Вазирликнинг
T/r Ustuvor vazifalar, o‘rganiladigan va muhokama qilinadigan
Download 2.69 Mb. Pdf ko'rish
|
3G5Dfl6r5H8Q7migK2W5Gk61F4l28fmiR6xagCKd
T/r
Ustuvor vazifalar, o‘rganiladigan va muhokama qilinadigan masalalar hamda amalga oshiriladigan tadbirlar Muddati Mas’ullar 8-ilovasiga muvofiq loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, 10-ilovasiga muvofiq 2023-yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining moliyalashtirish manbaini aniqlash bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga takliflar kiritib borish. 179 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan umumiy maydonlarni 2025-yilgacha 1 million gektarga yetkazish choralarini ko‘rish. 2023–2025 yillar davomida R.Qarshiуev, B.Xolmurodjonov, N.Xudoyberdiуev, S.Xodjiуev (u) 180 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli Farmoni va ushbu hujjat bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlariga muvofiq 2023–2025 yillarda jami 93 ta mavzudan iborat ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari mavzularini shakllantirish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash. 2023–2025 yillar davomida R.Qarshiуev, B.Xolmurodjonov, N.Xudoyberdiуev, A.Kulmatov (u) 181 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan yer maydonlarini joriy-yilda 44,1 foizga hamda 2025-yilga borib 43 foizgacha kamaytirish, shuningdek, yer osti sizot suvlari muammoli holatda (0–2 m) bo‘lgan yer maydonlarini joriy-yilda 21,5 foizga va 2025-yilga qadar 20 foizga kamaytirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish. 2023–2025 yillar davomida D.Xodjiaxmedov, Q.Muratov, L.Mamadiyarov (u) 182 Erlar melioratsiyasi sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida, avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimiga o‘tkazilgan nazorat quduqlari sonini 2025-yilda 8 500 donaga yetkazish va yerlarning meliorativ holatini onlayn monitoring qilish tizimini joriy qilish. 2023–2025 yillar davomida D.Xodjiaxmedov, Q.Muratov, S.Alimov (u) 183 Buxoro viloyatidagi “Inshoot”, Jizzax viloyatida “Inshoot”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur” suv ombori qurilishi hamda Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi 2 ko‘tarmali “Qayroq” va Farg‘ona tumanidagi “Fayzobod-2” nasos stansiyasi qurilishi obуektlarini qurib ishga tushirish. 2023–2024 yillar davomida D.Xodjiaxmedov, M.Qurbonov, O.Sobirov (u) 184 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qaroriga muvofiq davlat boshqaruvini raqamlashtirish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashish. Bunda: “Suv hisobi” axborot tizimini yaratish; “Suv xo‘jaligi obуektlari” axborot tizimini yaratish; 2023–2024 yillar davomida A.Nazarov, Z.Ishpulatov, Sh.Xaydarov (u) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling