Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy tiklanishning manaviy muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Davlatning bosh islohotchiligi
- 4.Kuchli ijtimoiy siyosat
- 5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqichligi tamoyili
- 1.2.Madaniy hayot va uning milliy tiklanishdagi ahamiyati.
“O’zbek modeli”ning tamoyillari: 1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va u mafkuraviy holatlardan xoli (bu degani): 1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 2) Bahoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish. 3) Bozor infratuzilmasini shakllantirish. 4) Aholini ijtimoiy himoyalash.
1) Davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi. 2) Iqtisodiyotni ijtimoiy sohaga yo’naltiradi. 3) Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratadi. 4) Iqtisodning erkinlashtirilishini ta’minlaydi. 5) Ijtimoiy muammolarni hal qiladi. 6) Ishbilarmonlik, tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashadi. 7) Ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy muammolarni bartaraf qiladi.
1) Qonun ustuvorligi tamoyili sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bog’liq. 2) Qonun oldida hammaning tengligi. Yuridik va jismoniy shaxslar o’z ish faoliyatini qonun asosida bajarishi. 3) Davlat hokimiyatining bo’linish tamoyili, mustaqilligini ta’minlash. 4.Kuchli ijtimoiy siyosat: 1) Aholini ish bilan ta’minlash (Bu 3 ta sektorning: davlat, xususiy va nodavlat sektorining vazifasi). 2)
Daromad siyosatini yuritish: pul daromadi. 3)
Ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni ta’minlash. 4)
Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish. 5)
Xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash. 6)
Har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyat yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlash. 5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqichligi tamoyili: 1) Bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan amalga oshirish (―SHoka terapeya‖ usuli (yo’li) keskinlikka olib kelishi mumkin). Bu Osiyo taraqqiyot yo’liga yaqin. 2) Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham
berib, asta-sekin boshqaruvning demokratik, erkin iqtisodiy boshqaruviga o’tish. 3) ―Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmas‖lik. 4) Kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish. 5) Odamlarning qashshoqlanishiga yo’l qo’ymaslik. 6) Jamiyat siyosiy sohasini, davlat va jamiyat qurilishini asta-sekin isloh qilish.
Uzoq vaqt qaramlikni boshidan kechirgan va o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilib, ma’naviy qashshoqlashtirilgan xalqimizning milliy tiklanish yo’lidagi sa’y-harakatlari qiyinchilik bilan amalga oshirildi. Mana shunday murakkab va qiyin sharoitda xalqimiz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanishga majbur bo’ldi. Milliy va ma’naviy tiklanish jarayonida bizga qo’shni va do’st bo’lgan mamlakatlarning qo’llab-quvvatlashi hamda ko’magi ham katta rolь o’ynadi. Bunday mas’uliyatli jarayonda barcha taraflarning manfaatlariga mos keladigan hamkorlikni kuchaytirish, haqiqiy ko’mak qo’lini cho’zgan davlatlarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayondagi xatoliklar keyinchalik qandaydir davlatlarning qarzdorlik sirtmog’iga tushib qolishga sababchi bo’lishi mumkin. Biz bugun mustaqillikning dastlabki yillariga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar jarayoniga, taraqqiyotning o’zbek modelidagi barcha tamoyillarida ma’naviy mezonlar doimo hal qiluvchi omil bo’lib kelganligini ko’rish mumkin. Ma’lumki, 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali- taqsimot tizimidan voz kechib, ―O’zbek modeli‖ deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi 1 .
emas, u istiqlol sharofati mustaqillik natijasidir. Mustaqillik davrida ―O’zbek modeli‖ tamoyillari asosida juda katta yutuqlarga erishdik. I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, ―Mustaqillik biz uchun nafaqat iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berdik‖ 2 .
modeli bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birlarini inkor etmaydi, aksincha, o’zaro bog’lanib, bir-birlarini to’ldirib turadi. Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonidagi bunday bog’liqlikning ahamiyati katta ekanligini yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlaridan bilsak bo’ladi: ―Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o’z hayotini aynan ana shunday dialektik bog’liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan
1 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2010. – B.3. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 68-b. taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi‖ 1 . Jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda milliy-ma’naviy tiklanish yo’lida bunday bog’liqlikni va aloqadorlikni kuchaytirish davlatimizning doimo diqqat markazida turibdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy hayotini yuksaltirish maqsadida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining joriy etilishi tufayli fuqarolarimizning tafakkuri va dunyoqarashida katta o’zgarishlar paydo bo’ldi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfi shakllanib, tadbirkorlik va kichik biznes, o’rta sinf uchun imkoniyatlar yaratib berildi. O’zbekiston taraqqiyotining maqsadi esa jamiyatda ijtimoiy adatsizlik hukm surmaydigan, barcha fuqarolarning farovon hayotiga erishishidan iboratdir.
1.2.Madaniy hayot va uning milliy tiklanishdagi ahamiyati. Har qanday sharoitda ham barcha millat va xalqlar o’zining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga muhtojlik sezadi. Ma’naviyat – inson uchun mavjudlik belgisi. Ma’naviy boylik – u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o’ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir. Ma’naviyati yo’q xalqning o’zi yo’q. SHu bilan birga har bir xalq ma’naviyati ham bir xil darajada emas. SHu o’rinda mamlakat yurtboshisining «biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz», -degan fikrlarida juda mantiq va ma’no bor. Biroq, sho’rolar mustabid tizimi sharoitida o’zbek milliy madaniyati haddan ortiq darajada ko’p zarar ko’rdi. Barcha mustamlakachilik kabi kommunistik mafkura maddohlari ham o’zbek xalqini qul qilish uchun eng avvalo shu xalqning milliy madaniyatini yo’q qilishga zo’r berdilar. Ta’kid etish joizki, ma’naviy madaniyati yuksak, uning ildizlari baquvvat xalqning ijtimoiy ongidan shu xalq madaniyatini hech qachon tamomila yo’q qilish mumkin emas. To’g’ri mustamlakachiliklar natijasida o’zbek madaniyatiga katta zarar yetkazildi, uning ma’naviy ildizlarini qirqib tashlashga urinildi. Lekin ular buning uddasidan chiqa olmadilar. O’zbek xalqi katta yo’qotishlarga qaramasdan o’zligini, o’z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Bunga yaqin va uzoq tarix guvohdir. Endigi vazifa – ma’naviy hayotdagi barcha yo’qotishlarning o’rnini qoplashdan iborat bo’ldi. Bu narsa xalqimizning ma’naviyat va ma’rifatga muhtojligi va uning tansiqligi bilan belgilandi. Kishining o’zligini anglashi, o’z sha’nini himoya qila olishi va barcha yomonliklardan o’zini tiya olishi uchun orif bo’lmog’i, qalbining tubida, jinday bo’lsada, ma’rifat shamchirog’i yonib turmog’i lozim. Ana shunda odam gunohdan hazar qilish, barcha ne’matlardan aql-idrok va insof doirasida foydalanish yo’lini tutadi. Nojo’ya xatti-harakatlari uchun tavba-tazarru qilish zarurligini anglay boshlaydi. O’zbek xalqi aynan shu yo’ldan bordi, o’z milliy-tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko’rsata bildi. Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo’qotilgan, taptalangan madaniy merosni tiklash, o’zligini anglashga bo’lgan rag’batni
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 69-b. uyg’otdi. Istiqlol yillarida o’zbek madaniy hayoti uyg’ondi, jonlandi va o’zining butun mavjud bo’y-bastini ko’rsata bildi. Teatr, musiqa san’ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy- ma’rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi. Ayniqsa, teatr san’atining rivoji gullab yashnadi. Bu bejiz emasdi, zero mustamlakachilik davrida
teatrlar kommunistik mafkuraning xizmatkoriga aylangan, siyosiy maqsadlarnigina bajaruvchi kuchga aylangan edi. SHu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o’rniga ularning ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor qaratildi. Hozirgi sharoitda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 36 ta dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qo’g’irchoq teatrlari va ana shunday vazifalarni bajardilar. 1998 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Unga binoan, O’zbekiston tomosha san’atining ko’p asrlik an’analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohatlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash, respublika Madaniyat ishlari vazirligi teatr tashkilotlari negizida va teatr arboblari uyushmasida badiiy zamonaviy sahnabop asarlar yaratish maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijldiy xodimlari uyushmasi qoshida «O’zbekteatr» ijodiy-ishlar chaqirish birlashmasi tashkil etildi. «O’zbekteatr» birlashmasi o’zining teatr tashkilotlari hamda mintaqaviy bo’limiga ega bo’lib, mulkchilik shakllaridan va qandaydir muassasaga idoraviy daxldorligidan qat’i nazar mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr studiyalarida xalq teatrlari va boshqa tegishli tashkilotlar jamoalarini ixtiyoriy tartibda birlashtirdi. Mamlakatimiz hukumati qo’shiqchilik san’atidan mustaqillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e’tiborni kuchaytirdi. SHu maqsadda 1995 yil dekabrda «O’zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi qo’shiqlar ko’rik tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda katta ko’tarinkilik ruhida o’tkazildi va uning natijasida yuzlab
yangi, mustaqillik davri qo’shiqlari yaratildi, ko’plab iste’dodli san’atkorlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq ko’rik-tanlovining 1996 yil mart oyida bo’lib o’tgan birinchi bosqichida 54 mingdan ortiq san’atkorlar ishtirok etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi. Qayd etish lozimki, mazkur tanlov istiqlolni, Vatanni, o’zligini anglashda muhim qadam bo’ldi. Xalqimizning bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo’ldi. Bularning barchasini e’tiborga olib, 1996 yil avgustda «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami haqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas Vatan tuyg’usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo’shiqlarining yaratilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni, deb belgilab qo’yildi. Ayni paytda, xalqimizning qo’shiqchilik san’atiga bo’lgan buyuk qiziqishini e’tiborga olib. Madaniyat ishlari vazirligi
huzurida «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi tashkil etildi. Natijada mazkur ko’rik-tanlov hozirda ommaviy tus oldi, unda nafaqat o’zbek milliy, shu bilan birga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa barcha xalqlar vakillarining erkin ijod qilishi, o’z san’atlarini namoiy etish imkoniyati yaratildi. Professional va xalq badiiy ijodiyoti asosida san’atning qo’shiqchilik turiga teng e’tibor berilishi, ularning uyg’un rivojlanishiga sharoit yaratilishi tufayli mazkur san’at turi yanada rivoj topmoqda. Ma’lumki, O’zbekistonda jahon tsivilizatsiyasida alohida o’ringa ega bo’lgan buyuk moddiy madaniyat yaratildi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan allaqachon e’tirof etilgan. Biroq, sho’rolar mustabid tizimi davrida O’zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar yetkazildi. Minglab noyob madaniyat durdonalari, asori-atiqalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt-Peterburg muzeylariga tashib ketildi. Milliy o’zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini e’tiborga olib, mustamlakachilar iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamsitishga harakat qildilar. Ammo, mustaqillik bunday jirkanch siyosatga barham berdi. Istiqlolning dastlabki davrlaridanoq muzeylar, qo’riqxonalarning o’rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat berildi. Ma’lumki hozirda birgina Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 68 ta muzey mavjud bo’lib, bular 21 ta o’lkashunoslik, 10 ta badiiy, 14 memorial, 5 ta adabiy-memorial, 7 ta badiiy, 1 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir. SHu bilan birga Samarqandda Davlat muzey-qo’riqxonasi, Buxoroda Davlat muzey-qo’riqxonasi, Hivada «Ichon-Qal’a» davlat muzey-qo’riqxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat saqlanmoqda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. SHu yilning o’zida o’zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi. O’zbekiston hukumati xalqimizning o’z milliy o’zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e’tiborga olib, 1994 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari to’g’risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarorlarni e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyati tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida «O’zbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, o’zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali tasis etildi. Ko’rilgan barcha tadbirlar natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati ancha ortdi, ularning o’zbek xalqi milliy o’zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’tibor xorijlik fuqorolarning O’zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’lgan qiziqishini oshirdi. Istiqlol o’zbek xalqiga o’z milliy adabiyotini qaytarib berdi. Kommunistik mafkuraning jarchisiga aylangan «sovet adabiyoti» vayronlari o’rniga paydo bo’lgan o’zbek milliy adabiyoti tezlikda o’zining qaddini ko’tardi, partiyaviylik, sinfiylik kabi xatto metodologik asoslardan voz kechila boshlandi. Mumtoz
adabiyotga munosabatda diniy-adabiy, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va bir millat adabiyotini reaktsion va progressiv deb ikkiga bo’lib o’rganishdek hatto nazariy cheklashlarning daf etilishi milliy adabiyotning xolisona baholanishiga imkon yaratdi. Diniy manbalarning, jadid adabiyotining siyosiy-mafkuraviy aqidalarsiz o’rganilishiga nisbatan bo’lgan munosabatning ijobiy hal etilishi jamiyatni ma’naviy jihatdan barqarorlashtirishga shart-sharoitlar yaratdi. SHunday
qilib, mustaqillik O’zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun zamin yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o’zgartirdi. Istiqlol tufayli ma’naviy turmushimizdagi ko’plab muammolar hal etila boshlandi. Qurilayotgan demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat, bozor munosabatlariga o’tish, jahon hamjamiyati bilan mafkuraviy tazyiqlarsiz o’zaro hamkorlik qilish imkoniyati O’zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O’zbekiston, o’zbek xalqining dunyodagi o’ziga xos va mos o’rni borligi, uning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan bebaho xissasining e’tirof etilishi tufayli ma’naviy hayotning gullab-yashashi uchun mustahkam zamin yaratildi.
11.BOB. Milliy qadriyatlarning milliy tiklanishda tutgan o’rni. 2.1 Umuminsoniy kadriyatlar va ularning jahon hamjihatligini mustahkamlashdagi ahamiyati Uzbekiston uz mustakilligini kulga kiritgandan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari katori ma’naviy hayotimizda ham ulkan uzgarishlar ruy bermokda. Biz barpo etayotgan davlat avvalo umumjahon tsivilizatsiyasiga, davlat kurilishi sohasida tarakkiy etgan boshka xalklar erishgan tajribalarga va uzimizga xos milliy an’analarga, ijtimoiy kadriyatlarga asoslanmokda. Talabalarga milliy kadriyatlar ma’naviyati asoslarini ukitish gumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlardan dars beruvchi professor-ukituvchilar zimmasida ekanligi, ularga bu sohada muntazam uslubiy yordam kursatib turilishi kerakligi bois kullanmaga aynan shu mavzudagi bir nechta mavzular kiritildi. Yoshlarimizni ma’naviy barkamol insonlar kilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishda mazkur kullanma yakindan yordam beradi, degan umiddamiz. Yoshlarimiz xalkona, umuminsoniy kadriyatlardan nechog’lik kup sabok olsalar, ularning tafakkurlari boyib, akl-idroklari charxlanib boradi. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu kullanmada milliy va umuminsoniy kadriyatlarning mohiyati, ularning jamiyatimizni yangilashdagi, inson ma’naviy barkamolligi, dunyokarashi, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi urni, milliy, umuminsoniy kadriyatlarning mushtarakligi, milliy kadriyatlarimizning jahon hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi masalalarni baholi kudrat yoritib berishga harakat kilingan. Kullanma «Milliy kadriyatlar tushunchasi va ularning ijtimoiy ahamiyati», «Kadriyatlarning jamiyatdagi urni», «Umuminsoniy kadriyatlar va ularning jahon hamjihatligini mustahkamlashdagi ahamiyati», «Savollar va test topshiriklari»ni uz ichiga kamrab olgan. Kullanma oliy va urta mahsus ukuv yurtlari talabalari, maktab ukuvchilari, milliy madaniyat, ma’naviyat, kadriyatlar bilan kizikuvchilar uchun muljallangan.
«Milliy kadriyatlar» tushunchasi va ularninng jamiyat hayotidagi urni Uzbek sovet entsiklopediyasida kadriyatga shunday ta’rif berilgan: «Kadriyat - vokelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini kursatish uchun kullaniladigan tushuncha. Kadriyatlarni mazmuni va xarakteriga kura progressiv va reaktsion tiplariga ajratish mumkin». Kadriyatlar muayyan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining hakikiy yoki
ideal ne’matlari bulgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyatidir. Bu ne’matlarning kadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni kadrlaydilar, chunki bu kadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. SHuning uchun ham kishilar uz tasarruflaridagi kadriyatlarni himoya kiladilar va uzlari uchun maksad va ideal bulgan kadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Kadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning uzidir, chunki hayotdan mahrum bulish kolgan barcha kadriyatlardan foydalanishni yukka
chikaradi. Kadriyatlar uzining mohiyatiga kura bir necha turga bulinadi. Inson va uning hayoti eng oliy kadriyat hisoblanadi. Inson yuk joyda biron narsaning kadr - kimmati hakida suzlash joiz emas. SHuning uchun ham inson kadr – kimmatini e’zozlash uning turmushini yaxshilash, bilim va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’ligini saklash, hayotini himoya kilish davlatimiz siyosatining asosiy yunalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ruy berayotgan tub uzgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti tuk, boy, guzal bulishi, inson uzini chinakam erkin his etishi, uz mehnati natijasining, uz takdirining, uz mamlakatining egasi bulishini ta’minlashga karatilgandir Vatan mehri oliy kadriyatdir. Uz Vatanini sevmagan millatning, kadriga yetmagan kishi uzganing ham, bashariyatning ham, kurrai zamin obodligining ham kadriga yetmaydi. Vatanga sadokat - hakikatga sadokatning, millatga mehr, ahli basharga mehrning ibtidosidir. Busiz na adolat g’alaba kiladi, na hakikat yuzaga chikadi, na insonning uz shaxsiga extiromi shakllanadi. CHunki Vatan mehrini yukotgan shaxs oyog’i tagidagi zaminni yukotadi, guyo tayanchsiz muallak koladi. Vatanga muhabbat ajdodlar merosiga kizikish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, uz shaxsiy salohiyatiga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg’ularini tarbiyalaydi. Demak, mustakillik ma’naviyati ona-yurtga muhabbatdan, millat manfaatlariga sadokatdan boshlanadi, har bir shaxsning uz ichki imkoniyatlarini Vatan manfaati yulida unumli rivojlantirishi bilan namoyon buladi, unda milliy ma’naviy merosdan mukammal bahramandlikka intilish, umumbashariy kadriyatlardan og’ishmaslik, ilg’or tajribalarni ijodiy uzlashtirish ishtiyoki tug’iladi. Kadriyat keng kamrovli, kup ma’noli, hikmatli suzdir. Uz kadrini bilgan kishigina boshkalarning kadriga yetadi. Uz milliy kadriyatlarini hurmat kilgan, e’zozlagan insongina usha xalk vakili, degan ulug’ unvonga sazovor buladi. Milliy kadriyat xalk utmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat tarakkiyotiga, milliy axlok - odobga yuksak hurmat belgisidir. Kadriyat insonning ma’naviy ehtiyojini kondirishga hizmat kiladigan, shu bois insoniyat tomonidan kadrlanadigan, madaniy, ma’naviy mafkuraviy, siyosiy, iktisodiy omillarning majmuidir. Eng oliy kadriyat insonning uzidir, lekin shurolar davrida inson kadrlanmadi. Xalkimizning ulug’ farzandlari Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ibn Sino, Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temurlar kadr topmadilar. Alisher Navoiy, Bobur, Ulug’bek, Mashrab, Nodirabegim singari zukko allomalar feodalizm davri namoyandalari deb kamsitildi, ularning boy betakror meroslarini urganish ta’kiklandi. Xalkimizning ma’naviy boyligi hisoblangan «Alpomish» dostoni tayzikka uchradi, Alpomish mehnatkash halk vakili,
olijanob fazilatlarni uzida mujassamlashtirgan kahramon sifatida emas, aksincha, konxur bek, zolim sifatida talkin etildi. «Mukimiy» nomli musikali drama teatri repertuaridan xalk sevib tomosha kiladigan «Alpomish» spektakli olib tashlandi. Mustakillik sharofati tufayli «Suv sayli», «Anor sayli», «Kovun sayli», «Uzum sayli» kabi bayramlarimiz kayta tiklandi. Mazkur bayramlar tukin-sochinlik, farovonlik, tinchlik, osoyishtalik ramzi sifatida, xalk orzulari, istaklari, intilishlari ifodasi sifatida kadrli sanalardi. Kur’oni Karimning uzbek tiliga ugirilishi va nashr ettirilishi katta vokea buldi. Bugungi kunga kelib Abu Iso Muhammad at-Termiziyning «SHamoili Muhammadiya», Nosiriddin Burxoniddin Rabg’uziyning «Kissai Rabg’uziy», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i, Amir Temurning «Temur tuzulari»ning chop etilishi milliy kadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yulida katta yutuk buldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi, Al- Farg’oniyning 1200 yilligi, 1998 yil «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi nishonlandi. Yukorida nomlari zikr etilgan ajdodlarimiz jahon madaniyatiga munosib hissa kushganlar. Insoniyat tarixi, aksiologik nuktai nazardan, muayyan milliy-etnik kadriyatlarning vujudga kelishi, tarakkiyoti va tanazzuli, ularning urniga boshkalari vujudga kelishidan iborat murakkab muammo va jarayonlarni kamrab oladi. Bunday karash g’oyat muhim va dolzarb masalaga, ya’ni millat milliy kadriyatlarining egasi sifatida uz-uzini saklab turmog’i lozim, degan masalaga e’tibor berishga olib keladi. Har bir millat uz kadriyatlarining nafakat yaratuvchisi, balki asrab- avaylovchisi va kelajakka yetkazuvchisi hamdir. Milliy kadriyatlarning saklanishi uchun har bir millatning uzi mas’uldir. Ushbu mas’ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan ma’naviy burchning alohida shaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bulishini anglatadi. Hatto xalk ma’lum bir davrda ozod bulmagan, siyosiy jarayonlar natijasida biron bir imperiyaga vaktincha karam bulganda ham unda uz milliy kadriyatlarini saklash tuyg’usi yukolib ketmaydi. Milliy kadriyatlarning namoyon bulishi va tarixiy rivojlanishda ba’zi jihatlarga e’tibor bermok lozim. Ular: -kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta’minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon buladi, kishilarning ongiga, hayotiga uziga xos tarzda ta’sir kiladi; -millatdoshlarning uzaro munosabatlarida, ijtimoiy faoliyatlarida kuzga tashlanib turadi, ana shu munosabat, faoliyat, maksad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma’naviy asos buladi; -moddiy, ma’naviy, iktisodiy, siyosiy va boshka sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishi kishilar uchun zaruriyat sifatida uziga xos ahamiyat kasb etishi ham mumkin; -ijtimoiy rivojlanish jarayonida uzgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar kashf etib boradi, doimiy yangilanib turadi, shu bilan birga avloddan-avlodga utadi, meros koladi. Bizningcha, milliy kadriyatlarning kuyidagilar bilan bog’lik shakllarini ajratib kursatish mumkin: -millatning tabiiy betakrorligi, uziga xosligi, tarixiy uzgaruvchanligi va ijtimoiy rang-barangligi (genofondi); -millat tarixi, utmishi, kelajagi va ma’naviy merosi; -milliy hudud, moddiy va madaniy yashash sharoitlari; -iktisodiy asos va ijtimoiy ustkurma;
-urf-odatlar, an’analar, marosimlar, turmush tarzi va boshkalardagi milliylik. -milliy til, milliy madaniyat va ma’naviyat, milliy ong va milliy ruh, milliy tuyg’ular va g’oyalar. Milliy kadriyatlar millatning uzi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan utmishdan kelajakka tomon utib turadi. Ular, tabiatiga kura, fakat tor doirada saklanib kolmaydi, balki ravnak topib, turmush jarayonida muttasil yangilanib, boyib boradi. Har bir el, elat, urug’ yoki xalkning urf-odatlarida, ularni bajarishdagi faoliyatida uziga xoslik buladi. Agar ana shu uziga xoslikni usha aholi kadrlasa, ular milliy hayot va ongning bir kismiga aylangan bulsa, buning yomon joyi yuk. Bunday uziga xoslik bilan bog’lik kadriyatlarni boshka joyda, boshkacha tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan ulchash yoki bu masalada boshkalarning hakam bulishi maksadga muvofik emas. Umuminsoniylik tuyg’usi fakat uz xalki kadriyatini ardoklash, kuz-kuz kilishgagina asoslanmaydi. Balki har bir xalk, elat, ulug’ kadriyatlarini hurmat kilishdan boshlanadi. Dunyoda son jihatidan kup yoki kamrok xalk bulishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan kam yoki ortik millat yuk. Har bir millatning uziga xos utmishi, madaniy va ma’naviy kadriyatlari, milliy kahramonlari, boshkalar tomonidan e’tirof etilishi lozim bulgan urf-odatlari, kon- kardoshlik belgilari mavjud. Bu borada umuminsoniylik hamma millat va elatlarning kadriyatlarini asrab-avaylash, tarix tarozusi saklab koladiganlarini hurmat kilish va olamdagi milliy kadriyatlar turli-tumanligining tabiiy xilma-xillik bilan uzviy alokada ekanligini anglashdan iboratdir. Istiklolga erishish mamlakatimizda yashaydigan barcha
millatlarning kadriyatlarini saklash va takomillashtirish uchun katta imkoniyatlar ochdi. Yurtimizda umrguzaronlik kiluvchi fukarolarimiz Uzbekistonning mustakilligini mustahkamlash asosida demokratik jamiyat kurmokdalar. Bu jarayonda umuminsoniy va milliy jihatlarning uyg’unligini ta’minlash ehtiyoji kadriyatlar omilidan yanada unumli foydalanishni zaruriyatga aylantiradi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling