Vaziyatda ΔB
Download 300.33 Kb. Pdf ko'rish
|
meliorativ iqtisodiyot
га
балл сўм Р Б мтi Х т (16.34) bu yerda: X mt
– yer maydonida o‘tkazilgan meliorativ tadbirlar sarf-xarajati; i – meliorativ tadbir turi (i=1,2,…, m); R – tadbirlar o‘tkaziladigan yer maydoni hajmi, ga; ΔB – meliorativ tadbirlar hisobiga bonitet balining oshgan qismi.
U holda, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish (meliorativ tadbirlar) qiymati R yer maydonida unumdorlikning ballarda ΔB o‘sishi quyidagiga teng bo‘ladi: Q tutich
= Q tich*
ΔB * R,
(16.35) Bunday sharoitda uning to‘liq samaradorligi quyidagicha bo‘ladi: TICH s
nor.tich - Q
amal.tich = Q
nor. tich * ΔB * R – Q amal.tich * ΔB *
* R(Q
nor.tich – Q amal.tich ) (16.36) (16.34) ifodadan ko‘rinib turibdiki, meliorativ tadbirlarga sarflanadigan xarajatlarning normativ ko‘rsatkichlardan qanchalik kam bo‘lsa, tuproq 312
unumdorligi ballari tadbirlarning turlari, hajmlari va qiymatiga nisbatan qanchalik yuqori bo‘lsa, sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uchun meliorativ tadbirlarga sarflanadigan xarajatlar, yer maydonining hajmi aniqlanishi, tuproq unumdorligining o‘zgarishlari ballarda ifoda etilishi, yer sifati monitoringini joriy etilishini talab etadi. Amalda ko‘pgina tadbirlarning samarasi yil oxirigacha ro‘y bermaydi, kelgusi yillarda namoyon bo‘ladi. Bunday vaziyatda, sikllar nuqtai nazaridan tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish notekis bo‘lgani bois, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish har bir takror ishlab chiqarish sikli bo‘yicha har bir meliorativ tadbir turi samaradorligining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va 1 ball bonitet unumdorlikni takror ishlab chiqarish qiymatining solishtirma ko‘rsatkichini belgilash kerak. Unumdorlikni takror ishlab chiqarish yerdan foydalanuvchi sub’ekt, davlat hisobidan yoki hamkorlikda amalga oshiriladi, bu holat takror ishlab chiqarishning alohida xususiyatlarini ko‘rsatadi, chunki amalga oshirilayotgan tadbirlarni ular o‘rtasida tabaqalashtiradi, tadbirlarning uyg‘unligi, ketma-ketligi, uzviyligi, mutanosibligi, xarajatlarni hisob-kitob qilish va ularning umumiy samaradorligini aniqlash uslubiyotini belgilaydi. Fermerlar tomonidan jumladan, dalalar maydonlari yuzasini planirovka qilish, dalalarni yuvish, chuqur shudgorlash, organik o‘g‘itlash kabi ayrim meliorativ tadbirlar o‘tkazilmoqda, ularga sarflanadigan xarajatlar ishlab chiqarish sarf-xarajatlari ro‘yxatiga kiritilgan. Paxta-beda-boshoqli ekinlarni almashlab ekishni joriy etish agroxo‘jalik tadbirlarining amalga oshirilayotganiligini bildiradi. Yer maydonlari bir qismining beda ekish uchun bo‘shatilishi bilan bog‘liq sarf- xarajatlar ham tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining dastlabki ikki davri samaradorligini baholashda hisobga olinadi. Shu bilan birga, kollektor-drenaj va irrigatsion tarmoqlarni tozalash va ta’mirlash maxsus bo‘linmalar tomonidan davlat va mahalliy byudjet hisobiga 313
amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqta ushbu ishlarni moliyalashtirishning qanday ulushi fermer xo‘jaliklari va davlat hissasiga to‘g‘ri kelishi masalasi o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742 son farmoni bilan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini uzluksiz yaxshilash choralarini ishlab chiqish va yerdan foydalanish munosabatlariga bozor
tamoyillarini joriy
etgan holda,
yerdan foydalanuvchilarning irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini ishchi holatini saqlash borasidagi mas’uliyatlari ham nazarda tutilgan. Xo‘jalikning ichki meliorativ tarmoqlarini saqlab qolish va ularni fermer xo‘jaliklari balansiga o‘tkazilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz, magistral va xo‘jaliklararo tarmoqlar esa byudjet hisobiga o‘tkazilishi kerak. Keyinchalik, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy bazasi mustahkamlana borishi, ulgurji va chakana narxlar tizimining takomillashuvi, soliqlarning optimallashuvi, barcha irrigatsiya va kollektor tarmoqlarni hamda gidrotexnik inshootlarni iqtisodiyot tarmog‘i sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi balansiga o‘tkazilib, meliorativ sarf-xarajatlar qishloq xo‘jaligida mavjud xo‘jalik yuritishning huquqiy-tashkiliy shakllarining barchasiga taqsimlanishi kerak. Sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarishning tayanch nuqtasi bo‘lib qishloq xo‘jaligi korxonalari xizmat qilmoqda. Takror ishlab chiqarishning ekologik samaradorligini hisobga olgan holda yerdan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining uchinchi davri samaradorligi quyidagini tashkil etadi: S 3 = S iqt
* S ekol = ΔB
* R * (Q nor.tich – Q amal.tich ) + Se kol.
(16.37) Agar sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda (takror ishlab chiqarishning 2 davri) ekologik samaradorlik salbiy bo‘lsa ham, 3 davrda bu ko‘rsatkich albatta, ijobiy bo‘ladi. 314
Shunday qilib, yerdan foydalanishda takror ishlab chiqarish siklining 3 davri, xuddi avvalgi ikki davri singari, amalga oshirilish samaradorligiga ega bo‘lib, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish mazmuniga bog‘liq. Samaradorlik qishloq xo‘jaligi yili davomida iste’mol qilingan tuproq unumdorligi va takror ishlab chiqarish sikli davomida takror ishlab chiqilgan unumdorlikning nisbati bilan aniqlanadi. Tuproq unumdorligi iste’mol qilinganidan kamroq yoki barobar takror ishlab chiqilgan bo‘lsa, unda samaradorlik salbiy, iste’mol qilingan ko‘proq unumdorlik takror ishlab chiqarilsa, samaradorlik ijobiy bo‘ladi. Agar meliorativ tadbirlarning o‘tkazilish muddati takror ishlab chiqarish sikli muddatiga nisbatan uzoqroq davom etsa, samaradorlikni aniqlash biroz murakkablashadi va o‘rtacha yillik (bir nechta to‘liq sikl) samaradorlik darajasini aniqlash taqozo etiladi. Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish samaradorligi yerlardan foydalanishda takror ishlab chiqarish to‘liq siklining samaradorligini baholashda inobatga olinishi kerak.
Download 300.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling