Vaziyatga huquqiy baho bering
Download 35.3 Kb.
|
Jinoyat huquqi ON
1-kazus Xodjaev 2015 yil 5 avgust kuni tungi soat 1:10 larda yuziga niqob taqib, Uysozlar ko‘chasi, 6-uyning devoridan oshib o‘tib, shu uyda yashovchi Islomova yotgan xonaga kirib, agar qarshilik qilsa uni o‘ldirishini aytadi. Bundan qo‘rqib ketgan Islomova xonadan qochib ketmoqchi bo‘lganidan Xodjaev uning sochidan ushlab qolib tortadi, qo‘lidagi pichoq bilan uning bo‘yniga tirab, uydagi qimmatbaho buyum va pullarni berishni talab qiladi, aks holda uni so‘yib yuborishini aytadi. Natijada jabrlanuvchidan jami 50 000 000 so‘m miqdoridagi tilla buyumlar va 23 000 000 so‘m pullarni oladi. Biroq, Xodjaev bu bilan cheklanmasdan Islomovaning qo‘shnilardan yordam so‘rab baqirganidan g‘azablanib uning xonadoniga qaytib kirib, Islomova hushidan ketguniga qadar uning duch kelgan joyiga urib, tepib turli darajadagi tan jarohatlari yetkazadi. Shu payt Xodjaev Islomovaning qo‘shnisi Rasulov tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyda ushlanadi. Sud majlisida Xodjaev aybiga iqrorligini ma'lum qilib, Islomovaning xonadoniga tutashgan kafeda qorovul bo‘lib ishlab kelganligini, u kafedan turib Islomovaning uyida nima ishlar bilan shug‘ullanib yurganligini, narsalarni qaerga qo‘yganligini derazadan doimiy kuzatib borganligini, o‘sha kuni Islomovaning uyidan 50 000 000 so‘m miqdoridagi tilla buyumlar va 23 000 000 so‘m pullarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lib turganida Islomovaning qo‘shnisi Rasulov uning orqasidan kelib “to‘xta” deb aytganligini, shunda uni kuch bilan ushlab qolib, daraxtga bog‘lab qo‘yganligini, o‘sha paytda Rasulov uni ushlash paytida uning chap qo‘lini sindirganligini, hozirda sodir qilgan harakatlari oqibatlarini tushunib yetganligini va pushaymonligini, boshqa bunday holat takrorlanmasligini, jabrlanuvchidan kechirim so‘raganligini inobatga olib, yengilroq jazo tayinlashni hamda uning qo‘lini sindirganligi uchun Rasulovni javobgarlikka tortishni so‘ragan.
Download 35.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling