Vazifa 1 Berilgan vazifa bo`yicha bbb pedagogik texnologiyasi bo`yicha javob yozishingiz kerak. Pedagogika. Psixologiya fanidan (nimani bilaman, Bilishni xohlayman, va Bilib oldim) degan savollarga javoblarni yozing Bilaman


Download 28.91 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1482156
1   2   3   4
Bog'liq
O2

vazifa 2
Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.
tushunchalar mazmunini


shaxs



Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.


tarbiya



Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.


bilim



Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.


Ko’nikma

Koʻnikma — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. K.lar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. K. faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. K. mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy K.lar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy K.lar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. K.larni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgʻri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. K.lar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.[1]


malaka

Malaka — 1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi.


Ma’lumot



Maʼlumot (pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. M. insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim standartlari hamda oʻquv das-turlari bilan belgilangan hajm va yoʻnalishdagi M. oʻzlashtirib boriladi.


bilim

Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.


rivojlantirish

Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekin-asta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyutsion rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iborat inqilobiy rvojlanish Evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi.


metod

Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.

M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. M. oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, M.lar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy M.lari vujudga keldi.




mafkura

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi.




Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling