Vazifalari. Bilimlar xajmini belgilashda geografiya


GEOGRAFIYA DARSLIKLARI XARITA VA GLOBUS


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1384357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA O\'QITISH METODIKASI MAQSAD VA VAZIFALARI.BILIMLAR

GEOGRAFIYA DARSLIKLARI XARITA VA GLOBUS 
BILAN ISHLASH 
 
REJA 
 
 
1. Geografik xaritalar va ularning turlari 
2. O‘quvchilarni kartani tushunishga o‘rgatish va xaritalar bilan ishlash 
usullari 
3. Darslik, atlasning maxsus xaritalari bilan ishlash va xaritalarni 
taqqoslash 
4. Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya ta’limida globuslardan 
foydalanish 


 
Geografik xaritalarda turli tuman voqea va hodisalar tasvirlangani 
uchun ular juda xilma-xil bo‘ladi. Xaritalar geografiya fanining hamma 
sohalarining 
eng 
asosiy 
qismidir. 
Xartashunoslikda 
quyidagi 
tushunchalar uchraydi: 
Tarx reja – joyning yirik miqyosda (5000 va undan kattaroq) 
tuzilgan chizmasidir. Chizmada maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-
kichik joylar tasvirlanadi 
Karta-Yer yuzasini kichraytirilib va umumlashtirilib shartli 
belgilar bilan tekislikka tushirilgan tavsiridir. Ular tabiiy va iqtisodiy-
ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Ular orqali joyning tuzilishi, 
relefi, o‘simlik qoplami, ko‘llari, qishloqlar, jihozlar va korxonalarning 
joylanishi aniqlanadi. 
Kosmosurat-Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik sxemalari 
yordamida olingan tasviridir. Ular fanning va xo‘jalikning turli 
sohalarida keng qo‘llaniladi. Har bir tarx, xarita va kosmo va aerosurat 
ma’lum miqyosda tuziladi. 
Miqyos-bu xaritadagi chiziqning uzunligini Yer yuzasidagi shu 
chiziqqa mos keladigan xaqiqiy uzunlikka nisbatidir. U xaritadagi tasvir 
necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadi. Masalan: xaritada daryoning 
uzunligi yoki xaqiqiy uzunligi 10 km yoki 1000000 sm. Demak, 
xaritaning miqyosi 1:1000000. miqyoslar soni, chiziqli va so‘zli bo‘ladi. 
Sonli miqyos kasrdan iborat, uning surati 1 ga teng, mahraji esa xaritada 
tasvir necha marta kichraytirilganini ko‘rsatadigan son bo‘ladi. Masalan, 
1:1000 bu tasvirni ming marta kichraytirilganini ko‘rsatadi. Chiziqli 
miqyos-bu teng bo‘laklarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziqdir. Har bir bo‘lak 
qancha masofaga tengligi uning ustiga yozib qo‘yiladi. So‘zli miqyos 
xaritadagi 1 sm masofa xaqiqatda qanchaga tengligini ko‘rsatadi. 
Masalan, 1 sm dan 10 kmgacha. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling