- unumdorlik: RAID ko‘plab disklar bo‘ylab o‘qish va yozishda yuqori
unumdorlik darajasiga ega.
Disklarning ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga
asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar o‘lchamining bir xil bo‘lishini
talab etmaydi. Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi:
- bloklash: ma’lumotlar ko‘plab bloklarga ajratiladi. Mazkur bloklar
keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Bloklash ma’lumotlarni saqlanishini
yaxshilaydi.
- akslantirish: akslantirish ma’lumotlarning nusxalanishini va RAID bo‘ylab
uzluksiz saqlanishini amalga oshiradi. Bu usul xatoga bardoshli va amalga
oshirilishining yuqori darajasiga ega.
- nazorat qiymati: nazorat qiymati ma’lumotlar bloki yaxlitligini tekshirish
funksiyasini amalga oshirishda bloklash funksiyasidan foydalanadi. Disk
buzilganida nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida ma’lumotlarni
tiklashga harakat qiladi.
RAID tizimlari sathga bog‘liq holda o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: