Vazifalari
-DARS. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI, TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH VA MANBALAR BILAN TA’MINLASH
Download 186.47 Kb.
|
Vazifalari
3-DARS. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI, TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH VA MANBALAR BILAN TA’MINLASH
1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash. Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday ifodalash mumkin (3.1- chizma). Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funktsiyalarini turkumlash yotadi, chunki, iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funktsiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fukntsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz mumkin: umumiy va maxsus (spetsifik) funktsiya. Bu bog’liqlik shundan iboratki umumiy funktsiyalar o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funktsiya esa faqatgina umumiy funktsiyalar yordamidagi amalga oshiriladi. Ma`lumki, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funktsiyalariga tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funktsiyalarga tayangan holda amalga oshiriladi: boshqarishni axborot bilan ta`minlash (to’plash, qayta ishlash, iqtisodiy voqea va hodisalar tug’risidagi axborotlarni tartibga solish); iqtisodiy tahlil qilish; rejalashtirish va prognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish); muvofiqlashtirish; tashkil qilish; hisobga olish; nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish). Boshqarish tizimi bo’yicha o’tkaziladigan tahlil turlari Xo’jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil o’tkazish usuli to’la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi. Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo’jalik faoliyatida erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo’jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish ishda yo’l qo’yilgan kamchilik va ularni aybdorlarini topish, moddiy va ma`naviy ragbatlantirishni tashkil etishdan hisoblanadi. Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanishining asosiy sabablari, deb qo’yidagilarni xisoblash mumkin: 1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo’jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish va hokazolar joriy tahlil zimmasiga tushadi; 2. Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanilishiga barcha korxonalarning tasdiqlangan yagona hisobot shaqllariga asosan yuqori tashkilot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot topshirish vazifasining zarurligi; 3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmog’i 90 foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o’tkazish usuli hali to’la ishlab chiqilmagan; 4. Joriy tahlilda korxonaning xo’jalik faoliyati chuqur, har tomonlama o’tkaziladi, chunki tahliliy xodimning ixtiriyorida barcha axborotlar manbai muhayyo; 5. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan; 6. Iqtisodiy oliy o’quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi. Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar manbai bo’lib - oylik, kvartallik, yillik reja va xisobotlar xisoblanadi. Joriy tahlilning sub`ekti - korxonaning iqtisodiy bo’limlari, yuqori tashkilot, moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning ob`ekti-korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir. Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi shundaki, uni o’tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bo’lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi. Bu tahlilni asosiy kamchiligi shundan iboratki, aniqlangan xato, kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar korxona uchun butunlay yo’qotilgan xisoblanadi, chunki ular xo’jalik faoliyatini o’tgan davriga bog’liqdir. Biz bu imkoniyatlarni faqat gina kelgusidagi ishlarinimizni amalga oshirish jarayonida xisobga olishimiz mumkin holos. Shuning uchun ham tahlilni imkoniyatlarini oshirish va ularni vaqtida ishga solish uchun xisobotlarni takdim qilish va ularni tahlil qilish vaqtini kiskartirish vazifasi qo’yiladi. Joriy ta`lilni korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek tsexlar va boshqa bulinmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun yasaladi, kamchiliklar aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu tahlil korxona xo’jalik faoliyatini tula tahlili bo’lib xisoblanadi, chunki u o’zida tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi va istikbolli tahlil uchun baza xisoblanadi. Tezkor tahlil. Bu tahlil iqtisodiy tahlilni turlaridan biri bo’lib, xo’jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim buladigan mosalalarni xal qilishga karatilgandir. U korxonaning xo’jalik faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda qo’llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ro’y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora - tadbirlarini ko’radi. Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o’z vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi. Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi. Amalda esa uning umumiy bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmogi 10 foizni tashkil etadi. Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o’laroq u asosan boshlangich mahlumotlarga asoslanadi. Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi: - korxonaning asosiy miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha hamda uning bo’linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalardan chetga chiqishini aniqlash; - mehyordan chiqishga tahsir qiluvchi omillarni aniqlash; - kamchiliklarga yo’l qo’ygan javobgar shaxslarni aniqlash; - salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish; - ko’rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg’or bo’g’inlarni aniqlash. Korxona va birlashmalarni ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining tashqi tahlilini quyidagilar olib boradilar: Boshqaruvning yuqori organlari; Moliya organlari; Bank tashkilotlari; Soliq organlari va hakozolar. Yuqori boshqaruv organlari o’z nazorati ostidagi korxona va uyushmalarning ishlab chiqarish faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib turishadi. Buning uchun esa reja va hisobot ma`lumotlari, tekshiruv natijalari va boshqa ma`lumotlar kerak bo’ladi. Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan foydalanib, quyida ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishni sxemasini keltirib o’tish mumkin bo’ladi. Moliya organlari iqtisodiy tahlil jarayonida korxona va birlashmalarning foydalilik rejasini bajarilishiga, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlariga, korxonaning moddiy va pul resurslarini ratsional taqsimlanishiga, o’z – o’zini moliyalashga va harid quvvatiga diqqatini qaratadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalarning ish faoliyatini, hamda asosiy hajm va sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilib turishadi, korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat xaqi fondini, tovar – moddiy qiymatliklar va ularni saqlanish holatini hamda to’lov intizomi holatini tahlil qilib turishadi. Iqtisodiy tahlil ishlarini korxona va birlashmalar olib borishi bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar ham olib borishi mumkin: Bularga: Rejalashtirish tashkilotlari; Ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari; Jamoat tashkilotlari; Matbuot organlari kabilar kiradi. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish va o’tkazish bosqichlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog’liqdir. Odatda analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funktsional organlari, jamoatchilik a`zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlari keltirib o’tilgan:
Tahlil o’tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil utkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o’tkazish dasturida quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilanib olingan bo’lishi lozim: - tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
Tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda hisoblanadigan ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: - tahlil uchun zarur ma`lumotlarni aniqlash;
To’plangan ma`lumotlarning qo’g’riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To’plangan manbaalarni to’g’riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo’ladi va ushbu manbaalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi: - tahlil usullarini aniqlab olish;
- mezon ko’rsatkichlarini aniqlash; - ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash; - baholashda ekspertizadan foydalanish; - natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar; - tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma`lum bir o’zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi: - korxona faoliyati natijalarining o’zgarish sabablarini aniqlash; - korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash; - aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash; - tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash. Tahlil natijasida ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotda qo’llash shart-sharoitlarini ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo’llash yo’llari ko’rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko’rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi. Download 186.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling