil lolalar, Oq ko‘ngil bolalar. Turfa xil ranglarda, Yashnaydi dalalar. Atrofga bir qarang, Asal rang, tilla rang. Quvonchdan dillarga, Baxsh etar jilo rang. Qo‘shiq: “Chizaman”
Sensan baxtim , bahorim, Madhing jo‘shib kuylamoq, Ko‘nglimdagi shiorim. Go‘zal gulshan, bog‘laring, Go‘zal ulkan tog‘laring. Dilga orom berguvchi, Charog‘on har yoqlaring. bola: Sen tandagi jonimsan, Tomirdagi qonimsan. Mehring yashar qalbimda, G‘ururim, ham shonimsan. Yashna, yuksal diyorim, Sensan baxtim, bahorim. Madhing jo‘shib kuylamoq, Shudir ahdu qarorim. Raqs: “Beshta qiz” bola: G‘uncha guldayman, Bog‘dagi bulbuldayman. Sog‘lom jon, sog‘lom tanman, O‘zimga bir jahonman. Hayotdan zavq olaman,Baxti kulgan bolaman.
Mehnatdan zavq olaman. Agarda ish qilmasam, Tezzerikibqolaman. Hozir maktab bolaman, Mehnatdan zavq olaman. Katta bo‘lsam haqiqiy Halol odam bo‘laman bola: Bo‘lmasin hech bizning, Kam-u ko‘stimiz. Ko‘paysin har yerda Gurullab yashnayversin orzularimiz.
Сhaman bo‘lib ochildi. Uning xushbo‘y hidlari, Har tomonga sochildi. Gulga oshiq bulbullar, Shu bog‘ uzra jamlandi. Bir - biriga yoqimli, Ajib kuylar boshlandi. bola: Kuylang jajji bulbullar, Ochilsin barcha gullar. Ozodlik kuyin chaling, Bahra olsin ko‘ngillar. Ona diyor sizniki, Gulshan diyor sizniki. Ketmang sira bulbullar, O‘zbekiston bizniki. bola: Yuksak tog‘lar bizniki, Tog‘larga yo‘l olaylik. Chaman bog‘lar bizniki, Bog‘larga yo‘l olaylik. Buloqlar ko‘zin ochib, Gulzorlar yarataylik. Vatanning har bir qarich, Yerini yashnataylik. Qo‘ shiq: “Ko’k dalam” bola: Bolalar bo‘lsa, topqir bo‘lsalar, Chaqqon-u epchil, chopqir bo‘lsalar. Ilm-u hunarga, kuchga to‘lsalar, Sog‘lom, barkamol avlod bo‘lsalar. bola: Vatanga aziz dilbandlar kerak, Sheryurak, asl farzandlar kerak. Shunday avlod bizning o‘zimiz, Aytib turadi har bir so‘zimiz. bola: Vatan oldidagi burchni hammamiz, Anglab olib, unga amal qilamiz. Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni, Takror-takror aytib olg‘a yuramiz. bola: Vatanim jismida, Men ham bir bo‘lak. Vatanim menga-yu, Men unga kerak “Vatanim bayrog‘ini mangu hilpira” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram senariysi
Har satri hikmatga to‘liq madhiyam. Eng go‘zal qo‘shig‘i ozod elimning, Muqaddas madhiyam, qutlug‘ madhiyam. Madhiya musiqa sadolari ostida yangraydi.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” deb belgilangan. 1-boshlovchi: Assalom hurmatli, aziz mehmonlar, Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar. Assalom ilmga tashna chanqoqlar, Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar. 2-boshlovchi: Здравствуйте лучшее Слово на свете! Здравствуйте птицы! Здравствуйте дети! Здравствуйте папы! Здравствуйте мамы! Оно не сравнимо с другими словами. Здравствуйте наши учителя! 5-bola:Gud moning, gud moning, Gud moning tu yu. Gud moning, gud moning, Ay em gled tu si yu. 6-bola: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: ”O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi” deyilgan. 7-bola: O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayroqning o‘lchamlari aniq ko‘rsatilgan. Ya’ni, O’zbekiston Davlat bayrog‘ining butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 3 ta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. 8-bola: Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng. O‘quvchi: Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40smga teng. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5smga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. 9-bola: Ranglarim, ranglarim, Oppoqdir tonglarim. Osmon to‘q zangori. Yam-yashil bog‘larim. Yoqimli havo rang, Tanaga davo rang. Sevimli moviy ko‘k, Kamalak rang –barang. 10-bola: Qip-qizil lolalar, Oq ko‘ngil bolalar. Turfa xil ranglarda, Yashnaydi dalalar. Atrofga bir qarang, Asal rang, tilla rang. Quvonchdan dillarga, Baxsh etar jilo rang. Qo‘shiq: “Chizaman”
Sensan baxtim , bahorim, Madhing jo‘shib kuylamoq, Ko‘nglimdagi shiorim. Go‘zal gulshan, bog‘laring, Go‘zal ulkan tog‘laring. Dilga orom berguvchi, Charog‘on har yoqlaring. 12-bola: Sen tandagi jonimsan, Tomirdagi qonimsan. Mehring yashar qalbimda, G‘ururim, ham shonimsan. Yashna, yuksal diyorim, Sensan baxtim, bahorim. Madhing jo‘shib kuylamoq, Shudir ahdu qarorim. Raqs: 13-bola: G‘uncha guldayman, Bog‘dagi bulbuldayman. Sog‘lom jon, sog‘lom tanman, O‘zimga bir jahonman. Hayotdan zavq olaman,Baxti kulgan bolaman.
Mehnatdan zavq olaman. Agarda ish qilmasam, Tez zerikibqolaman. Hozir maktab bolaman, Mehnatdan zavq olaman. Katta bo‘lsam haqiqiy Halol odam bo‘laman 15-bola: Bo‘lmasin hech bizning, Kam-u ko‘stimiz. Ko‘paysin har yerda Gurullab yashnayversin orzularimiz.
Сhaman bo‘lib ochildi. Uning xushbo‘y hidlari,
Har tomonga sochildi. Gulga oshiq bulbullar, Shu bog‘ uzra jamlandi. Bir - biriga yoqimli, Ajib kuylar boshlandi. 5-bola: Kuylang jajji bulbullar, Ochilsin barcha gullar. Ozodlik kuyin chaling, Bahra olsin ko‘ngillar. Ona diyor sizniki, Gulshan diyor sizniki. Ketmang sira bulbullar, O‘zbekiston bizniki. 6-bola: Yuksak tog‘lar bizniki, Tog‘larga yo‘l olaylik. Chaman bog‘lar bizniki, Bog‘larga yo‘l olaylik. Buloqlar ko‘zin ochib, Gulzorlar yarataylik. Vatanning har bir qarich, Yerini yashnataylik. Qo‘ shiq: 7-bola: Bolalar bo‘lsa, topqir bo‘lsalar, Chaqqon-u epchil, chopqir bo‘lsalar. Ilm-u hunarga, kuchga to‘lsalar, Sog‘lom, barkamol avlod bo‘lsalar. 8-bola: Vatanga aziz dilbandlar kerak, Sheryurak, asl farzandlar kerak. Shunday avlod bizning o‘zimiz, Aytib turadi har bir so‘zimiz. 9-bola: Vatan oldidagi burchni hammamiz, Anglab olib, unga amal qilamiz. Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni, Takror-takror aytib olg‘a yuramiz.
Vatanim jismida, Men ham bir bo‘lak. Vatanim menga-yu, Men unga kerak “Gerbimiz-faxrim!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram senariysi 1-boshlovchi: Assalom hurmatli, aziz mehmonlar, Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar. Assalom ilmga tashna chanqoqlar, Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar. 2-boshlovchi: - Mustaqillik bu - birovga qaram bo'lmaslik, o'z hohish va istagi bilan kelajakka intilishdir. 1-bola: - istiqlol deganda biz, mamlakatimizda 18 yildan buyon hukm surayotgan erkinlikni va ozodlikni tushunamiz. 1-bola: - Ozodlik - bu bunyodkorlikka ochilgan oydin yo'l. 2-bola: - Erk deganda biz erkinlikni, kelajak uchun erkin parvoz eta olishni tushunamiz. 3-bola: - istiqbol bu - biz orzu qilayotgan yorqin kelajak. Tarbiyachi: - Juda yaxshi. Har qanday mamlakat, agar u mustaqil bo'lsa, albatta o'z bayrog'i, gerbi, madhiyasiga ega bo'lishi lozim. Bayroq, gerb, madhiya... bu uch so'zni davlat tushunchasidan ayri tasavvur qilish qiyin. Mustaqillikni qo'lga kiritib, bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega bo'lgan xalq o'z taqdirini o'zi belgilaydi. Siz ko'pgina tarixiy kinofilm, hujjatli filmlarning jangu jadal aks etgan lavhalarida bayroq ko'tarib, hayqirib, olg'a borayotgan askarlarni ko'rgansiz. G'alaba nishonasi sifatida birinchi bo'lib bayroq ko'tariladi. Sportda yuqori natijaga erishganlarni taqdirlash marosimlarida bayroq ko'tariladi, madhiya yangrashida ham o'sha davlatning sha'ni. G'ururi seziladi. Maktabimizda ham haftaning har dushanbasida bayroq ko'tariladi. Milliy bayram va tantanalarda ham yurtimiz bayrog'i baland ko'tariladi. Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayrog'i katta ijtimoiy - siyosiy, ma'naviy - ma'rifiy ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu jadallarda Davlat bayrog'ini Amir Temurning eng ishongan sipohiylari qo'riqlagan. "Temur tuzuklari"da ta'kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko'rsatib, g'alaba qozongan amirlar va sipohiylar davlat timsollari - bayroq va nog'ora bilan mukofotlangan. Bu Sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog'li baland turganligidan dalolat beradi. Xo'sh, bunda qanday ramziy ma'no bor? Bu savolga Prezidentimizning quyidagi so'zlari javob bo'ladi: "Davlat bayrog'i - xalqning shon - sharafi, g'ururi. Bayroqni qadrlash, e'zozlash o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash demakdir".
tilayman. Shunday qilib, bayrog'imizdagi ranglar o'z ramziy sifatlarini aytib bo'lishadi. Ulardan keyin oymoma va yulduzlar tilga kiradilar.
- Vaalaykum assalom, ey, mustaqil yurt bolasi. - Isming nima, ey qush, qanotlari kumush? - Men Baxt qushi - Humoman E, ha... tanidim, sen haqingda ertaklarda o'qiganman. O'qib seni ko'rishni orzu qilganman. - Rost aytasanmi? - Ha
ostonasida Humo qushi paydo bo'libdi. Donolar kengashib, "Shu qush kimning boshiga qo'nsa, o'sha podsho bo'ladi" deyishibdi. Jarchilar jar solibdi. - Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, eshitganlar turinglar, maydon sari yuringlar. Osmonda baxt qushi charx uradi. Shu qush kimning boshiga qo'nsa, o'sha podsho bo'ladi. Buni eshitganlar shoshib qolishibdi. Qanchadan - qancha puldoru amaldorlar taxt uchun tishini qayrabdi. Baxt qushini ovlabdi. Ammo qush eng saxiy va odil, to'g'riso'z va dono yigitning boshiga qo'nibdi. Mamlakatda adolat hukmron bo'libdi. - Sen o'sha qushsan - a, Humojon! - Yanglishmading, yey, mustaqil yurt bolasi. Ko'r yurtlarni kezdim. Yolg'iz sening Vataning ertaklardagi mamlakatga o'xsharsan. Shu bois sizlar sari talpinib uchdim. - Rahmat, Humоjon! - Humo qushning aytganlari to'g'ri, bu yurtning odamlari qadoq qo'lli, bag'ri cho'g'li, - deya bug'doy boshoqlari chayqalib ketibdi. - Biz Gerbdagi non - nasiba, qut - baraka timsolimiz, - deyishibdi ular. - Bizlar Vatanning ishonch yorlig'imiz, - deyishibdi chanoqlardagi paxtalar. Oftob esa lov - lov yonib, zarrin nurlarini to'kibdi: - Bu yurt - quyoshli yurt. Baxti ham, taxti ham to'kis va but. Gerbimiz uzra ikki daryo - Amu bilan Sir bo'y ko'rsatibdi. Gerbimiz uzra oy boqadi,osoyish debosmoningiz. Zuhro yulduz parpiraydi, adashmas, deb karvoningiz. 18-bola: - O'zbekiston Respublikasining bayrog'i, gerbi va madhiyasi g'ururimiz va faxrimizdir. Yurtboshimiz o'z nutqlarida davlat ramzlariga hurmat hissida bo'lishimizni alohida ta'kidlaydi. Davlat ramzlarini hurmat qilmay turib, biz o'z xalqimizning millat sifatidagi o'rnini, O'zbekistonning butun jahon mamlakatlaridan biri ekanligini idrok qilolmaymiz. Xo'sh, davlat ramzlariga yana nimalar kiradi? (O'quvchilar bilganlaricha javob bergach, o'qituvchi suhbatni davom ettiradi). Sizni boshqalardan ajratib turadigan eng muhim jihat nima? Nodir, Akmal, Saida, Ozoda (ismlari bir - bir sanaladi).
Dur davharim, sen mening. Men usun jondan aziz, Iftixorim sen mening. 26-bola: - O'ali mustaqillik e'lon qilinmasdan turib, Prezidentimiz tomonidan davlat tili o'zbek tili bo'lishi kerak, deb e'lon qilinishi, "Davlat tili to'g'risida"gi qonunning kuchga kirishi mamlakatimiz tarixida katta voqea bo'ldi. 4-bola: - Asosiy qonunimiz - Konstitutsiyada "O'zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shaxridir" deb yozib qo'yilgan.poytaxt har bir mustaqil davlatning yuzi bo'lib, unda davlatni boshqaruvchi markaziy idoralar bor. Toshkent ko'rkam, chiroyli shahar, Aziz bolajonlar, bu yil poytaxtimiz Toshkentning 2200 yillik to'yi nishonlanadi. (tarbiyachi "O'zbekiston Qahramoni" unvoni va oliy nishon "Oltin Yulduz" medali, "Mustaqillik", "Buyuk xizmatlari uchun", "Do'stlik", "Amir Temur", "Sog'lom avlod uchun", "Shon - shuhrat" ordenlari, "Shuhrat", "Jasorat" medallari aks etgan rasmlarga bolalar diqqatini tortadi ). Tarbiyachi : - Yuqoridagi unvon va nishonlar ham davlatimiz mustaqilligini namoyish etuvchi dalillardir. Bular O'zbekistonda mehnat qilayotgan, uning taraqqiyotiga hissa qo'shayotgan kishilarga Prezident tomonidan beriladi. Ana endi darsimizning eng quvonchli lahzalariga keldik. Bugun qanday bayram? Hamma bir ovozdan: - Mustaqillik bayrami Tarbiyachi : - Qani, bayramda nima qilinadi? Bolalar : - O'ynab - kulamiz, she'r aytib, qo'shiq kuylaymiz, raqsga tushamiz. 5-bola: - Bo'lmasa marhamat. (O'quvchilar oldindan tayyorlangan qiziqarli sahna ko'rinishlaridan 1 - 2 ta namuna ijro etadilar Bayram yakunida Prezidentimizning quyidagi so'zlari o'qib eshittiriladi. "Kelajakda O'zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim". Tarbiyachi : - O'zbekiston Respublikasining davlat boshlig'i Prezident hisoblanadi. Davlat boshlig'i bu - millat timsoli, davlat g'amxo'ri, yo'lboshchisi. Biz sanab o'tgan bayroq, madhiya, gerb, Konstitsiya, davlat nomi, davlat tili, pul birligi, fuqarolik belgisi, davlat mukofotlari, O'zbekiston Prezidenti - mamlakatimizning mustaqil yurt sifatida mavjudligini ifodalaydi. Ular O'zbekistonning yorqin timsollari bo'lib, bugunimiz, ertamiz va buyuk kelajagimiz uchun xizmat qilajak. Zero, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "Shu ramzlarni e'zozlash - o'zining qadr - qimmati, o'z mamlakatiga, shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash ham demakdir". Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling