Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Jig‘ildonning yallig‘lanishi (ingluvitis) -


Download 2.16 Mb.
bet33/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Jig‘ildonning yallig‘lanishi (ingluvitis) - katta yoshdagi tovuq, kurka, sesarka va kaptarlarda ko‘pincha yuqumli kasalliklarning asorati sifatida kuzatiladi.
Sabablari. Parrandalarga uzoq muddat buzilgan, chirigan oziqalar (buzilgan go‘sht, baliq uni, mog‘orlagan donlar, barda va boshqalar) berilishi, oziqalarga mineral o‘g‘itlarning aralashib qolishi hamda parrandalarning chiqindi suvlar bilan sug‘orilishi, ayrim hollarda jig‘ildonga mix, igna, mayda shisha siniqlarining tushishi, mineral moddalar va vitaminlarning yetishmovchiligi kasallikka sabab bo‘lishi mumkin.
Belgilari. Umumiy holsizlanish, ishtahaning pasayishi yoki yo‘qolishi, jig‘ildonning yumshoq konsistensiyada bo‘lishi, paypaslanganda og‘izdan chirigan hidli havo kelishi hamda ko‘kimtir - sarg‘ish rangli suyuqlik oqishi kuzatiladi. Yuqumli xarakterdagi ingluvitlarda (o‘lat, xolera) va zaharlanishlarda nisbatan kuchli darajada holsizlanish, toj va sirg‘alarning ko‘kimtir rangda bo‘lishi va ko‘p miqdorda o‘lim kuzatiladi.


65




Diagnoz. Patalogoanatomik yorib ko‘rish va jig‘ildon massasida toksikologik tahlil o‘tkazish asosida qo‘yiladi.


Davolash. Jig‘ildon ingichka zond yoki rezina shlanglar yordamida 0,05% li kaliy permanganat, 0,1% li etakridin laktat, 2% li borat kislotasi, 5% li natriy gidrokorbanat kabi eritmalar bilan yuviladi. Shundan keyin parrandalar kun davomida 1% li tanin, 0,5% li natriy salisilat yoki 0,1% li xlorid kislotalari eritmalari bilan sug‘oriladi.
Oldini olish. Parrandalarni toza suv bilan ta’minlash, yaxshi sifatli oziqalar bilan oziqlantirish, tovuqxonalarga yaqin joylarda mineral o‘g‘itlarning saqlanishiga va sanoat chiqindilari va chiqindi suvlarning to‘planishiga yo‘l qo’ymaslik lozim.



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling