Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
sayfixan islom dinining orta osiyoga yoyilishi va uning mintaqa manaviyatiga tasiri
XULOSA
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E‟tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa hristianlikdan keyin ikkinchi o‟rinda turadi. Hozirda Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 200 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e‟tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo‟lgan. Islom- arabcha so‟z bo‟lib, mazmuni bo‟ysunish, itoat etish, o‟zini Olloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‟pligi “musulmon” deb ataladi. Bu so‟z hozir o‟zbeklarda – musulmon, qirg‟iz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. Umumiy tarzda, Islom – Olloh yagona degan e‟tiqod bilan unga bo‟ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. Islomning paydo bo‟lishi VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma‟naviy hayot bilan bog‟liq holda ro‟y bergan. Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‟larga bo‟linib ketgan bo‟lib, ular o‟rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‟y berib turadi. Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko‟p Hudolilik dinlari mavjud bo‟lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‟inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o‟z dini sanami bo‟lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab qabilalari o‟rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y‟ani arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e‟tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‟usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go‟dak qizlarni tiriklayin ko‟mish odati kabi yomon illatlar bo‟lgan. Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo‟ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‟sha davrni haqli ravishda Johiliya davri deb atagan va undan qutilishning najot yo‟li kerak edi. Arablar VIII asrda O‟rta Osiyoni – Movaraunnahrni bosib oldilar va qattiqqullik bilan islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu jarayon o‟ta qiyin kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o‟ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga turli- tuman kulfatlarni tug‟dirdilar, har xil yo‟llar bilan mahalliy halqlarga zulm va ho‟rliklarni o‟tkazdilar, katta soliqlar soldilar. Ayni paytda arab hukmdorlari islomni qabul qilinganlari uchun turli imtiyozlar yaratdilar, jumladan, ularni juz‟yadan, y‟ani jon solig‟idan ozod qildilar. Shunday qilib bir asrdan kamroq vaqt davomida shimoliy Hitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‟lgan katta hudud zabt etildi va Islom dini keng hududda tarhaldi.
O‟rta Osiyo aholisining arablarga qarshi olib brogan erk va ozodlik kurashi bir yarim asr uzluksiz davom etdi. Ularning bu intilishlari, harakatlari nihoyat IX asrning ohirlariga kelib mintaqada arab halifaligi hokimyatining qulashi bilan yakunlandi. O‟rta Osiyoda IX-XI asrlar davomida markazlashgan mustaqil davlatlar vujudga keldi. Bu – Somoniylar ,Qorahoniylar,G‟aznaviylar, Saljuqiylar va Horazmshohlar davlatidir. Arab halifaligi 632 yildan to 1258 yilgacha , y‟ani 627 yil davom etdi. Undan keyin Misr Abbosiy halifaligi 1261- yildan 1517 – yilgacha, Usmoniylar halifaligi esa 1517 yildan 1924 yilga qadar hukm suradi. Shunday qilib Islom halifaligi jami 1293 yil amal qilib , 1924 – yilda Turkiya jumhuriyatining rahbari Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy majlis Usmonlilar halifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga etdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling