Vazirligi muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik fakulteti
Download 74.13 Kb. Pdf ko'rish
|
yaxshil mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xoʻjaligi
Qozog’iston haqida ma’lumot
Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Ostona shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Ostona, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qoragʻandi va Oqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9- oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hisoblanadi.Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi. Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi. Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat.Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7- oktabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954—1960-yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda gʻallachilik bilan birga goʻshtjun qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zigʻir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi. Download 74.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling