Vazirligi termiz davlat pedagogika
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMaktabgacha ta\'lim tashkiloti pedagogining ish hujjatlari - Jovliyeva Shodiya
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza
A.S.Makarenko aytganidek, “parallel ta‟sir etish pedagogikasi” muvaffaqiyatli tarzda qo‟llanadi. Jamoa qanchalik mustahkam jipslashgan bo‟lsa, unda tarbiyachilar va pedagoglar jamoasi jamoat fikrining parallel ta‟siri shunchalik ko‟proq namoyon bo‟ladi. Ta‟lim muassasalarida pedagoglar jamoasi birgalikda olib boriladigan ijtimoiy- foydali faoliyat (mashg‟ulotlar, sayrlar, o‟yinlar va boshqa shu kabilar) vositasida jipslashgan pedagoglarning barqaror birlashmasidir. U pedagoglarning jamoa faoliyatida musta‟illiklari va tashabbuslari orqali taraqqiy etib, mustahkamlanib boradi. Maqsadlarning birligi, umumiy mas‟uliyat, sog‟lom jamoat fikri, ijobiy an‟analar va jozibali istiqbol, ko‟tarinki shod-xurramlik kayfiyati, ishonch va yuksak talabchanlik muhiti, jamoatchilik va o‟zaro yordam, tan‟id, tan‟id „ilish va tanqidni to‟g‟ri tan olish ko‟nikmasining mavjudligi jipslashgan jamoa uchun xarakterlidir. Mudiraning ishida muomalaning turli bosqichlarida uning emotsional kayfiyati: faoliyatga hozirlik ko‟rish jarayonida, uni amalga oshirish davrida, muomala amalga oshgandan keyingi his qilinadigan sezgilarda va kechinmalarda muhim rol o‟ynaydi. SHu tariqa biz kasbiy- pedagogik muomalani amalga oshirish uchun juda muhim bo‟lgan pedagogning psixik holatlari va ularni faoliyat va muomala jarayonida boshqarish muammosiga oydinlik kiritamiz. Kasbiy-pedagogik faoliyat jarayonida ijodiy kayfiyatni bosh‟arish muammolari juda muhimdir. Darsga bo‟lgan psixologik rag‟bat, sinf bilan bo‟ladigan muomalaga rag‟bat, o‟zaro fikr almashish ilhomi deyilgan ilhomning vujudga kelishi va amalga oshirilishi murakkab jarayondir. Pedagog xodimlar bilan muomalada kishi o‟zini boshqara bilishi nihoyatda zarurdir. Mudiraning yomon, tushkun, noijodiy kayfiyati darhol umuman jamoaning ijodiy kayfiyatiga ta‟sir qiladi, birgalikdagi faoliyatning samaradorligini pasaytiradi. Ijodiy kayfiyatni boshqarishning taklif etilgan tizimi o‟z ustida muntazam yo‟naltirilgan ish olib borishni talab qiladi. Pedagoglar bilan muomala jarayonida va bevosita undan oldin ijodiy kayfiyatni boshqarish – pedagog mehnatining eng muhim kasb-korlik talabi bo‟lib, u pedagogning sinfda, bolalar bilan muomalada va shu kabilarda erkin bo‟lishini, xulq-atvorining samarali bo‟lishini ta‟minlaydi. Pedagogik jarayonda samarali boshqarish qobiliyatini aniqlash uchun mudiraning o‟sishini ta‟minlash imkonini bermaydigan cheklanishlarni aniqlash lozim bo‟ladi. Buning uchun keyingi o‟n yil mobaynida o‟z ahamiyatini saqlab qoladigan quyidagi tajriba va qobiliyatlar pedagoglik faoliyatini tanlagan mutaxassisida bo‟lishi kerak: 1. O‟z-o‟zini boshqarish. 2. Shaxsiy qadr-qimmatini bilish. 3. Ma‟sadni aniq belgilay olish. 4. Bilimni mukammalllashtirib borish (ongni takomillashtirish). 5. Muammolarni yechish tajribasini o‟rganish. 6. Ijodkorlik, yangilikka ijobiy yondashish tajribasini o‟rganish. “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza 7. Pedagoglarga, voqelikka ta‟sir etish kuchiga ega bo‟lish. 8. Zamonaviy boshqarish uslublarini egallash. 9. Pedagoglar jamoasiga ta‟sir ko‟rsata olish va ahil jamoani tashkil eta bilish. Pedagogik boshqaruvda mudiraning o‟z-o‟zini boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida o‟zini boshqarish qobiliyatiga ega bo‟lgan va ega bo‟lmagan pedagoglarga xos jihatlarni taqqoslab ko‟ramiz: 1. O‟zini boshqarishni bilmaydigan mudiralar: a) o‟z sog‟lig‟iga e‟tiborsizlik bilan qaraydi; b) me‟yoridan ortiqcha mehnat qiladi; v) dam olish uchun vaqt ajratish xususiyati yo‟q; g) his-tuyg‟ularini erkin ifodalay olmaydi; d) vaqtdan samarasiz foydalanadi; e) his-tuyg‟ulari bilan boshqarishga halaqit beradi; j) pedagoglar bilan oqilona muomalada bo‟lmaydi; z) muvaffaqiyatsizlik bilan kelisha olmaydi; i) o‟zining qadr qmmatini baholay olmaydi; y) o‟ziga ortiqcha baho beradi va o‟zini aytganini doimo ma‟qullaydi; k) pedagoglarga mustaqil ishlashga yo‟l bermaydi; l) aksariyat hollarda o‟zini ojiz sezadi. 2. O‟zini boshqarishni biladigan mudiralar: a) sog‟lig‟ini saqlash uchun harakat qiladi; b) ish vaqti cheklangan bo‟ladi; v) ish faoliyatini rejalashtiradi va dam olish uchun vaqt ajratadi; g) his-tuyg‟ularini erkin ifodalay oladi; d) va‟tdan o‟ilona foydalanishga harakat qiladi; e) kuch-quvvatini his etadi; j) pedagoglar bilan o‟qilona muomalada bo‟ladi; z) muvaffaqiyatsizlikni tabiiy jarayon deb biladi; i) o‟zigi va bajargan ishiga tanqidiy munosabatda bo‟ladi; y) o‟z imkoniyati va qobiliyati darajasidagi ishilarni bajaradi. K) aksariyat hollarda o‟zini kuchga to‟lgan va yaxshi kayfiyatda his etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ta‟lim- tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‟rib chiqishni hamda maktabgacha ta‟lim xizmatlarini ko‟rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta‟lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‟ich ta‟limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‟z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e‟tibor qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi: 1) maktabgacha ta‟lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‟ich ta‟limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; 2) maktabgacha ta‟lim tashkilotlari uchun o‟quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‟tkazish; 3) maktabgacha ta‟limning muqobil shakllari uchun yangi o‟quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 4) “Ilk „adam” davlat o‟quv dasturini keng joriy etish; 5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‟rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish; 6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‟lgan bolalar ta‟limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta‟lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta‟lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‟maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta‟lim yo‟nalishlarini ishlab chiqish; 7) maktabgacha ta‟limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‟ich ta‟lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish; 8) mashg‟ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‟quv rejalari va ta‟lim dasturlarini optimallashtirish; 9) bolalarni sog‟lom turmush tarzini yuritishga o‟rgatish, gimnastika va faol o‟yinlar bo‟yicha mashg‟ulotlar o‟tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‟ulotlari va sportga qiziqish uyg‟otishni shakllantirish, jismonan sog‟lom o‟sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash; 10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta‟lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‟qitish asoslarini joriy etish; 11) bolaning kelgusida o‟zini o‟zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‟nikmalarni rivojlantirish; 12) maktabgacha ta‟lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta‟lim xizmatlari turlari: pullik ta‟lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish. “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 106-guruh talabasi Mengaliyeva Feruza Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling