Vazirlar Mahkamasining


Download 131.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2017
Hajmi131.38 Kb.
#19559

Vazirlar Mahkamasining                                                  Vazirlar Mahkamasining 

  2000 yil 9 iyuldagi                                                           2011 yil 7 sentyabrdagi 

 223-son qarori bilan                                                          249-son qarori bilan  

        tasdiqlangan                                                                      o’zgartirish va 

                                                                                             qo’shimchalar kiritilgan 

  

 



O’zbekitston Respublikasi

 

Fanlar akademiyasining

 

U S T A V I

 

 

 

I. UMUMIY QOIDALAR

 

  



1.  O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  fan,  texnika,  madaniyat  va  ma’rifat  sohasida 

fundamental,  amaliy  va  innovatsiya  ilmiy  tadqiqotlarni  (keyingi  o’rinlarda  –  ilmiy  tadqiqotlar  deb 

yuritiladi) amalga oshiruvchi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiruvchi va ularga samarali rahbarlikni 

ta’minlovchi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan 

va  keng  qamrovli  ilmiy  texnologiya  yutuqlarini  o’z  vaqtida  ishlab  chiqarishga  joriy  etuvchi 

mamlakatning  oliy  ilmiy  tashkiloti  hisoblanadi.  Fanlar  akademiyasi  akademiklar  va  uning  xorijiy 

a’zolarini  hamda  o’z  tasarrufidagi  ilmiy  muassasalar  ilmiy  xodimlari  va  mutaxassislarini 

birlashtiradi.  Fanlar  akademiyasining  faoliyati  davlat  byudjeti  va  belgilangan  tartibda  jalb  qilingan 

byudjetdan tashqari mablag’lar asosida yuritiladi.

 

2. Fanlar akademiyasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston 



Respublikasi  qonunlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari  va  farmoyishlariga, 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga  hamda  ushbu 

Ustavga amal qiladi.

 

3.  Fanlar  akademiyasi  O’zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  rivojlanishini 



ta’minlash  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  ustuvor,  istiqbolli  va  ilg’or  ilmiy  yo’nalishlarni 

belgilaydi,  istiqbolli  ilmiy  tadqiqotlar  dasturlarini  ishlab  chiqadi  va  ularni  amalga  oshiradi,  o’z 

tasarrufidagi muassasalarning shu maqsadga qaratilgan tashkiliy va tarkibiy masalalarini hal etadi.

 

4. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari:



 

fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

 

davlat  va  jamiyat  taraqqiyotini  ta’minlovchi  istiqbolli  ilmiy  yo’nalishlar  bo’yicha  ilmiy 



tadqiqotlar va ilg’or texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;

 

tabiiy,  texnikaviy,  tibbiy,  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  sohasida  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy, 



ilmiy-texnikaviy va ma’naviy-ma’rifiy rivojiga ko’maklashuvchi ilmiy tadqiqotlar olib boradi;

 

tabiat,  jamiyat  va  insoniyat  taraqqiyoti,  millatlar,  milliy  madaniyatlar,  davlat  va  milliy 



munosabatlarning rivojlanishi muammolarini, ta’lim va ma’rifat masalalarini o’rganadi, tahlil qiladi 

va  ilmiy  natijalar  asosida  ushbu  yo’nalishlarga  oid  masalalarning  echimi  haqida  takliflar  ishlab 

chiqadi;

 

Fanlar  akademiyasi  o’z  faoliyatida  yaratilgan  va  yaratilayotgan  “nou-xau”  va  intellektual 



mulkni amaldagi qonunchilik asosida rasmiylashtiradi, himoya qiladi va ulardan foydalanadi;

 

yangi  texnika,  zamonaviy  texnologiyalarni  va  ulardan  amaliyotda  foydalanish  tamoyillarini 



ishlab chiqadi;

 

ilmiy  ishlanmalarning  natijalari  va  intellektual  mulk  ob’ektlaridan  samarali  foydalanishning 



zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga joriy qilinishini ta’minlaydi;

 

ilm-fanni ko’p talab qiluvchi xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga, jahon fani va texniasi 



yutuqlarini  umumlashtirish  va  ulardan  foydalanishga,  tashqi  va  ichki  investitsiyalarni  ilmiy 

muassasalarga jalb etish va ulardan oqilona foydalanishga ko’maklashadi;

 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  talablariga  muvofiq  ta’lim  tizimini  zamonaviy  darsliklar, 



o’quv  qo’llanmalari,  o’qitishning  texnik  vositalari  va  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta’minlash 

bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlarni olib boradi;

 

ta’lim  muassasalari  bilan  hamkorlikda  Kadrlar  tayorlash  milliy  dasturining  talablariga  javob 



beruvchi  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashni  ta’minlash  bo’yicha  faoliyatni  amalga 

oshiradi;

 


oliy  ta’lim  muassasalari  bilan  yaqin  hamkorlikni  amalga  oshiradi,  ularda  tegishli  ilmiy 

tadqiqotlarning  rivojlanishini,  Akademiyaning  ilg’or  ilmiy  va  texnologik  bazasidan  foydalangan 

holda fan yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlashni ta’minlaydi;

 

yuqori  malakali ilmiy  kadrlar tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirish  ishlarini  olib  boradi  va 



olimlarning samarali ijodiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;

 

taraqqiy  topgan  mamlakatlarning  akademiyalari,  nufuzli  xorijiy  ilmiy-tadqiqot  markazlari  va 



muassasalari  bilan  xalqaro  ilmiy  va  texnologik  hamkorlikni  tashkil  etish  va  rivojlantirishni 

ta’minlaydi;

 

olimlar  va  ilmiy  tadqiqot  olib  borayotgan  jamoalarning  ilmiy  asarlarini  e’lon  qilish  bo’yicha 



matbaachilik faoliyatini amalga oshiradi, o’zining davriy nashrlari ishlarini ta’minlaydi;

 

Fanlar  akademiyasining  atoqli  olimlar  nomidagi  medal  va  mukofotlarini  ta’sis  etadi  hamda 



yuksak  ilmiy  va  ilmiy-texnikaviy  yutuqlari  uchun  olimlar  va  ijodiy  jamoalarni  ushbu  medal  va 

mukofotlar bilan mukofotlaydi;

 

ilmiy  bilimlarni  ommalashtiradi,  fan  va  ta’limning  jamiyat  hayotidagi  nufuzi  va  ahamiyatini 



oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoya qilinishi va huquqlari to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.

 

5. Fanlar akademiyasi o’zining asosiy vazifalarini bajarish uchun:



 

o’z  tasarrufidagi  ilmiy-tadqiqot  muassasalarini,  ularning  filiallarini  va  boshqa  yordamchi 

tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatishi mumkin;

 

tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari (avvalambor, 



magistratura  bo’limlari),  vazirliklar,  davlat  ko’mitalari,  idoralar,  korporatsiyalar,  kontsernlar, 

uyushmalar,  ilmiy  hamda  ilmiy-texnika  jamiyatlari,  ijodiy  uyushmalar,  firmalar,  birlashmalar, 

korxonalar va tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi;

 

ilmiy tadqiqotlarning eng muhim yo’nalishlari bo’yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa 



birlashmalar  tashkil  etadi  hamda  fanni  rivojlantirishda  ushbu  jamoa  tashkilotlari  imkoniyatlaridan 

keng va samarali foydalanadi;

 

eng muhim ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning echimi bo’yicha tanlovlar tashkil etadi, 



ko’rikdan  o’tgan  ilg’or  loyihalarni  ilmiy  jihatdan  mukammallashtirish  va  amaliyotga  joriy  etish 

bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;

 

olib  borilayotgan  ilmiy  tadqiqotlarni o’z  vaqtida  zarur  axborotlar  bilan  ta’minlaydi  va  buning 



uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi;

 

respublika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammolar bo’yicha ilmiy, 



ilmiy-texnikaviy  konferentsiyalar,  simpoziumlar,  seminarlar  tashkil  qiladi,  buyuk  allomalar,  taniqli 

fan va madaniyat arboblari sharafiga ilmiy-ommabop tadbirlar o’tkazadi.

 

6.  Fanlar  akademiyasi  har  yili  o’z  faoliyati  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 



Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.

 

 



II. FANLAR AKADEMIYASINING TARKIBI

 

 



 

7. Fanlar akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar bo’yicha tuziladi.

 

8.  Fanlar  akademiyasi  tarkibiga  boshqaruv  apparati,  Hay’at,  mintaqaviy  bo’limlar,  ilmiy-



tadqiqot  muassasalari  (ilmiy-ishlab  chiqarish  birlashmalari,  ilmiy-tadqiqot  institutlari,  ilmiy-o’quv 

markazi,  muzeylar,  botanika  bog’lari,  konstruktorlik  byurolari,  tajriba-sinov  zavodlari  va  boshqa 

ilmiy  tashkilotlar)  "Fan"  nashriyoti  va  bosmaxona,  fundamental  kutubxona, mehmonxona,  arxivlar, 

jurnallar  tahririyatlari,  madaniy-ma’rifiy  va  davolash-sog’lomlashtirish  hamda  xo’jalik  bo’linmalari 

kiradi.

 

9.  Fanlar  akademiyasi  prezidenti  huzurida  jamoatchilik  asosida  ishlaydigan  ilmiy-tadqiqot 



muassasalari direktorlarining Kengashi tuziladi.

 

Ushbu Kengash ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 



islohotlar jarayoniga eng maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan maslahat organi hisoblanadi.

 

Kengashning faoliyati ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tasdiqlagan Nizom 



asosida olib boriladi.

 

10.  Fanlar  yo’nalishlari  bo’yicha  vitse-prezidentlar  huzurida  jamoatchilik  asosida  ishlovchi 



Ilmiy kengashlar tuziladi.

 

Ilmiy  kengashlar  mamlakatimizda  olib  borilishi  lozim  bo’lgan  va  jamiyatimizning 



taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor  yo’nalishlarini aniqlashga, ushbu  yo’nalishlar 

bo’yicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning mavqei va samaradorligini jahon fanining  yuksak talablari 

darajasida  baholashga  hamda  etakchi  konsultativ-ekspert  ilmiy  jamoa  sifatida  faoliyat  ko’rsatib, 

mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita xizmat qiladigan maslahat 

organi hisoblanadi.

 

Ilmiy  Kengashlar  tarkibiga  Fanlar  akademiyasining  akademiklari,  ilmiy-tadqiqot  muassasalari 



(jumladan,  tarmoq  ilmiy-tadqiqot  muassasalari)  va  oliy  ta’lim  muassasalari  vakillari  hamda  yuqori 

malaka  va  tajribaga  ega  bo’lgan  (ilmiy  darajasi  bor  yoki  yo’qligidan  qat’i  nazar)  amaliyotchi-

mutaxassislar 

kiradi.   

Vitse-prezidentlar  huzuridagi  Ilmiy  kengashlar  ushbu  Ustav  va  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati 

tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.

 

11.  Fanlar  akademiyasi  boshqaruv  apparatida  halqaro  aloqalar  bo’yicha  vitse-prezident 



lavozimi kiritiladi.

 

Xalqaro  aloqalar  bo’yicha  vitse-prezident  o’z  faoliyatida  halqaro  ilmiy  va  texnologik 



hamkorlikni rivojlantiradi, fanga tashqi investitsiyalar keng jalb qilinishini ta’minlaydi.

 

12.  Bosh  ilmiy  kotib  va  vitse-prezidentlar  tasarrufida  yuqori  malakali  mutaxassislar  va 



ekspertlardan iborat bo’lgan ma’muriy xizmatlar tashkil etiladi.

 

13.  Fanlar  akademiyasi  boshqaruv  apparatining  xo’jalik  ishlarini  ta’minlash  hamda 



akademiklarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan masalalar Fanlar akademiyasi ishlar 

boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ishlar  boshqaruvchisi  va  unga  qarashli  tuzilmalar  faoliyati  ushbu  Ustav  hamda  Fanlar 



akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.

 

14. Fanlar akademiyasi va uning muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va 



qo’shma  korxonalar,  xo’jalik  jamiyatlari,  shirkatlar  hamda  mulkchilikning  turli  shakllariga 

asoslangan  tashkilotlar  va  korxonalar  uyushmalari,  shuningdek,  nodavlat  va  notijorat  tashkilotlar, 

ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlovchi jamg’armalar tashkil etilishi mumkin.

 

15.  Fanlar  akademiyasi,  uning  mintaqaviy  bo’limlari,  mustaqil  ilmiy-ishlab  chiqarish 



birlashmalari,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  va  ularga  tenglashtirilgan  ilmiy  tashkilotlar  yuridik  shaxs 

maqomiga ega bo’ladi.

 

Fanlar  akademiyasi  va  uning  muassasalari  amaldagi  konunchilik  doirasida  tashqi  iqtisodiy 



faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochishga 

haqlidir.

 

Fanlar  akademiyasining  manzili:  100047, Toshkent sh.,  akademik  Yahyo  Fulomov  ko’chasi, 



70-uy.

 

 

 

III. FANLAR AKADEMIYASINING UMUMIY MAJLISI

 

 



 

16.  Fanlar  akademiyasi  akademiklari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  direktorlaridan  tashkil 

topgan Umumiy majlis Fanlar akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.

 

17. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi a’zolari Umumiy majlisda ko’rib chiqiladigan barcha 



masalalarni hal etishda teng huquqga egadirlar.

 

18.  Fanlar  akademiyasi  Umumiy  majlisi  ilm-fanni  rivojlantirish  va  Akademiya  faoliyatining 



eng  muhim  masalalarini  ko’rib  chiqish  uchun  uning  Hay’ati  tomonidan  har  yili  kamida  bir  marta 

chaqiriladi.

 

19. Umumiy majlisning asosiy vazifalari:



 

ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilg’or yo’nalishlarini va ularga taalluqli ilmiy 

dasturlar loyihalarini muhokama qiladi hamda ular bo’yicha zarur qarorlar qabul qiladi;

 

Fanlar 



akademiyasining 

akademiklari 

va 

xorijiy 


a’zolarini 

saylaydi;   

Fanlar akademiyasi prezidentini, vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibni saylaydi va ularni egallab 

turgan lavozimidan ozod qiladi;

 

Fanlar  akademiyasi  Ustavi  va  tuzilmasini  qabul  qiladi,  unga  o’zgartirishlar  kiritadi  hamda 



tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

 

ilmiy-tadqiqot 



muassasalarining 

Namunaviy 

nizomini 

tasdiqlaydi;   

Fanlar akademiyasi Hay’atining ma’ruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;

 


Fanlar  akademiyasining  atoqli  olimlari  nomidagi  medallar  va  mukofotlarni  ta’sis  etish 

to’g’risida  qarorlar  qabul  qiladi  hamda  belgilangan  tartibda  etakchi  olimlar  va  ilmiy  jamoalarni 

mukofotlaydi;

 

belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va ularning 



faoliyatini tugatish to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqadi;

 

Fanlar  akademiyasi  o’z  vazifalarini  amalga  oshirish  jarayonida  dolzarb  va  ustuvor 



muammolarni hal qilish maqsadida qonunchilik faoliyati sohasida tashabbus ko’rsatish huquqiga ega;

 

zarurat  bo’lganda  Fanlar  akademiyasi  faoliyatiga  taalluqli  boshqa  masalalarni  hal  etish 



huquqiga egadir.

 

20.  Navbatdan  tashqari  Umumiy  majlis  Fanlar  akademiyasi  akademiklari  yoki  uning 



tasarrufidagi  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  direktorlarining  kamida  uchdan  bir  qismining  taklifiga 

ko’ra,  shuningdek  mintaqaviy  bo’limlarning  ular  tomonidan  taklif  etilgan  kun  tartibini  muhokama 

qilish uchun chaqirilishi mumkin.

 

21.  Umumiy  majlisda  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati  taklif  etgan  shaxslar  qatnashishlari  va  kun 



tartibi bo’yicha so’zga chiqishlari mumkii.

 

22.  Umumiy  majlis  a’zolari  ro’yxatidagi  tarkibning  kamida  uchdan  ikki  qismi  majlisda 



qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan 

taqdirda Umumiy majlis to’la huquqli bo’ladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.

 

23. Fanlar akademiyasining Hay’ati maxsus qaror bilan chet elda xizmat safarida bo’lgan yoki 



salomatligi  tufayli  majlisda  qatnasha  olmaydigan  Umumiy  majlis  a’zolarini  ovoz  berayotganda 

hisobdan chiqarish huquqiga egadir.

 

24. Umumiy majlis qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining barcha tashkilotlari, a’zolari va 



xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

 

 



IV. FANLAR AKADEMIYASINING

 

AKADEMIKLARI VA XORIJIY A’ZOLARI

 

 

 



25. Fanlar akademiyasnniig a’zolari tarkibiga akademiklar va uning xorijiy a’zolari kiradi.

 

26. Fanlar akademiyasining akademiklari va xorijiy a’zolari bir umrga saylanadilar.



 

27. Fanlar akademiyasining akademiklari ilm-fanni jahon andozalari talablari darajasida yuksak 

ilmiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ilmiy  ishlar  bilan  boyitgan,  ilmiy  jamotchilik  tomonidan  tan  olingan 

ilmiy  maktab  yaratgan,  ilmiy  yutuqlari  mamlakatning  intellektual  va  iqtisodiy  salohiyatini 

rivojlantirish  va  kuchaytirishga  javob  beradigan,  yoshi  65  dan  oshmagan  O’zbekiston  Respublikasi 

fuqarolari bo’lgan fan doktorlaridan saylanadi.

 

28.  Fanlar  akademiyasining  xorijiy  a’zolari  ilmiy  yutuqlari  jahon  va  mamlakat  ilm-fani, 



O’zbekiston  Respublikasi  xalq  xo’jaligi  va  madaniyati  rivojiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatgan,  xalqaro 

hamkorlikka,  tinchlik,  barqarorlik  ishiga  va  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotga  salmoqli  hissa  qo’shgan 

xorijiy fuqarolardan saylanadi.

 

29.  Fanlar  akademiyasi  a’zoligiga  saylovlar  ushbu  Ustav  hamda  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati 



tomonidan tasdiqlangan saylovlar to’g’risidagi Nizom asosida o’tkaziladi.

 

 



V. FANLAR AKADEMIYASI AKADEMIKLARINING

 

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

 

 

30. Fanlar akademiyasi akademigining majburiyatlari:



 

ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi, ularning istiqbolli va ilg’or yo’nalishlarini shakllantiradi 

va o’zi saylangan fan sohasi ilmiy darajasini yuksaltirish uchun mas’uldir;

 

yuqori  malakali  ilmiy  kadrlar  va  mutaxassislar  tayyorlash  ishlarida,  ilg’or  ilmiy  maktablarni 



shakllantirish 

va 


rivojlantirishda 

bevosita 

ishtirok 

etadi;   

ilmiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirishda,  yuqori  malakali  ilmiy  kadrlar  tayyorlashda  shaxsan  erishgan 

yutuqlari,  ilmiy  asarlarini  o’z  ichiga  olgan  ilmiy  va  ilmiy-tashkilotchilik  faoliyati  haqidagi  yillik 

hisobotni  hamda  o’zi  saylangan  fan  sohasini  rivojlantirishga  oid  taklif  va  tavsiyalarni  har  yilda 

Fanlar akademiyasiga taqdim etadi;

 

Fanlar  akademiyasi  Hay’ati,  Fanlar  akademiyasi  prezidenti,  vitse-prezidentlari  va  bosh  ilmiy 



kotibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi.

 


31. Fanlar akademiyasi akademigining huquqlari:

 

Fanlar 



akademiyasi 

ilmiy 


muassasalarida 

ilmiy-tadqiqot 

ishlarini 

bajarish;   

Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan o’tmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;

 

o’zining ilmiy asarlarini nashr etish;



 

Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida ko’rib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy 

masalalarni 

kiritish 

va 

ularning 



muhokamasida 

ishtirok 

etish;   

belgilangan tartibda akademiklikka nomzodlar ko’rsatish;

 

vitse-prezidentlar  huzuridagi  Ilmiy  kengashlar  faoliyatida,  ular  fanning  qaysi  yo’nalishiga 



taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish;

 

vitse-prezidentlar  huzurida  ilm-fanning  dolzarb  yo’nalishlari  bo’yicha  muayyan  Ilmiy 



kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish;

 

Fanlar akademiyasining akademiklari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar 



oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.

 

O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  akademiklari  O’zbekiston  fuqaroligini  boshqa 



mamlakat  fuqaroligiga  belgilangan  tartibda  almashtirgan  taqdirda  Akademiyaning  xorijiy  a’zolari 

tarkibiga o’tadi.

 

Fanlar  akademiyasining  xorijiy  a’zolari  akademiklarga  tegishli  barcha  huquqlardan 



foydalanadilar.  Akademiyaning  rahbariyatiga  saylanish,  akademiklarni  saylashda  ovoz  berish, 

akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasnodir.

 

 

VI. FANLAR AKADEMIYASINING AKADEMIKLARI VA XORIJIY



 

A’ZOLARINI SAYLASH TARTIBI

 

 

 

32.  Fanlar  akademiyasi  a’zoligiga  vakant  va  yangi  ochiladigan  o’rinlarni  hamda  saylovlar 



o’tkazish  muddatlarini  Akademiya  Hay’ati  tavsiyasiga  binoan,  ilm-fan  sohalarining  turli 

yo’nalishlarida  mavjud  ehtiyojlarni  hisobga  olgan  holda,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi belgilaydi.

 

Fanlar  akademiyasi  Hay’atining  akademiklar  safiga  saylovlar  o’tkazilishi  haqidagi  xabari 



saylovlar o’tkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida e’lon qilinadi.

 

33.  Fanlar  akademiyasining  xorijiy  a’zolari  Hay’atning  taqdimnomasiga  binoan  Fanlar 



akademiyasining Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yo’li bilan saylanadi.

 

34.  E’londa  ko’rsatilgan  ixtisosliklar  bo’yicha  akademiklikka  nomzodlar  ko’rsatish  huquqi 



akademiklar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlariga beriladi.

 

35.  Ilmiy-tadqiqot  va  oliy  ta’lim  muassasalari  tomonidan  nomzodlar  ko’rsatish  ilmiy  (ilmiy-



texnika)  kengashlar  majlislarida  yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  o’tkaziladi.  Ovoz  berishda 

qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka ko’rsatilgan hisoblanadi. Ovoz 

berishda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.

 

Akademiklikka  nomzodlar  ko’rsatgan  muassasalar  nomzodlarning  ilmiy  va  ilmiy-



tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi xujjatlarni o’rnatilgan tartibda Fanlar akademiyasining kadrlar 

bo’limiga ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi.

 

36.  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati  nomzodlarning  hujjatlarini  ekspertizadan  o’tkazadi,  ularning 



ilmiy  faoliyati  yo’nalishlari  e’lon  qilingan  ixtisosliklarga  mos  yoki  mos  emasligini  aniqlaydi  va 

saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan nomzodlarning ro’yxatini respublika matbuotida saylovdan 

kamida 20 kun oldin e’lon qiladi.

 

Matbuotda  e’lon  qilingan  nomzodlarning  ilmiy  va  ilmiy-tashkilotchilik  faoliyati  haqidagi 



materiallar  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati  tomonidan  Umumiy  majlisning  barcha  a’zolariga 

tanishtiriladi.

 

37. Akademiklikka saylovlar Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq 



yoki yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.

 

Akademiklarni  saylashda  Umumiy  majlisning  barcha  a’zolari  hal  qiluvchi  ovoz  berish 



huquqiga  egadirlar.  Fanlar  akademiyasi  Umumiy  majlisi  ro’yxatidagi  a’zolarning  kamida  uchdan 

ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.

 

38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini 



olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.

 


39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun etarli miqdorda ovoz 

ololmasa, Umumiy majlis uch marta qayta saylov o’tkazish huquqiga egadir.

 

Ovoz  berishda  qatnashganlarning  kamida  uchdan  bir  yoki  undan  ko’p  qismi  qo’llab-



quvvatlagan nomzodlar keyingi ovoz berishlarga qo’yiladi.

 

Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng ko’p ovoz olgan nomzod qo’yiladi.



 

40.  Saylovlarni  o’tkazish  uchun  Fanlar  akademiyasi  Umumiy  majlisi  tomonidan  hisob 

komissiyasi  saylanadi.  Hisob  komissiyasi  saylov  yakunlari  bo’yicha  bayonnoma tayyorlaydi.  Hisob 

komissiyasining bayonnomasi Umumiy majlis tomonidan tasdiqlanadi.

 

41. Fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi a’zolar ro’yxati respublika matbuotida e’lon 



qilinadi.

 

 



 

VII. FANLAR AKADEMIYASI HAY’ATI VA UNING A’ZOLARINI

 

SAYLASH TARTIBI

 

 

 



42.  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati  Akademiya  zimmasiga  yuklatilgan  barcha  vazifalarni  amalga 

oshiruvchi 

tashkiliy-boshqaruv 

organi 


hisoblanadi 

va 


o’z  tasarrufidagi  ilmiy-tadqiqot 

muassasalarining 

faoliyatiga 

bevosita 

ilmiy-uslubiy 

rahbarlik 

qiladi.   

Fanlar akademiyasi Hay’ati tarkibiga prezident, 4ta vitse-prezident (shu jumladan fanlar yo’nalishlari 

bo’yicha 3 nafar va xalqaro aloqalar bo’yicha 1 nafar), bosh ilmiy kotib, mintaqaviy bo’limlar raislari 

kiradi.


 

43.  Fanlar  akademiyasi  prezidenti  lavozimiga  nomzodlar  muqobillik  asosida  akademiklar 

qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashida muhokama etiladi va ma’qul deb 

hisoblangan  nomzod  Fanlar  akademiyasining  Umumiy  majlisiga  saylash  uchun  tavsiya  etiladi. 

Umumiy  majlis  ochiq  ovoz  berish  yo’li  bilan  Fanlar  akademiyasi  prezidentini  saylaydi.  Agarda 

tavsiya  etilgan  nomzod  saylov  natijalariga  ko’ra  Umumiy  majlis  qatnashchilarining  ko’pchilik 

ovoziga ega bo’la olmasa, unda ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashining raisi ikkinchi 

(oxirgi)  tur  saylovlarini  tashkil  etadi.  Bu  holda,  u  dastlab  Umumiy  majlis  a’zolari  va  tasdiqlovchi 

organ  bilan  tegishli  konsultatsiyalar  o’tkazadi  hamda  shu  asosda  eng  maqbul  nomzodni  saylash 

uchun  Umumiy  majlisga  tavsiya  etadi.  Fanlar  akademiyasi  Umumiy  majlisi  Akademiya 

prezidentligiga  saylangan  nomzodni  lavozimga  tasdiqlash  uchun  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentiga murojaat qiladi.

 

44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga 



ulkan hissa qÿshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va 

yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashda  katta  xizmat  qilgan  olimlar  qatoridan  ilmiy  tadqiqot 

muassasalari  direktorlarining  Kengashi  bilan  kelishilgan  holda  Fanlar  akademiyasi  prezidentining 

tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yÿli bilan saylanadilar.

 

45. Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi va boshqa mintaqaviy bo’limlari raislari 



lavozim  talablariga  to’liq  javob  beradigan  olimlar  qatoridan  Fanlar  akademiyasi  prezidenti 

tomonidan tayinlanadi.

 

46.  Fanlar  akademiyasining  prezidenti,  vitse-prezidentlari  va  bosh  ilmiy  kotibi  besh  yil 



muddatga va ketma-ket ko’pi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.

 

47. Fanlar akademiyasining Hay’ati o’z faoliyati haqida Umumiy majlisga hisobot beradi.



 

48. Fanlar akademiyasi prezidentining asosiy vazifalari:

 

Fanlar  akademiyasiga  umumiy  rahbarlikni  va  O’zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy,  intellektual 



va  ma’naviy  yuksalishini  ta’minlashga  doir  ilmiy  strategiyasini  amalga  oshiradi,  kundalik 

masalalarni 

operativ 

tarzda 


hal 

etadi;   

Akademiyadagi  ishlarning  ahvoli  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar  Mahkamasi 

va 


Fanlar 

akademiyasining 

Umumiy 

majlisi 


oldida 

shaxsan 


javob 

beradi;   

davlat  yuqori  organlari  oldida  va  halqaro  maydonda  Fanlar  akademiyasi  nomidan  ish  yuritadi  va 

uning manfaatlarini himoya qiladi;

 

Akademiyaning  boshqaruv  apparati  lavozim  vazifalarini  tasdiqlaydi  va  ushbu  vazifalarning 



rahbar xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

 

o’z  huzuridagi  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  direktorlari  Kengashi  faoliyati  uchun  zarur  shart-



sharoitlarni yaratadi hamda uning tavsiyalari va takliflarini ko’rib chiqadi;

 


ilmiy  tadqiqotlarni  rivojlantirish  va  zamonaviy  texnologiyalarni  ishlab  chiqishga,  Fanlar 

akademiyasi  faoliyatining  samaradorligi  va  rivojlanishiga  to’siq  bo’lib  turgan  kamchiliklarning 

bartaraf etilishini ta’minlaydi;

 

rejalashtirilgan  ilmiy  tadqiqotlarning  bajarilishini  nazorat  qiladi  hamda  fan  yutuqlari  va  yangi 



texnologiyalar 

amaliyotga 

o’z 

vaqtida 


tadbiq 

etilishini 

ta’minlaydi;   

ilmiy-tadqiqot  muassasalarning  oliy  ta’lim  muassasalari  va  akademik  litseylar  bilan  samarali 

hamkorligini ta’minlaydi;

 

Fanlar akademiyasining nashr ishlarini va “Fan” nashriyoti faoliyatini nazorat qiladi;



 

ilmiy  kadrlar  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  ishiga  rahbarlik  qiladi;   

Fanlar  akademiyasi  mintaqaviy  bo’limlari  raislari,  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  direktorlarini 

amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib bo’yicha lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, 

shuningdek,  ilmiy-yordamchi  va  xo’jalik  bo’limlari  rahbarlarini  shartnoma  asosida  lavozimga 

tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

 

ilmiy-tadqiqot  muassasalarida  ilmiy  ishlar  bilan  band  bo’lgan  xodimlar  faoliyatini 



erkinlashtirishga,  ularning  ilmiy  tadqiqotlari  samarali  bo’lishiga  yordam  beruvchi  sharoitlar 

yaratilishi, ilmiy jamoalarda ijodiy iqlim tashkil etilishini ta’minlaydi;

 

Fanlar  akademiyasi  kreditlarining  asosiy  boshqaruvchisi  hisoblanadi  va  ularning  to’g’ri 



sarflanishini nazorat qiladi.

 

Fanlar akademiyasi prezidentining topshiriqlari va ko’rsatmalari yuzasidan buyruqlar va yo’riq 



xatlar chiqariladi, rasmiylashtiriladi va tegishli manzilga etkaziladi.

 

 



 

VIII. FANLAR AKADEMIYASINING MINTAQAVIY BO’LIMLARI

 

  



49.  Fanlar  akademiyasining  mintaqaviy  bo’limlari  O’zbekiston  Respublikasining  muayyan 

xududlarida  ilmiy  va  ilmiy-texnikaviy  salohiyatni  rivojlantirish  uchun  tashkil  etiladi.  Mintaqaviy 

bo’limlarni  tashkil  qilish,  qayta  tashkil  qilish  va  tugatish  Fanlar  akademiyasi  Hay’atining  tavsiyasi 

bilan umumiy majlis tomonidan amalga oshiriladi.

 

50. Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limlari o’z faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi 



prezidentiga bo’ysunadi.

 

Mintaqaviy  bo’lim  tasarrufidagi  muassasalarga  rahbarlikni  bo’lim  raisi,  uning  o’rinbosari  va 



bosh ilmiy kotibi amalga oshiradi.

 

51. Mintaqaviy bo’lim raisi o’rinbosari va bosh ilmiy kotibi bo’lim raisining tavsiyasiga binoan 



Fanlar 

akademiyasi 

prezidenti 

tomonidan 

tasdiqlanadi.   

Mintaqaviy bo’limlar raislari Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’ati qarorlari hamda Fanlar 

akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydilar.

 

52.  Mintaqaviy  bo’limlar  o’z  faoliyatlarini  ushbu  Ustav  va  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati 



tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy bo’limlar Nizomlari asosida olib boradi.

 

 



 

IX. FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOG’ISTON BO’LIMI

 

  



53. Qoraqalpog’iston bo’limi o’z faoliyatini ushbu Ustav va Qoraqalpog’iston bo’limi 

Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga bo’ysunadi. 

Bo’lim  muassasalariga  ilmiy-uslubiy  rahbarlikni  uning  Hay’ati  amalga  oshiradi.  Uning 

tarkibiga bo’lim raisi, raisning o’rinbosari va bosh ilmiy kotib kiradi.

 

54.  Qoraqalpog’iston  bo’limi  raisining  o’rinbosari  va  bosh  ilmiy  kotibi  Fanlar  akademiyasi 



prezidenti  tomonidan  Qoraqalpog’iston  bo’limi  raisining  tavsiyasiga  binoan  5  yil  muddatga 

tayinlanadi.

 

Qoraqalpog’iston  bo’limi  o’z  bo’limiga  ajratilgan  akademiklarning  vakant  o’rinlariga 



nomzodlarni  muhokama  qiladi  va  sohalar  bo’yicha  saylash  uchun  o’z  tavsiyasini  Fanlar 

akademiyasining prezidentiga beradi.

 

Qoraqalpog’iston  bo’limining  Hay’ati  Fanlar  akademiyasining  Umumiy  majlisi  va  Hay’ati, 



bo’lim  umumiy  majlisi  qarorlarining  hamda  Fanlar  akademiyasi  prezidenti  buyruqlarining 

bajarilishini ta’minlaydi.

 

Qoraqalpog’iston  bo’limining  Hay’ati  o’z  faoliyatida  Fanlar  akademiyasi  Hay’atiga 



bo’ysunadi.

 


55. Qoraqalpog’iston bo’limining Nizomi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

 

 



X. FANLAR AKADEMIYASINING ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI

 

 



 

56.  Fanlar  akademiyasining  ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-ishlab  chiqarish  faoliyati  uning  ilmiy-

tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.

 

57.  Ilmiy-tadqiqot  muassasasi  o’zining  ilmiy-tashkiliy  faoliyatini  tegishli  fanlar  yo’nalishlari 



bo’yicha vitse-prezidentning xizmati bilan birgalikda olib boradi. Bunda vitse-prezidentning asosiy 

vazifasi  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  faoliyatini  muvofiqlashtirib  borish  va  unga  samarali  ko’mak 

berishdan iborat bo’ladi.

 

58.  Ilmiy-tadqiqot  muassasasi  rahbari  mutasaddi  vitse-prezident  tavsiyasi  bilan  Fanlar 



akademiyasi  prezidenti  tomonidan  yirik  olimlar  -  fan  doktorlari  orasidan  amaldagi  qonunchilik  va 

belgilangan  tartib  bo’yicha  shartnoma  asosida  5  yilgacha  muddatga  tayinlanadi.  Ilmiy-tadqiqot 

muassasasi  direktori  o’zi  rahbarlik  qilayotgan  ilmiy  muassasaning  faoliyati  uchun  shaxsan 

javobgardir.

 

59. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (fan doktori yoki 



nomzodi), ilmiy kotibi (fan doktori yoki nomzodi) mutasaddi vitse-prezident bilan kelishilgan holda 

ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi. 

 

Direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari 



direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi Nizomiga muvofiq belgilanadi.

 

Ilmiy-tadqiqot  bo’linmasi  (ilmiy-tadqiqot  muassasasi  bo’limi,  laboratoriyasi)  mudiri,  odatda, 



ilmiy-tadqiqot  muassasasi  ilmiy  kengashi  tanlovidan  o’tgan  fan  doktorlari  qatoridan  direktor 

tomonidan tayinlanadi.

 

60. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida laboratoriya (bo’lim) mudirlarining Kengashi 



tuziladi.  Kengash  maslahat  organi  sifatida  ushbu  Ustav  va  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  direktori 

tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.

 

61.  Ilmiy-tadqiqot  muassasalari  ushbu  Ustav  va  Fanlar  akademiyasi  Hay’ati  tomonidan 



tasdiqlangan nizomlarga muvofiq ish yuritadilar.

 

 



 

XI. FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI

 

  



         62. Fanlar akademiyasi faoliyatining iqtisodiy asosini uning tarkibidagi barcha 

muassasalarga davlat tomonidan cheklanmagan muddatga foydalanish va tasarruf qilish uchun 

berilgan asosiy fondlar, Akademiyaning o’zi yaratgan mol-mulk va intellektal mulk mahsulotlari 

hamda boshqa mol-mulklar tashkil etadi. 

Fanlar  akademiyasining  asosiy  fondlari  va  boshqa  mol-mulklarini  uning  roziligisiz  yoki 

amaldagi qonunchilikka zid ravishda begonalashtirish yoki qayta tuzish mumkin emas.

 

63.  Fanlar  akademiyasining  faoliyati  davlat  byudjeti  va  belgilangan  tartibda  jalb  qilingan 



byudjetdan tashqari mablag’lar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarish va intellektual mulk 

mahsulotlarini  sotishdan  keladigan  daromadlar,  homiylarning  beg’araz  badallari  va  boshqalar) 

asosida yuritiladi.

 

Davlat  byudjetidan  ilmiy  tadqiqotlarni  olib  borishga  ajratilgan mablag’lar  Fanlar akademiyasi 



orqali bevosita uning muassasalariga etkaziladi.

 

64.  Ilmiy-tadqiqot  muassasalari  ularga  ajratilgan  mablag’larning  sarf-xarajatini  amaldagi 



qonunchilik va belgilangan tartibda tasdiqlangan harajatlar smetasi asosida mustaqil ravishda amalga 

oshiradilar.

 

65.  Fanlar  akademiyasi  tarkibidagi  xo’jalik  yurituvchi  muassasalar,  birlashmalar,  ilmiy-



tadqiqot tashkilotlari o’z xo’jalik faoliyatlarini amaldagi qonunchilik va ushbu Ustav asosida amalga 

oshiradilar.

 

66.  Fanlar  akademiyasi,  uning  tasarrufidagi  tashkilotlar  va  muassasalar  amaldagi  qonunchilik 



asosida aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari bo’lish 

huquqiga  egadirlar.  Ular  ushbu  faoliyatlarida  ilmiy  ishlanmalar  maxsulotlarini,  ilmiy-texnika  va 

reklama-tijorat  xizmatlarini  ichki  va  tashqi  bozorda  sotishdan  olinadigan  foydaga  egalik  qilish  va 

tasarruf etish bo’yicha huquq sub’ektlari hisoblanadilar.

 


Fanlar  akademiyasi  tashkilotlari  va  muassasalari  byudjetdan  tashqari  mablag’lar  hisobidan 

amaldagi  qonunchilikka  zid  bo’lmagan  turli  sohalar  bo’yicha  o’zining  Nizomlariga  binoan  faoliyat 

yuritish huquqiga ega.

 

67.  Davlat  byudjetidan  mablag’  bilan  ta’minlanadigan  ilmiy  tadqiqotlar  natijalari  bÿyicha 



hisobotlar,  Fanlar  akademiyasi  olimlari  va  ilmiy-tadqikot  muassasalarining  mualliflik  huquqini 

himoya  kilish  normalariga  rioya  etish  asosida,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qÿmitasiga topshiriladi.

 

68. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari va mutaxassislari shu 



muassasalarda  yaratilgan  intellektual  mulk  natijalariga  nisbatan,  amaldagi  qonunchilik  va 

belgilangan tartibga binoan, mualliflik huquqiga ega bo’lgan sub’ektlar hisoblanadilar.

 

Fanlar  akademiyasining  muassasalari,  tashkilotlari  va  boshqa  bo’linmalari,  amaldagi 



qonunchilik va belgilangan tartib asosida, shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulkka va uning 

ob’ektlariga (ilmiy tadqiqotlar natijalari, "nou-xau", tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, 

sanoat  namunalari,  selektsiya-urug’chilik  yutuqlari  va  boshqalarga)  nisbatan  egalik  qilish, 

foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega.

 

69.  Fanlar  akademiyasi  o’z  mablag’lari  va  o’z  tasarrufidgi  muassasalarining  xo’jalik  hamda 



tadbirkorlik  faoliyatlaridan  olinadigan  daromadning  bir  qismi,  shuningdek,  jalb  qilingan  boshqa 

mablag’lar  hisobiga  maxsus  moliya  va  innovatsiya  fondlarini  (ilmiy-texnika  va  ijtimoiy 

rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlarni) tashkil etish huquqiga ega. Bunday 

fondlarni tashkil etish va ularning mablag’larini sarflash tartibi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab 

chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan maxsus Nizomga muvofiq 

amalga oshiriladi.

 

 

 



XII. FANLAR AKADEMIYASINING ALOHIDA HUQUQLARI

 

 



 

70. Fanlar akademiyasi olimlarning, adabiyot, madaniyat va san’at arboblarining qo’lyozmalari 

va arxivlarini, shuningdek, o’z muassasalarining fan tarixi uchun ahamiyatli bo’lgan arxiv va boshqa 

materiallarini saqlash huquqiga ega.

 

71.  Fanlar  akademiyasi  boshqa  mamlakatlarning  ilmiy  muassasalari,  oliy  ta’lim  muassasalari, 



kutubxonalari, muzeylari, nashriyotlari bilan matbaa nashrlarini ayirboshlash huquqiga ega.

 

 



XIII. FANLAR AKADEMIYASI USTAVINING AMALDA BO’LIShI  VA UNI 

O’ZGARTIRISH TARTIBI

 

 



 

72.  Fanlar  akademiyasining  Ustavi  Umumiy  majlis  tomonidan  qabul  qilinadi  va  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  tasdiqlanadi.  Fanlar  akademiyasining  Ustavi 

tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.

 

73.  Fanlar  akademiyasi  Ustaviga  o’zgartirish  kiritish  Umumiy  majlisning  qaroriga  muvofiq 



amalga oshiriladi. Bu o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 

tasdiqlanadi.

 

  

 



Ustav Fanlar akademiyasining                                 Ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar 

        2000 yil 19 maydagi Umumiy                                                     2011 yil 29 aprelda 

            majlisida qabul qilingan                                                  Umumiy majlisda kiritilgan 

 

 



Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga murojaat 

qilishingiz mumkin, tel:.233-59-86, e-mail: 

analytic@academy.uz

 

  



 

Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling